O’qitish jarayoni


Download 207.17 Kb.
bet6/9
Sana01.05.2023
Hajmi207.17 Kb.
#1418012
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
мфум

Maxsus fanlarning o’quv maqsadlari va mazmunini belgilash. O’quv maqsadlari va ularning turlari. Yo’naltiruvchi, umumiy va aniq maqsadlar. Kongnitiv, psixomotorik va affektiv o’quv maqsadlari.
Maxsus fanni o’qitish metodikasining boshlanishi - bu fanning o’qitish maqsadlarini belgilashdir. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar aniq maqsadga yo’naltirilgan o’quv jarayonlaridir. Bu jarayonlar avvaldan belgilangan muayyan o’rganish maqsadlariga erishish uchun olib boriladi. Agar o’quv maqsadlari belgilanmay o’tkazilsa u holda darsning mazmuniy va didaktik tuzilishi buziladi. Natijada dars davomida mavzuga taalluqli bo’lmagan mazmunlarga to’xtalishga to’g’ri keladi. Nazariy va amaliy mashg’ulotlarni shakllantirish uchun oldindan mos keladigan maqsadlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quv maqsadlari va ularning turlari
1. O’quv maqsadlari. O’quv maqsadlari ta’lim jarayoni oxirida kutilayotgan natijaning yozma tavsifidan iborat. Ma’lumki, jonli ta’lim jarayonida ikki tomon: ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi ishtirok etadi. Ta’lim oluvchilar bu o’rganuvchi talaba yoki tinglovchilardir. O’quv maqsadlari ta’lim jarayoni ishtirokchilarining qaysi biri tomonidan qaralishiga qarab, o’rganish va o’rgatish maqsadlariga ajratiladi. An’anaviy ta’limda odatda o’quv maqsadlari pedagog faoliyati orqali ifodalanadi. Bunda pedagog tomonidan maqsadning qo’yilishi o’z faoliyatiga qaratilgan bo’lib, bu bilan ta’lim jarayonining aniq maqsadlariga erishganligini aniqlab bo’lmaydi. Chunki, ta’lim jarayoni natijasida, ta’lim oluvchi ya’ni o’rganuvchining nimaga erishgani emas, balki ta’lim oluvchi ya’ni o’rganuvchining nimaga erishishi muhim bo’lgani uchun, kelgusida o’quv maqsadlari deganda o’rganish maqsadlarini tushunamiz.
Zamonaviy o’quv maqsadlarini belgilash usuli o’ziga xos xususiyatga ega. Bu shundan iboratki, o’quv maqsadlari (o’quv vazifalari deb ham ataladi) talabalar harakatida ifodalanadigan va aniq ko’rinadigan, hamda o’lchanadigan natijalar orqali belgilanadi. O’quv maqsadlarini o’lchash, aniqlash, o’qitishni qayta takrorlash imkoniga ega bo’lish uchun har bir maqsadga erishish mezoni ishlab chiqilishi kerak, yani ta’lim maqsadi shunday qo’yilishi kerakki, unga erishganlik haqida aniq xulosa chiqarish mumkin bo’lsin.

Download 207.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling