Oqsillar biosintezini boshqarilishi


Download 130.5 Kb.
bet8/10
Sana16.06.2023
Hajmi130.5 Kb.
#1509635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
OQSILLAR BIOSINTEZINI BOSHQARILISHI JARAYONI.

Fermentli gemproteidlar. Sitoxromlar ularning molekulalari tarkibidagi gemlarning turiga qarab a,b,c,d turlarga bo`linadi. a,b va c sitoxromlari prostetik guruh sifatida muvofiq ravishda a,b, va c gemlari tutadi va o`zaro polipeptid zanjirlarining aminokislotalar tarkibi va oqsil subbirliklari bilan farqlanadilar. d sitoxromida esa d gemdan tashqari ba’zida c gemi ham bo`ladi.
Sitoxromlar kislorodni biriktirish xususiyatiga ega emas. Bunda istisno tariqasida a3 sitoxromi mavjud bo`lib, uning tarkibiga globin bilan bog`langan mis ioni kiradi. Sitoxromlar elektronlarni tashish vazifasini bajarib, mitoxondriyaning nafas olish zanjiri va mikrosoma zanjiri tarkibiga kiradi.
Xlorofillproteidlar – hayvonlardagi temir porfirinlardan farqli ravishda o`simliklarda magniy porfirinli komplekslar mavjud bo`lib, ular o`simliklar barglariga yasxil rang beradi. Bunday pigmentli komplekslar xlorofill deb ataladi. O`simliklar barglarida a va b, suvo`tlarida yana c va d turlari mavjud.
O`simliklarda xlorofillar oqsillar bilan kompleks hosil qiladi va fotosintez reaksiyalarida ishtirok etadi.
Metalloproteidlar va nukleoproteidlar. Metalloproteinlarga oqsildan tashqari qandaydir, bir yoki bir nechta metall ionlari saqlovchi biopolimeelar kiradi. Metalloproteidlar orasida fermentli va fermentsiz turlari mavjud. Masalan, dipeptidaza va alkogoldegidrogenaza metallofermentlari tarkibida rux, tashuvchilik vazifasini bajaruvchi fermentsiz metalloproteid – transferrin tarkibida esa temir bo`ladi.
Ferritin – yuqori molekulali suvda eruvchi oqsil bo`lib, unda temir 17 dan 23% gacha bo`ladi. U asosan, qora taloq, jigar va miya ko`migida bo`lib, organizmda temir deposi vazifasini bajaradi.
Transferritin – suvda eruvchi temirprotein, glikoprotein, qon zardobidagi β-globulinlar tarkibida aniqlangan. Transferrin molekulasi 2 atom temir saqlaydi; transferrin organizmda temirning fiziologik tashuvchisi hisoblanadi.
Ba’zi metalloproteidlar gemoglobin vazifasini bajaradi, masalan gemostianin, gemeritrin, gemovanadin. Gemostianin (grek.haima – qon va kyanos – lazur) qonga havo rang tus beradi va u mollyuskalarda uchraydi. Bunda kislorodni biriktiruvchi mis ioni bo`lib, u oqsil qismining juda ko`p subbirliklari bilan bevosita bog`langan. Misning har ikki ioni bir molekula kislorod bilan bog`lanadi.
Gemeritrin ham temirproteid bo`lib, u chuvalchanglarda aniqlangan. Gemeritrin molekulasi oqsilning 8 ta subbirligidan tashkil topgan bo`lib, o`zaro temir ioni bilan bog`langan. Gemeritrinning ikki atom temiri bir molekula kislorodni biriktiradi.Kislorodni biriktiradigan yana bir metalloproteid – gemovanadin aniqlangan bo`lib, u bitta subbirlikdan iborat. Unda bog`lovchi guruh sifatida vanadiy ioni ishtirok etadi. Vanadiyning har bir atomi bir molekula kislorodni bog`laydi.

Download 130.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling