O’qitish jarayoni


O’qitish jarayonini tashkil etishda dastlabki tayyorgarlik


Download 207.17 Kb.
bet3/9
Sana01.05.2023
Hajmi207.17 Kb.
#1418012
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
мфум

O’qitish jarayonini tashkil etishda dastlabki tayyorgarlik. Nazariy va amaliy darslar tushunchasi. Oliy ta’limda o’qitishni tashkil etishning shakl va metodlariga qo’yilgan talablar. O’qituvchini mashg’ulotlarga tayyorlanishi.
O’qituvchining maxsus fanlarni o’qitish jarayonining ma’lum jihatlariga tayyorgarlik ko’rishi va moslashishi muhim ma’lumotlarni inobatga olishi orqali amalga oshadi.
Talabalar holatiga baho berish, ta’lim sharoitlari bilan tanishish, maxsus sohani yaxshi bilish - bularning hammasi nazariy va amaliy mashg’ulotga tegishli ilk shart-sharoitlar haqidagi ma’lumotlar sanaladi.
Nazariy va amaliy mashg’ulotlar shart - sharoitlarini quyidagi 3 ta tahlil yo’llari orqali aniqlash mumkin:
- talabalar tahlili (talabalarga qaratilgan)
- shart-sharoit tahlili (o’qitish holatiga qaratilgan)
- maxsus soha tahlili (o’quv materialiga qaratilgan)
Talabaning o’qishga bo’lgan ehtiyoji o’qituvchi tomonidan qondirilishi lozim. Bu talabaning kelajak kasbiy faoliyati uchun kerakli bilim, ko’nikmalarni rivojlantirishga va xulqini yaxshilashga lozim bo’lgan ehtiyojdir. O’qituvchiga qo’yiladigan talab ham mashg’ulotlari davomida uning o’zi e’tiborni eng yaxshi natijalarga erishishiga qaratilishi lozim. Uning mashg’ulotlari samarali, sifatli va har bir o’quv jarayoniga iloji boricha moslashtirilgan bo’lishi kerak. Ko’pchilik hollarda o’qituvchi mashg’ulotlarining sifati talaba o’zlashtirgan bilimlarni baholash bilan o’lchaydi.
O’qituvchining samarali mashg’ulot o’tkazishi puxta tayyorgarlikni talab etadi. Tahlil orqali o’qituvchi talabalar guruhi to’g’risida muayyan ma’lumotlarga ega bo’ladi. Tahlil kamida birinchi dars yoki mashg’ulotdan oldin ro’yxat shaklida yozma tayyorlanishi lozim. Agar o’qituvchi shundan so’ng guruh bilan tanishib olsa, u holda keyingi mashg’ulotlarda talabalar tahlilini o’tkazmasa ham bo’ladi. O’qituvchi bu ma’lumotlardan talabalar guruhi bilan shaxsan tanishish uchun foydalanadi. Chunki talabalar dars amaliy mashg’ulotlar paytida ilk bilimlari va allaqachon mavjud bo’lgan tajribalarini qo’llaydilar, shu bilan birga o’z ishonchlarini ham ifoda etadilar. Ularning o’qishga bo’lgan qobiliyatlari, shaxsiy holatlari, jinsi va yoshlari ta’lim holatiga muayyan ta’sir ko’rsatadi. Har bir inson va har bir talabalar guruhi turlicha bo’lgani kabi doimo yangi holatlar yuzaga keladi. Ular esa o’z navbatida o’qituvchi tomonidan o’zlashtirilmog’i lozimdir.
Talabalar guruhidagi asosiy holat guruhdagi har bir talabaning xulqiga ta’sir qiladi. Agar talabalar tahlili o’tkazilmagan bo’lsa, u holda, ayniqsa, muammoli vaziyatlarda noto’g’ri baholashga olib kelishi mumkin.
Talabalar tahlili uchun quyidagi muhim ko’rsatkichlar e’tiborga olinadi:
1. Maxsus soha yoki kurs borasidagi ma’lumotlar;
2. Bir guruhdagi talabalar soni;
3. Talabalarning o’rtacha yoshi (eng yosh-eng katta talaba);
4. Jinsga ko’ra taqsimlash (o’g’il-qiz bolalar soni);
5. Talabalarning ta’lim darajasi (bitirgan maktabi);
6. Bungacha bitirgan maxsus sohasi yoki kurslari;
7. Til bilimlari (masalan, biror chet tili bo’yicha bilimlari);
8. Individual maxsus shart-sharoitlar (masalan, nogironlik);
9. Oilaviy sharoiti;
10. Qiziqishlari, bo’sh vaqtda o’zini tutishi;
11. Kelajakda kim bo’lmoqchi ekanligi;
12. Ba’zi talabalarning alohida e’tiborga sazovor muvaffaqiyatlari;
13. Guruhdagi o’rin (etakchilik, ierarxiyadagi o’rin, "el qatori").
Bu tahlil mashg’ulotlarni olib borish uchun zarur bo’lgan sharoitlarni tashkil etish va yaratish borasidagi muhim ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Ma’lumotlar nazariy va amaliy mashg’ulotlar rejasiga qo’shib qo’yiladi.
Huquqiy shart - sharoitlar ta’lim jarayoniga ta’luqli bo’lgan o’quv rejasi va boshqa rasmiy reja hujjatlari bilan bog’liqdir.


Download 207.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling