ta ’qib etish befoyda ekanini sezdi.
Shu asno yana yarim mil yurgach, bo'ri allaqanday g'ijirlagan
tovushni ilg'ab to'xtadi. Yaqinroq pusib bordi-da, orqa oyoqlarida turib
tishlarini daraxtga ishqayotgan jayraga ko'zi tushdi. Birko'z ishi o'ngidan
kelmasligiga ko'zi yetsa ham orqa tarafidan sekin jayraga yaqinlashdi.
K o'p d an beri S h im o ld a jayralarga y o 'liq m a g a n ed i. G arch i um ri
davom ida bir marta go'shtini tatib ko'rmagan bo'lsa ham, bunday vahshiy
yirtqichlarning fe’lini yaxshi bilardi. Lekin hayot unga baxt yoki soddaroq
aytganda om ad nima ekanini o'rgatgan edi. Shuning uchun u jayrani
qoralab pusib boraverdi. Bu to'qnashuv nim a bilan tugaydi, oldindan
bir nim a deyish qiyin, tirik mavjudotlar orasidagi olishuv nihoyasini
bashorat qilib, oldindan aytib berib bo'lm aydi.
Jayra uzun-uzun, o ‘tkir ignalarini tikkaytirib g‘ujanak bo'lib oldi.
Bunday vaziyatda hamla qilish befoyda. Bir necha yillar muqaddam
xuddi mana shunday jon siz tuyulgan ignalar to ‘pini tum shug‘i bilan
turtaman deganda jayra to'satdan dumi bilan Birko'zning tumshug'iga
qarsillatib solgan edi. Tum shug'ining uchiga bir dona igna sanchilib qolib
toza azob bergan va bir hafta deganda tushib ketgan edi. U hamlaga
chog'lanib jayraning dumidan yarim metrcha narida yerga yotib olib
qimir etmay kuta boshladi. Kim biladi? Har ne sodir b o iis h i mumkin.
Ehtim ol, jayra jussasini rostlab qolar, ehtim ol, uning yum shoq qorni
ochilib noxosdan panja urib yorib tashlash imkoni tug'ilar.
A m m o yarim soat kutib, toqati toq bo'lgan Birko'z o'rnidan turdi-
da, yana qimir etm agan bir t o ‘p ignaga g'azab bilan irillab j o ‘nadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |