yashayotgan olam zin i-ziy o edi. Boshqa olam ni bilm agani uchun ham
buni bilolm asd i shekilli, tevarak nim qorong'u edi, am m o bundan
ravshanroq yoki o'zgacha olam unga notanish edi. U yashayotgan dunyo
behad tor — g'or bo'ri uyasining devorlari bilan chegaralanardi, b o'ri-
vachcha tashqi olam ning bepoyonligi xususida hech narsa bilmas, shuning
uchun bu katalakdek diqqinafas uyada yashash azob bo'lib tuyulm as edi.
D arvoqe, ko'p o'tm ay u o'zi yashayotgan olam ning bir devori b osh -
qalaridan farq qilishini payqab qoldi — bu g'orning og'zi ed i, o 'sh a
tom ond an ichkariga nur yopirilardi. Bu devorning boshqalariga o'xsh a -
masligini u b a ’zi narsalarni anglaydigan va o 'z h olicha bir nim alarni
istaydigan bo'lm asidan aw alroq payqagan edi. Bu devor bo'ri bolasini
ko'zi och ilm asdan ancha ilgari, y a ’ni uni ko'rmagan paytlarda ham
muttasil qiziqtirar edi. O 'sha tom ond an yopirilib kelayotgan nur uning
yumuq ko'zlariga ta ’sir qilar hamda behad yoqim li va shu bilan birga
g'alati hislar qo'zg'atayotgan haroratli sh u ’lalardan q ovog'i jim irlay
boshlardi. U bamisli quyoshga talpingan kungaboqar singari borliq vujudi
bilan istasa-istam asa shu nurga talpinar edi.
Bo'ri bolasi bir nimalarni g'ira-shira anglaydigan bo'lmasdan awalroq
dam-badam g'or og'ziga sudralib borardi. Hamzotlari undan bir nafas
ajralmasdilar. Hayotlarining mana shu davrida ulardan birontasi g'orning
qop-qorong'u qismiga bormasdi. Bamisli ular bir maysa-yu, g'or og'zidan
tushayotgan nur quyosh, ularning vujudida uyg'onayotgan hayot nurga
talpinar edi, ularning yashashi uchun nur nihoyatda zarur edi, shu boisdan
ko'zlari yarim ochiq, jajjigina bo'ri bolalari beixtiyor unga talpinardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |