turgani bilan azob berishi mum kinligini anglab yetdi. H am m a jonsiz
narsalarni, o'zi yashagan g'orga o'xshab ozoryetk azm ayd i, deb bo'lm as
ekan. Kichkina, mayda narsalar kattalariga qaraganda ko'proq to'kilar,
yiqilar, o'girilar ekan. Har bitta xatosi unga maktab vazifasini o'tardi.
Yurgan sari dadilroq qadam tashlardi. U sharoitga moslashardi. Tabiati-
dagi xususiyatlarning ichida eng kuchlisi o'zlashtirish. o'rganish va o'sha
zahoti tajriba sifatida foydalana olish — bir so 'z bilan aytganda uqish,
bilish kuchlirog'i edi. Mana shu narsa unga juda-juda qo'l kelar, istiqbolda
ham shu xususiyati tufayli ko'p og'ir sinovlarga dosh berish tugul ulardan
oson lik bilan o'tar edi.
Tajribasizlarga om ad kulib boqadi d oim . Ovchi bo'lib tug'ilgan
(holbuki, buni o'zi ham bilmasdi) bo'ri bolasi yorug' olam ga chiqqan
birinchi kuni g'or atrofidayoq o'ljaga duch keldi. U nojo'ya, qo'pol
harakati tufayli noxosdan kaklik uyasiga tushib ketdi: ochig'ini aytganda
u nin g uyasiga yiqildi. U ag'darilib yotgan qoraqarag'ay tanasidan yurib
o'tm oq ch i bo'ldi, chirigan po'stlog'i mo'rt bo'lm aydim i, bo'ri bolasining
o yog'i ostida sinib tush di-yu , u toyib ketib yiqildi. Jon holatda angillab
shox-shabbalar va yaproqlar oralab ag'anadi-yu, to'p p a - to'g'ri yettita
kaklik jo'jalari garangsib turgan uyaga tushdi.
Kaklik jo'jalari chirqillab yuborishdi, bo'ri bolasi dabdurustdan
qo'rqib ketdi, zum o'tm ay, ularning juda kichkina ekanligini ko'rib,
yengil tortdi. Jo'jalar g'im irlay boshlashdi. Bo'ri bolasi bittasini panjasi
bilan bosib ezgan edi, jo'jacha pitirlashga tushdi. Bo'ri bolasi quvonib
ketdi, jo'jani hidladi, so'ng oxista tishladi. Kaklik jo'jasi tipir-tipir qilib
Do'stlaringiz bilan baham: |