Oqsillar biosintezini boshqarilishi
Download 130.5 Kb.
|
OQSILLAR BIOSINTEZINI BOSHQARILISHI JARAYONI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karboksigemoglobin HbCo
Oksigemoglobin HbO2 – gemoglobinning kislorod bilan to`g`ridan –to`g`ri birikishidan hosil bo`ladi. Bu birikma beqaror bo`lib, uning qondagi miqdori kislorodning partsial bosimiga qarab o`zgarib turadi: kislorod partsial bosimi baland bo`lgan o`pka alveolalarida qon kislorod bilan to`yinadi va HbO2 miqdori ortadi. To`qimalarda kislorodning partsial bosimi past bo`lganidan oksigemoglobin bu yerda dissotsiyalanib, hujayralarga kislorod beradi. Partsial bosim 10,6 dan 2,6 kPa ga – 4 baravar pasayganda oksigemoglobin 80 % kisloroddan ozod bo`ladi. Agar gemlar mustaqil (avtonom) tarzda harakat qilganlarida bosim 90 marta pasayishi kerak bo`lar edi. Ammo bunday bo`lishi mumkin emas, chunki kislorodning asosiy qismi gemdan chiqa olmas va to`qimalar undan foydalanmas edi. Buning natijasida inson atmosferada toza kislorod bo`lganda ham nafas ololmas edi. Demak, gemoglobinning tashib yuradigan kislorodi miqdori quyidagi oddiy tenglama bo`yicha kislorodning partsial bosimiga bog`liq bo`ladi:
Hb + O2 ------- HbO2 Oksigemoglobinda kislorod gem molekulasidagi temir atomiga kovalent bog`lar orqali birikkan emas, binobarin, temirning valentligi ikkiga tengligicha qoladi va kislorodning birikishi yoki ajralishi tufayli o`zgarmaydi: N N N N globin------Fe2+-------O2 globin------Fe2+-------H2O N N N N Gemoglobin eritmasi bilan muvozanatda bo`lgan kislorodning partsial bosimi kamaytirilganda qaytarilgan gemoglobin hosil bo`lib, unda temirning valentligi ham ikkiligicha qoladi. Karboksigemoglobin HbCo - gemoglobinning uglerod (II)-oksidi – is gazi bilan hosil qilgan birikmasi. Bu modda odam nafas olgan havo tarkibida CO bo`lganda vujudga keladi. Bunda gemning uglerod (II)-oksidi bilan birikishi kislorodga nisbatan 300 marta yuqori. Bu kompleksda gemoglobin va is gazi orasidagi bog` gemoglobin bilan kislorod o`rtasidagi bog`ga qaraganda 200 marta mustahkam. Karboksigemoglobinning dissotsialanish darajasi kuchsiz bo`lganidan is gazi oksigemoglobindan kislorodni osonlik bilan siqib chiqaradi. Shuning uchun nafas olgandagi havoda 1% is gazi bo`lgandayoq gemoglobinning 95% i karboksi gemoglobinga aylanadi. Bunday gemoglobin kislorod bilan birika olmay, o`zining kislorod tashish vazifasini bajara olmaydi. Natijada to`qimalar, birinchi navbatda miya to`qimasi kislorodning yo`qligi tufayli nobud bo`ladi. Is gazi bilan zaharlanishning o`limga olib kelish sababi ham ana shunda. Karboksigemoglobinda ham temirning atomi ikki valentli. Download 130.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling