ishongan tog'i — odam lardan nariroqqa ergashtirib keta boshladi. A loha
bir nim adan xavotirlandim i, C hinoq ilkis to ‘xtadi. U ortiga o ‘girilib
ag‘darilib yotgan chanaga, sheriklariga, o'zin i tinm ay chaqirayotgan
egalariga qaradi. Itning ikkilanayotganini sezgan urg'ochi bo'ri yoniga
kelib a w a l tum shug'i bilan beozorgina turtdi, suykaldi, so'ng irg'ishlab-
irg'ishlab yana ortiga chekina boshladi.
Xuddi shu lahzada m iltiq Billning esiga tushdi. Biroq zorm anda
miltiq ag'darilib yotgan chananing ostida qolgan edi. T o G en ri bilan
yuklarni bitta-bitta olib m iltiqni topguncha C hinoq urg'ochi bo'rining
pinjiga suqulgudek yaqin borib oldi, pirovardida bunday m asofadan
otishga Billning yuragi dov bermadi.
Chinoq xatosini kech tushunib yetdi. U birdan ortiga o'girilib, hang-
mang bo'lib turgan G enri bilan Bill tom on qochishga tushdi. Bir lahza
o'tar-o'tm as o'n ikki ch og'li oriq, och bo'ri C hinoqning y o 'lin i to'sib
chiqqani yugurishdi. D a fa ta n , urg'ochi bo'ri sakrab-o'ynoqlashdan
to'xtab, irillagancha Chinoqqa tashlandi. C hinoq bir siltab, uni itqitib
yubordi va orqaga yo'l yo'qligiga ishonch hosil qilgan bo'lsa ham quvib
kelayotgan bo'rilar to'dasini aylanib o'tish um idida chanaga tom on
yugurdi. Bo'rilar daqiqa sayin ko'payar, urg'ochi bo'ri C h inoq n i ikki-
uch qadam orqada quvib kelardi.
— Sen qayoqqa? — deya o'sh q ird i G en ri shappa o 'r to g 'in in g
yelkasidan ushlab.
Bill uning q o'lini siltab tashladi.
— Qo'yvor! — dedi u. — Bekorga xom tam a bo'lish m asin, endi bitta
ham itni bermayman!
U m iltig’ini ko'tarib daryo o'zan ini qoplagan zich butazor sari
yugurdi. Bill eng qisqa m asofani m o'ljallab itn ing o ld id a n to 'sib
Do'stlaringiz bilan baham: |