yoradigan biron hodisa ro‘y bermadi — lekin shunga qaramay u q o ‘rquv
nim aligini bilardi. Q o'rquv b o ‘ri bolasiga qadim ajdodlaridan boshlab,
ming-minglab hayot tomirlari orqali o'tgan edi. Bu Birko'z bilan urg'ochi
bo'ridan o ‘tgan m eros edi, zero o 'z navbatida ularga ham o'zlaridan
a w a l yashab o'tgan barcha bo'ri avlodidan m eros sifatida qolgan edi.
Qo'rquv esa S him oln ing m erosi edi, bironta yirtqichga bundan qutulish
yoki unga m ensim ay qarash nasib etm agan.
Alqissa, Kulrang bo'ri bolasi sababini tushunm asa ham qo'rquv
nimaligini bilar edi. E htim ol, u hayotiy qiyinchiliklardan biri sifatida
unga ko'nikkandir. H ayot mashaqqatlardan iboratligiga kelsak, bunga
u allaqachon ishonch hosil qilgan: u ochlik sinovidan o'td i, qornini
to'yg'azolm aganidan nafsi ozor chekdi. G 'orning mustahkam devorlari,
onasining tum shug'i bilan qattiq turtishlari, panjalari bilan ayam ay
u rish la ri, o c h lik a z o b i, o la m d a h a m m a narsalar ham m u m k in
bo'laverm asligi, aksincha hayotda cheklashlar va man etilgan narsalar
ko'pligiga ishonch uyg'otgan edi. Ana shu taqiq bilan ta ’qiblar qonuniyat
edi. Ularga itoat etm oq — bir tom on d an azob ch ek m o q , ikkinchi
tom ondan hayot mashaqqatlaridan xalos bo'lm oq degani edi.
Bo'ri bolasi bularning barchasi haqida insonga o'xshab m ulohaza
yuritmasdi. U shunchaki o'zi yashab turgan olamdagi narsalarni ikkiga —
yom on va yaxshi narsalarga ajratar va alohal yom on id a n — y a ’ni
taqiqlangan narsalardan kechishga tirishar va faqat hayot in ’om etadigan
siylov bilan shodlikka yukinardi.
Bo'ri bolasi onasi uqtirgan mana shu qonun va qo'rquvning qandaydir
ta ’siri ostida bo'lgani uchun ham g'or og'ziga yaqin yo'lam asdi. O'sha
Do'stlaringiz bilan baham: |