cho'qidi. Bo'ri bolasi chinqirib vubordi va qanot bilan birga kaklikni
ham o'zi bilan tortib kelayotganini tushunm ay ortiga chekina boshladi.
Jafokash tum shug'iga ayamay tushayotgan zarbalarga chidayolm ay bo'ri
bolasi dunyoni boshiga ko'targudek angillashga tushdi. U ning jo'sh qin
jangovor hovuridan asar qolm adi. O'ljasini tashlab, sharmandalarcha
yalanglikning narigi tarafiga qochdi, borib harsillagan ko'yi tilini osiltirib
buta ostiga yotdi-yu, zorlanib uvillay boshladi. Birdan, hech kutmaganda
nom a'lum narsa uning boshi uzra charx urib yana bir baloni boshlayot-
ganini sezdi. Bo'ri bolasi ustiga yana bir m ash’um balo yopirildi. U
arang o 'z in i ch etga olish ga va buta ostig a yash irinish ga ulgurdi.
Y elpig'ichday yoyilgan bahaybat qanotlar uning shundoq ustidan yelib
o'td i, yuqoridan bo'ri bolasi ustiga tashlangan lochinning hamlasi zoye
ketgandi.
Bo'ri bolasi buta tagida yotgan ko'yi endi o'ziga kelib, atrofga
qo'rqa-pisa alanglayotganda sayhonlikning narigi tom onidan yakson
qilingan uyasidan part-purt qilib kaklik uchib chiqdi, jo'jalaridan judo
bo'lgan kaklik alamidan lochin degan baloi azim dan ehtiyot bo'lish
lozim ligini unutgandi. Bo'ri bolasi ham m asini ko'rib turardi, aloha
ko'rganlari unga bir saboq vazifasini o'tardi. L ochin maysalarga ulkan
qanotlari tekkudek darajada pastga tushib keldi, o'tkir tirnoqlarini
kaklikning badaniga botirdi. Kaklik jon achchig'ida chirqillab yubordi,
lochin esa o'ljasini changalidan qo'ym ay, yuqorilab ketdi.
Bo'ri bolasi ancha paytgacha hech qayerga chiqm ay yashirinib olgan
yerida yotaverdi. U ko'p narsani tushunib yetdi. Tirik mavjudot borki —
go'sht, m aza qilib yeyish m umkin. Shundaylikka-shunday, lekin yirik
Do'stlaringiz bilan baham: |