O‘qituvchi nutqi madaniyati


Til madaniyati va nutq madaniyati


Download 456.03 Kb.
bet4/27
Sana02.06.2024
Hajmi456.03 Kb.
#1836628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
nutq. majmua 23

Til madaniyati va nutq madaniyati.Til madaniyati deyilganda ana shu tildagi ifoda vositalarining ongli aralashish natijasida hamma tushunadigan va qo‘llay oladigan darajaga keltirilganligi, ma`lum davr uchun mosligi, ishlatilish qonun va qoidalari, me`yorlarining qay darajada aniq va mukammal ishlanganligi, sayqal topganligi tushuniladi. Boshqacha aytganda, til madaniyati deganda, til birliklari va ular imkoniyatlari taraqqiyotining, ular o‘rtasidagi munosabatlar hamda shu munosabatlarni ta`minlovchi qonun-qoidalarning ishlanish darajasi tushuniladi.
Nutq faoliyati. Insonning nutqiy faoliyati 3 ko‘rinishda amal qiladi. Bular so‘zlash, mutolaa va eshitish. So‘zlash deyilganda so‘zlovchining ma`lumoti, maslahat berishi, buyurishi , o‘ziga noma`lum narsalar haqida so‘rashi anglashiladi. So‘zlaganda so‘zlovchining bilimi, madaniyati, axloqi, odobi yuzaga chiqadi.
So‘zlash monologik va diologitk ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Monologik nutqda bir kishining mulohazalari qarshi savollarsiz va javoblarsiz yuzaga chiqadi, suhbatdoshi tomonidan bo‘linmaydi. Diologik nutqda muloqot qiluvchi shaxslar navbat bilan goh tinglovchi, goh so‘zlovchi bo‘lib turadi.
Mutolaa o‘quvchining yozma nutq orqali asar muallifi, obrazlari bilan muloqotidir. Mutolaa tufayli o‘quvchi yozma nutqda aks etgan voqea-hodisalardan xabardor bo‘ladi, ular ta`sirida xulqida qandaydir o‘zgarish paydo bo‘ladi. Mutolaa ma`lumot olishning eng muhim yo‘lidir. Kitob o‘qish orqali kishi ma`naviy etuklikka erisha boradi.
Mutolaa oddiy o‘qish, ilmiy o‘qishdan iborat. Oddiy o‘qiganda o‘quvchi uchun yozma nutq mazmuni bilan tanishuvning o‘zi maqsad qilib qo‘yiladi.
Ilmiy o‘qishda o‘quvchi asarni tahlil qilishni, undan boshqa maqsad uchun foydalanishni, uning mazmunini qayta bayon qilish kabilarni maqsad qilib qo‘yadi.
«Madaniy nutq deb, tilning mavjud barcha vositalari va ular imkoniyatlaridan maqsadga muvofiq tarzda o‘rinli, unumli foydalanilgan holda tuzilgan nutqqa aytiladi. Nutq madaniyati esa ana shu tilni - aloqa-aralashuv qurolini ishlatishga bo‘lgan munosabatdir»4. Bu va boshqa dastlabki ma’lumotlar talabalarning nutq madaniyatiga e’tiborini yo‘naltirishga, og‘zaki va yozma nutq madaniyati-ga erishish o‘z faoliyatlari uchun nihoyatda zarurligini anglab yetishlariga xizmat qilishi lozim.
Demak, mazkur kurs o‘qitilishida asosiy talab qisman nazariy ma’lumotlar asosida ko‘proq amaliy jihatlarni ko‘rsatish, yutuq va kamchiliklar bilan tanishtirish orqali, hozirgi o‘zbek tilining ijtimoiy mohiyatini, ya’ni hozirgi mavqyeini, o‘zbek adabiy tilining sofligi va o‘quvchilar nutq madaniyatiga salbiy ta’sir qilayotgan omillarni tushuntirish hamda kelgusida ular amaliyotida qo‘llaydigan jihatlarga e’tiborini qaratishdan iborat bo‘lishi lozim.
«O‘qituvchining nutq madaniyati” fani o‘ziga xos amaliy soha sifatida tilshunoslikning nazariy fanlaridan olingan bilimlarga suyangan holda to‘g‘ri, aniq, mantiqiy, ta’sirchan nutq tuzish va ularga qo‘yilgan talablar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish to‘g‘risida bilim beradi. Bo‘lajak o‘qituvchining o‘zbek tilining hozirgi ijtimoiy mohiyati, davlat tilining jamiyatimizdagi o‘rni, holati to‘g‘risidagi jarayonni ma’lum darajada kuzatib borishi, mavjud yutuq va kamchiliklarni farqlay olishi, o‘z amaliyotida foydala-nishi uchun zaruriy ma’lumot sifatida til, til va jamiyat, til va nutq, adabiy til me’yorlari, vazifaviy uslublar, muloqot madaniyati, til ma’naviyati va nutq odobi hamda boshqa masalalar bo‘yicha ham talabalar ma’lum bilimga ega bo‘ladilar.
