O’qitish jarayoni
Download 207.17 Kb.
|
мфум
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Yo’naltiruvchi, umumiy va aniq maqsadlar.
O’quv maqsadlari - bu muayyan ta’lim jarayoni yakunida ta’lim oluvchi tomonidan o’zlashtirilishi, ya’ni hosil qilinishi lozim bo’lgan bilim, hatti-harakat bilan bog’liq bo’lgan amaliy topshiriqni uddalay olish mahorati, shaxsiy fazilatlar va xulqni belgilaydi.
Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, o’quv maqsadlari oldindan ko’zlangan yakuniy natijalar tavsifidir. Uni to’g’ri tanlash ta’lim jarayoni uchun o’ta muhimdir. Buni quyidagi ibora yordamida yaxshiroq tushunsa bo’ladi: «Qayerga borishni, oxirgi manzilini bilmasdan turib safarga otlanishdan hech qanday ma’no va naf yo’q». Nazariy dars va amaliy mashg’ulotlarning maqsadlari aniq bo’lgan taqdirdagina, ularning mazmunini belgilash va ularning didaktik nuqtai nazardan ishlab chiqishga kirishish mumkin. Shu bois, mutaxassislik fanlari o’qituvchilari uchun o’quv maqsadlarini bilish, to’g’ri qo’ya olish va tanlash ko’nikmalariga ega bo’lish-ta’lim jarayonida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir nazariy dars va amaliy mashg’ulotning o’quv maqsadlari oldindan aniqlanishi lozim. Aniqlangan o’quv maqsadlari, dars mazmuni bo’yicha qaysi nazariy materiallarni tanlash, uni o’tkazish bo’yicha qanday metodik va didaktik resurslardan foydalanish lozimligini belgilab beradi. Shunday qilib, har qanday ta’lim jarayoniga o’quv maqsadlari ta’lim mazmuni, metodlari va vositalarni belgilab berar ekan. 2. Yo’naltiruvchi, umumiy va aniq maqsadlar. O’quv maqsadlari ta’lim jarayonining ko’lamiga ko’ra turlicha tarzda ifodalanishi mumkin. O’quv maqsadlari, pastdan yuqoriga qarab: *alohida olingan bitta darsning maqsadi, *fanning biror bo’limini (faoliyat usuli bo’yicha o’quv materialini) o’rganishning o’quv maqsadlari; *butun bir fanni o’rganishning o’quv maqsadlari; *biror bir fanning modulini o’rganishdan ko’zlangan o’quv maqsadlari; *butun bir mutaxasislikni egallash bo’yicha o’quv maqsadlariga bo’linadi. Kichik ko’lamga (alohida dars, fanning bir bo’limi uchun) maqsadlar aniq qo’yilsa, ko’lam kattalashgan sari (modulni o’rganish, mutaxassislikni egallash uchun) o’quv maqsadi umumlashtirib boriladi. O’quv maqsadlari qamrov ko’lamiga qarab uch xil turga ajratiladi: 1)Yo’naltiruvchi maqsadlar. Yo’naltiruvchi maqsadlar eng katta ko’lamdagi ta’lim jarayonining maqsadlarini belgilaydi. Masalan, biror mutaxassislikni egallash bo’yicha o’quv maqsadlari. Odatda davlat ta’lim standartlarida o’z aksini topadi va me’yoriy hujjat hisoblanadi. Ular ta’lim jarayoniga qo’yilgan umumiy talablarni aniqlaydi va uning umumiy yo’nalishini belgilab beradi. 2)Umumiy maqsadlar. Umumiy maqsadlar kichikroq ko’lamdagi ta’lim jarayonlariga ta’luqli bo’lib, uning mazmuni yo’niltiruvchi maqsadlardan kelib chiqadi. Umumiy maqsadlar ham har bir fan bo’yicha tuzilgan davlat ta’lim standardlari ko’rinishida belgilanishi mumkin. Umumiy maqsadlar yo’naltiruvchi maqsadlarni o’z qamrov ko’lami darajasida oydinlashtiradi va aniqlashtiradi. Shunday bo’lsada, yo’naltiruvchi maqsadlar ham ta’lim oluvchi egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va xulq haqida umumiy tasavvurni beradi. U ham o’z navbatida pastki ko’lamda yanada aniqlashtirilishi va oydinlishtirilishi lozim bo’ladi. 3)Aniq maqsadlar. Aniq maqsadlar eng kichik ko’lamdagi ta’lim jarayoniga ta’lluqli bo’lib, uning mazmuni o’z navbatida umumiy maqsadlardan kelib chiqadi. Masalan, biror bir darsning maqsadi, fanni biror bo’limining o’quv maqsadi. Aniq maqsadlar aniq ifoda etilganligi tufayli ta’lim jarayonida muhim o’rin tutadi. Ular biror bir mavzuga yoki biror bir bo’limga oid dars, amaliy mashg’ulot bo’yicha o’lchanishi mumkin bo’lgan aniq yakuniy bo’lim, ko’nikma, malaka va xulqni ifodalaydi. Shuning uchun ularni ifodalashda, maqsadlar bilan birga, ularga erishish ko’rsatkichlarini, baholash mezonlarini va bu natijalarga erishish uchun yaratilishi lozim bo’lgan shart-sharoitlar (asbob - uskunalar, materiallar va boshqa zaruriy vositalar) tavsifini berish ham lozim bo’ladi. Aniq maqsadlar odatda ta’lim muassasalari o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi. Shuningdek, bu maqsadlar yuqorida turgan mutasaddi ta’lim muassasalari, ilmiy - metodik kengashlar tomonidan ishlab chiqilishi va amaliyotga tadbiq qilinishi mumkin. Download 207.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling