q ilga n d a xiyla q o 'r q in ch lir o q b o'lard i. Panjasi bilan ularni urib
ag'darishni ham u birinchi bo'lib o'rgandi. D astlab ulardan bitta-
yarim tasining qulog'idan tishlab silkigancha irillab u yoqdan-bu yoqqa
sudragan va yerga bulg'ashni odat chiqargan ham u edi. Shubhasiz,
boshqa bolalaridan ko'ra u ko'proq onasini tashvishga solardi.
G 'or og'zidan tushayotgan nur Kulrang bo'rivachchani tobora o'ziga
oshufta qilardi. U dam sayin tashqariga chiqish uchun g'orda timirski-
lanib yurar va xuddi shu alpozda sudrab joyiga keltirib qo'yishardi.
T o'g'ri, u tashqariga g'or og'zi orqali chiqilishini hali bilmasdi. U bir
yerdan boshqa yerga olib boradigan har xil kirish va chiqish yo'llari
borligidan shubhalanm asdi ham. U m u m an , u boshqa joylar mavjud-
ligidan bexabar edi. U yoqqa qanday borilishi haqida-ku gap bo'lishi
mum kin emas. Shuning uchun g'orning og'zi unga to'siq — nur to'sig'i
bo'lib ko'rinar edi. Erkinlikda yashayotganlar uchun quyosh qanday
ahamiyatga ega b o ‘lsa, m ana shu to ‘siq uning uchun shunday vazifani
o'tar, ya’ni u yashayotgan olam ni quyoshdek yoritardi. Kulrang bo'richa
chiroqqa talpingan parvonadek shu yorug'likka talpinardi. U erta-kech
o ‘sha yoqqa borish um idi bilan yashardi. U n in g vujudida kun sayin
u yg'onayotgan hayot yorug'lik devori sari boshlardi. U n in g qonid a
oqayotgan hayot — tiriklik tashqi dunyoga eltuvchi yagona yo 'l ham va
u bosib o ‘tishi shart bo'lgan y o ‘l ham m ana shu g ‘or og'zi ekanligini
sezardi. A m m o o 'zi bu haqda h ech nim a bilm asdi. U tashqi olam
mavjudligidan ham bexabar edi.
Bu yoru g'lik d ev orin in g bitta g'alati xususiyati bor edi. O tasi
Do'stlaringiz bilan baham: |