Oqsillar biosintezini boshqarilishi
Download 130.5 Kb.
|
OQSILLAR BIOSINTEZINI BOSHQARILISHI JARAYONI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karbgemoglobin.
- Mioglobin
Metgemoglobin – metgemoglobin oksigemoglobin yoki gemoglobinni oksidlash tufayli (masalan qizil qon tuzi – K3[Fe(CN)6], natriy nitrit, azot oksidlari, metilen ko`ki bilan) hosil bo`ladi:
HbO2 + K3[Fe(CN)6] ------------HbOH + K4[Fe(CN)6] + O2 Bu kompleksda temir uch valentli bo`lib, gemoglobin kislorod bilan birikish qobiliyatini yo`qotadi. Metgemoglobin qonda ba’zi oksidlovchi moddalar bo`lganda ma’lum miqdorda uchraydi. U ham o`pkadan to`qimalarga kislorod tashish vazifasini bajara olmaganidan qonda metgemoglobin ko`p bo`lganda kislorod etishmasligi tufayli o`lim yuz beradi. Lekin metgemoglobin boshqa hususiyatlarga ham ega. U sianid bilan kuchsiz toksik xususiyatli sianmetgemoglobin hosil qiladi va shu yo`l bilan organizmni sianidlarning xavfli o`limga olib keluvchi ta’siridan qutqaradi. Shu sababli sianidlar bilan zaharlanganda davolash uchun metgemoglobin hosil qiluvchi (natriy nitrit) dan foydalaniladi. Sianid kislota oksigemoglobin yoki qaytarilgan gemoglobin bilan reaktsiyaga kirishmaganligidan sianid kislotadan zaharlanganda qonda kislorod tashish qobiliyatining yo`qolishi o`limga olib bormaydi.5 Karbgemoglobin. Gemoglobinning karbonat angidrid bilan bog`lanishidan gemoglobinning yana bir boshqa unumi – karbgemoglobin hosil bo`lishi mumkin. Ammo bunda karbonat angidrid gemga emas, balki globinning amino guruhiga bog`lanadi. Dezoksigemoglobin oksigemoglobinga nisbatan ko`proq karbonat angidrid biriktiradi. Karbgemoglobinning hosil bo`lishi karbonat angidridning to`qimalardan o`pkaga chiqarish uchun qo`llaniladi. Bunday yo`l bilan 10-15% karbonat angidrid o`pkaga chiqariladi. Mioglobin – uchlamchi strukturaga ega bo`lib, gemoglobinning bir zanjiridan iborat. Gemoglobindan farqli ravishda u kislorodni 5 marta tezroq biriktira oladi. Uning kislorod bilan to`yinishi grafikda giperbola shaklida bo`ladi. Buning biologik ahamiyati ham shunda bo`lib, mioglobin mushak to`qimasining ichki qismida, ya’ni kislorodning partsial bosimi past joyda joylashganligi bilan bog`liq. Tashnalik bilan kislorodni biriktirishi tufayli kislorodni zahirasini yaratadi va bu kislorod vaqtinchalik kislorod etishmovchiligida zaruratga qarab sarflanadi. Download 130.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling