O’qitish jarayoni
Download 207.17 Kb.
|
мфум
Qobiliyat va ko’nikmalar - bu talabalar muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishi uchun shart-sharoitlar yaratib beruvchi, tashqaridan kuzatish mumkin bo’lgan harakatlar va ta’sirlar hisoblanadi.
Ko’nikmalar ongli ravishda amalga oshirilgan faoliyatning tarkibiy qismiga kiruvchi avtomatik tarzda yuz beradigan harakatlardir. Qobiliyat va ko’nikmalarga kognitiv va psixomotorik o’rganish sohasida quyidagicha ta’rif beriladi. Bu insonning o’z atrof-muhitiga faoliyat orqali munosabatda bo’lishidir, bunda-kuzatsa bo’ladigan va kuzatsa bo’lmaydigan - ichki munosabat, shaxsiy tajriba va qadriyatlar, e’tiqod, hissiyot va mayllar muhim o’rin tutadi. Amaliy ta’lim qismiga ta’lluqli maxsus sohani tahlil qilish mehnatni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi, chunki bunday ta’lim qismlari kasbiy-mantiqiy emas, balki harakatlarga yo’nalgan tarzda kechadi. Ko’pincha o’z sohasini a’lo darajada egallagan mutaxassislardan misol uchun biror ish tartibini tushuntirib berish so’ralsa, ular ko’pincha sergaklik bilan tushuntirishni boshlaydilar, ikkinchi darajali masalalarga to’xtalib, qisqa va lo’nda tushuntirib bera olmaydilar. Muhim bandlar ko’pincha ko’rsatilmay qolib ketadi. O’qituvchi bilimni talabalar tomonidan o’rganilishi mumkin bo’lgan holatda berishi lozim. Unga ishonib topshirilgan mehnat predmeti odatlar doirasidan chiqarilib, talaba ongiga kiritilishi kerak. So’ngra bilim shunday aniq tahlil qilib berilsinki, uni talaba oz miqdordagi bosqichlarni o’tgan holda tizimli tarzda o’rganib olsin. Amaliy mashg’ulot uchun mo’ljallangan ta’lim hujjatlari asosan harakatlarga yo’naltirilgan tarzda tuziladi.Ular misol uchun ma’lum bir tayyorlash jarayonidagi bajariladigan amallar va bosqichlarga asoslanadilar. Shundan kelib chiqqan holda maxsus sohani tahlil qilish kasbiy tahlil xarakteriga ega bo’ladi. Amaliyot bosqichlari ham kasbiy tahlil asosida amalga oshiriladi. Bunda biror ish, biror jarayon yoki amal harakatlar ketma-ketligi asosida bajariladi, masalan: - biror ish bajarishdagi bosqichlar ketma-ketligi; - mahsulotni tayyorlash pog’onalari; - rejalashtirish va tashkillashtirishdagi harakatlar. Texnologik jihozlarni ishlatish ko’rsatmalari yoki ma’lum amaliy ko’nikma uchun ishning borishini, mehnatni bosqichlarga bo’lish borasidagi namuna sifatida keltirish mumkin: Amaliy mashg’ulot ish jarayoni to’g’risidagi texnik bilim asosida amalga oshiriladigan muayyan bosqichlariga bog’liq bo’ladi. Maxsus sohani o’zlashtirish yuzasidan quyidagi xulosalarni berish mumkin. O’qituvchi talaba uchun nafaqat maxsus soha bo’yicha barcha zarur bilim va tajribalarga, balki boshqa sohalar bo’yicha ham chuqur bilimlarga va ularni talabaga etkazishda turli qiziqarli o’yinlar va usullarga ega bo’lgan shaxs sifatida namoyon bo’ladi. Bu orqali uning talabalar oldidagi obro’-e’tibori shakllanadi. Shuning uchun o’qituvchidan doimiy o’zi ustida ishlashi va "har sohadan xabardor" bo’lishi talab etiladi. O’qitish faoliyatining amaliy qismini o’zlashtirib olishi uchun talabalar amalga oshirishi kerak bo’lgan barcha mashqlarni o’zi ham yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi kerak. Muammoli vaziyatlarni bilish va bu borada maslahat bera olish uchun u vaqti-vaqti bilan ushbu amaliy mashqlarni qaytarib turishi lozim. O’qituvchi nazariy bilimlar yuzasidan esa maxsus soha bo’yicha yangi adabiyotlarga ega bo’lishi va ko’p o’qish uchun o’zida turtki, shuningdek, qiziqish his etishi kerak. Buning uchun o’qituvchiga quyidagilar tavsiya etiladi: iloji boricha o’z sohasi yoki mavzusiga tegishli bo’lgan barcha kitob, nashrlar, jurnallarni to’plab borish; kutubxonadagi kitobning muhim betlaridan nusxa olish; boshqa hamkasblari tajribalarini o’rganish; muayyan mavzuga tegishli qisqa tushuntirishlar bilan berilgan manbalar majmuasini to’plash. Etuk pedagog va mohir kasb ustasi bo’lish uchun quyidagi qoidani esdan chiqarmaslik kerak. “Angishvonadek bilim bermoq uchun bir qop bilimga ega bo’lish kerak”. Download 207.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling