Oqsillar biosintezini boshqarilishi
Download 130.5 Kb.
|
OQSILLAR BIOSINTEZINI BOSHQARILISHI JARAYONI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Eukariotlarda oqsil biosintezining boshqarilish sxemasi.
3. Repressiya mexanizmi. Laktozaning fermentlar yordamida parchalanishi uning miqdorini kamaytiradi va glyukoza hosil bo`lishiga olib keladi. Glyukozaning parchalanishi natijasida qandaydir metabolit hosil bo`ladi va ATF dan sAMF hosil bo`lishini kamaytiradi. sAMF taqchilligi KFO ning bog`lanishini kamaytiradi, bu esa RNK-polimerazaning promotor bilan birikishini qiyinlashtiradi. Muhitda laktozaning butunlay tugashi uning repressorga ta’sirini pasaytiradi. Natijada repressor faollashadi, operator bilan bog`lanadi va transkriptsiyani blokirlaydi. Oqsil sintezi to`xtaydi.
Boshqa operonlar faqat salbiy (repressorlar) emas, balki ijobiy (sAMF-KFO kabi) boshqaruvchilarga ham javob beradilar. Bakteriyalarda mRNK ning yashash muddati juda qisqaligi (ular tez parchalanib ketadi), o`ziga xos xususiyat bo`lib, bu ularning oqsil to`plamini tashqi muhitning keskin o`zgarishi (oziqlanish sharoiti, ximiyaviy va fizikaviy omillar) ga tez moslashish imkonini beradi. Eukariotlardagi oqsil sintezining boshqarilish mexanizmi prokariotlarga nisbatan kam o`rganilgan. Yuqori tuzilgan hayvon va o`simliklar xromatini bakteriyalardagiga nisbatan murakkab tuzilgan. Bundan tshqari xromatinning membrana bilan o`ralgan yadroda joylashganligi genetik axborotning sitoplazmaga – oqsil sintezi boradigan joyga o`tishi qiyinlashtiradi. Yuksak tuzilgan eukariotlarda bakteriya repressorlariga o`xshash boshqaruvchi oqsillar topilmagan. 4. Eukariotlarda oqsil biosintezining boshqarilish sxemasi. Eukariotlardagi oqsil sintezining boshqarilishi transkriptsiya va translyatsiya darajasida amalga oshadi. Transkriptsiya darajasida turli xil boshqaruvchilar ayrim genlarga tanlab ta’sir qiladi, bu esa ularga mos oqsillar to`plamini belgilab beradi. Translyatsiya darajasida boshqarilish ularning tarkibi emas, balki ribosomalarda ayrim oqsillarning sintezlanish tezligida namoyon bo`ladi.3 Induktorlarning ta’sir etish mexanizmi quyidagicha boradi. Induktorlar, masalan, gormonlar yadroga kiradi va transkriptsiyani boshqaruvchi molekulalar bilan o`zaro ta’sirlashadilar yoki ularning modifikatsiyasini faollaydilar. Shu bilan birga turli xil induktorlar gistonlarning repressor ta’sirini inaktivatsiyalash yoki giston bo`lmagan oqsillarni modifikatsiyalash, vektor RNP bilan o`zaro ta’sirlashish yo`llari bilan xromosomaning turli qismlariga “o`zining” genlarini kiritishi mumkin. Bunday mexanizmlardan istalgan biri RNK-polimerazaning promotor bilan bog`lanishi va transkriptonning RNK li nusxasining hosil bo`lishini yengillashtiradilar. Oqsil sintezining induktorlari, masalan gormonlar ta’sirida rRNK va tRNK genlarining transkriptsiyasi spetsifik oqsillar strukturasi to`g`risida axborot saqlovchi DNK ning qismlaridan transkriptsiyasiga nisbatan ilgarilab ketadi. Bunda o`ziga xos maqsadga muofiqlik mavjud: oldin oqsil sintezi uchun kuchli apparat (tRNK, rRNK va ribosomalar) yig`iladi, keyin esa oqsil sintezini amalga oshirish uchun mRNK sintezlanadi. Induktor ta’siri tugaganidan keyin gistonlardan modifikatsiyalovchi guruhlar ajralishi ro`y beradi va gistonlar yangidan DNK bilan bog`lanib, transkriptsiyani to`xtatadilar. Prokariotlardan farqli ravishda eukariotlarda transkriptsiyaning blokadasi oqsil sintezining to`xtashini anglatmaydi. Eukariotlarda mRNK molekulalari ancha turg`un bo`lib, prokariotlarda ular tez gidrolizlanadi. Eukariotlardagi mRNKning yangi nusxalarini hosil qilish blokirlangan taqdirda ham undan matritsa sifatida ribosomalarda oqsil sintezi uchun foydalanish imkonini beradi. Translyatsiya darajasida oqsil sintezini boshqarish ribosomalarda initsiatsiya, elongatsiya va terminatsiyani nazorat qiluvchi oqsil faktorlarga va ribosomaning turli xil funktsional qismlariga ta’sir etish usullari bilan amalga oshishi mumkin. Download 130.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling