holsiz joyiga o'tirdi va javdirab yana o'sha tom onga tikilib qoldi, oyog'i
ostida yotgan itlar esa qo'rquvdan o'zlariga kelolmay, tinmay qaltirashardi.
N ih oyat, u xuddi urib chalajon qilib tashlangan odam dek arang
o'rnidan turib, yo'l taraddudini ko'rishga tushdi. U abzallardan birini
yelkasi aralash bog'lab, itlarga q o ’shilib chanani sudrab ketdi, biroq
ko'p yurolm adi, qosh qoraymasdan dam olgani to'xtadi, odatdagidan
ko'proq shox-shabba yig'ib keldi, so'ngra itlarni ovqatlantirdi, o 'z i
ham ul-bul yegan bo'ldi-da, shundoqqina gulxanning yoniga o'rin soldi.
Lekin charchog'ini chiqarish nasib etm adi. K o'zini yum ushi bilanoq
bo'rilar gulxan yoniga kelib olishdi. G enri ko'zlarini yirib-yirtib o ch d i-
da, ularni ko'zdan kechirdi. B o'rilargulxanni o'rab olishgan edi: ba’zilari
yerda yotar, boshqalari cho'nqayib o'tirar, uchinchilari esa sudralib
gulxan yoniga kelar yoki uning tevaragida izg'ishardi. Ayrimlari hatto
mudrashardi. U lar itlar singari yotishar, dong qotib uxlashar, G enri esa
uyqusi qochib ko'z yum olm asdi.
U gulxanni gurullatib yubordi, bo'rilarni yaqin yo'latm aslikning
yagona yo'li shu edi. Ikkala it egasining oyoqlari ostida — biri o 'n g ,
ikkinchisi chap tarafda javdirab, undan k o'z uzm ay yotishar, bironta
bo'ri yaqinlashgudek bo'lsa, baravar shovqin ko'tarar, angillar va biri
olib, biri qo'yib huriy boshlardi. Itlar huriganda bo'rilar sapchib o'rnidan
turib ketar, betoqatlanib irillagancha ham la qilishga chog'lanishar, so'ng
yana qorga yotib birin-sirin uyquga ketishardi.
Bo'rilar halqasi tobora siqib kelardi. U larsek in -sek in sezdirm aygina
G enriga birdan hamla qilish uchun im kon berar darajada yaqin kelishga
urinishardi. S hu n da G en ri q o 'lig a ilin g an p alyon n i ularga qarab
Do'stlaringiz bilan baham: |