“O‘qituvchining nutq madaniyati» fani ushbu mavzular doirasida nazariy tadqiqotlarga tayangan holda, ko‘proq amaliy bilim berishi jihatidan «Nutq madaniyati asoslari», «Nutq madaniyati va notiqlik san’ati” kurslariga yaqin turadi. Shuning uchun ushbu kurslarning materiallari «O‘qituvchining nutq madaniyati» fani o‘qitilishi uchun ma’lum darajada asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
“Nutq madaniyati va notiqlik san’ati” fani adabiy til me’yorlarini, uning tarixiyligini, taraqqiy etib borishini undagi ba’zi birliklarning eskirishi, ular o‘rnida yangi me’yoriy birliklarning paydo bo‘lishini kuzatib, qayd etib boradi. Biroq bu fan adabiy me’yorlarni yaratmaydi, ba’zi bir hodisalarni me’yor sifatida majburan kiritmaydi. Balki o‘zbek milliy adabiy tili faoliyatini, uning rivojlanishini kuzatib boradi, obyektiv qonunlarini kashf etadi, shular asosida tavsiyalar berib boradi5. «O‘qituvchining nutq madaniyati» fani esa mazkur fan erishgan yutuqlarning amaliyoti bilan shug‘ullanadi, ya’ni talabalar va o‘quvchilar, o‘qituvchi-larning adabiy til me’yorlariga rioya etish holatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Nutq madaniyati haqidagi ta’limot qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo‘lsa ham, unga qadar Misr, Assuriya, Vavilon va Hindiston kabi mamlakatlarda paydo bo‘lganligi notiqlik san’ati tajribasidan ma’lum. Ushbu davrlarda jamiyatning rivojlanishi, savdo-sotiqning, sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etishi notiqlikni san’at darajasiga ko‘tardi. Chunki u paytlarda davlat arbob-larining obro‘ e’tibori va yuqori lavozimlarga ko‘ta-rilishi, ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq bo‘lgan. Notiqlik san’ati sarkardalik mahorati bilan barobar darajada ulug‘langan. Mashhur notiq Siseron: “tarixda yo yaxshi harbiy sarkarda, yo yaxshi notiq bulish kerak” degan ekan. Bu gapda katta hikmat bor. Harbiy sarkardaning itoatida ko‘p sonli lashkar bo‘lishini tasavvur qilsak, bu so‘z tasodifiy o‘xshatish emasligiga amin bo‘lamiz. Grek va Rim notiqlari Aristotel, Demosfen, Siseron, Kvintilian kabi nazariyotchilarning hayotiy tajribalari ham bunga misoldir. Ular kishilik jamiyatida ritorika va notiqlik san’atining o‘ziga hos maktabini yaratdilar. Siseronning “Notiqlik haqida”, “Notiq”, “Brut” asarlari, Mark Fabiy Kvintilianning “Notiq bilimi haqida”, Aristotelning “Ritorika” kabi asarlari ham qadimgi Gresiya va Rimda madaniy nutq, notiqlik nazariyasi ancha rivojlanganligini ko‘rsatadi6.


Notiqlik san’ati (ritorika) fan sifatida qadimgi Yunonistonda eramizdan avvalgi IV-V asrlarda naydo bo‘ldi. Ammo notiqlik san’atiga ehtiyojning paydo bo‘lishini insoniyat tarixidagi ilk davlatchilikning shakllanishi davri bilan bog‘lash mumkin. Nutq davlatni boshqarish, xalqni hokimiyat atrofida birlashtirish va muayyan maqsadlar sari yo‘naltirish, turli toifadagi odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish kabi ishlarning barini amalga oshirishning bosh vositasidir. Davlat va jamiyat boshqaruvini nutqsiz, "so‘z hunari"siz tasavvur etib bo‘lmaydi. "Nutq - qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi, odamlarni boshqa­rish uchun esa ayni shular kerak", - degan edi g‘arb mutafakkiri R.Emirson(1.18-b.).



Download 456.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling