yulqadi. Lekin shu bilan birga o'sha zahoti bolalaridan nariroq turishni
talab qilgandek irillab qo'ydi. To'g'ri, bu safar urg'ochi bo'rining ovozida
g'azabdan ko'ra yolvorish ohangi kuchliroq edi. O 'z zurriyotining
otasidan xavotirlanish hissi asta-sekin yo'qolib borayotgan edi. Birko'z
o'zin i ota bo'ri singari tutar va o'z nafsidan dunyoga kelgan bolalarini
bekordan-bekorga g'ajib tashlash istagidan yiroq edi.
Uchinchi bob
KULRANG BO‘R I BOLASI
U ham zotlaridan keskin ajralib turar edi. Ularning juni m alla rangga
m oyil bo'lib ham m alari ona bo'riga tortgan, u esa quyib qo'ygandek
Birko'zning o 'zi edi. Bir qorindan talashib tushgan bo'ri bolalari ichida
faqat u Kulrang edi. U n in g bo'ri naslidan ekani yaqqol sezilar va ko'p
jihatlari bilan otasini eslatar, farqi shuki, uning ko'zi ikkita, otasiniki
bitta edi, xolos.
Kulrang k o'zi yaqinda ochilgan, yaqinda ochilgan bo'lsa ham o'tkir
edi. H atto k o'zi och ilm agan paytda ham sezgirligi oqibatida k o'p
narsalarning farqiga borardi. A w a lo u to'rt chog'li qarindoshlarining
har bittasini ajrata olar edi. H adeganda ularga tegishar, qitmirlik qilar,
m abodo urush chiqsa halitdan irillagudek bo'lar. bo'g'zida allanechuk
qaltiroq boshlanardi. K o'zi och ilm asdan ilgariroq u hidlari, harorati
orqali mehr, yegulik va ardoqlash manbayi bo'lgan onasini boshqalardan
ajratardi. O na bo'ri yum shoq tili bilan uni beozor yalab-yulqiganda u
halovat topar va pinjiga suqilib orom uyqusiga ketardi.
Birinchi oy deyarli uyqu bilan o'tdi, am m o endi ko'zi ravshanlashib
kamroq uxlaydigan bo'ldi va sekin-asta olam bilan tanisha boshladi. U
Do'stlaringiz bilan baham: |