O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
Download 0.6 Mb.
|
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org
Boshqaruv mehnati – bu ma’muriy boshqaruv xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiyalar va ishlardir.
Boshqaruv mehnati o‘ziga xos xususiyatlarga ega: U moddiy boyliklar yaratishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki boshqa shaxslar mehnati orqali ishtirok etadi. Boshqaruv mehnatining predmeti sifatida rahbarga kerakli axborot, boshqaruvda ishtirok etuvchi odamlar va boshqaruv jarayoni ishtirok etadi. Rahbar tomonidan boshqaruv qarorining qabul qilinishi uning natijasi hisoblanadi. Tashkiliy tizim va hisoblash texnikasi mehnat vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Boshqaruv aqliy mehnat, shu bois uning unumdorligini faqat texnik ijrochilar va ayrim mutaxassislarga nisbatangina baholash mumkin. Boshqaruv mehnati mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash davrida ajratiladi. Bozor munosabatlari rivojlanishi, mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash jarayonining chuqurlashuvi boshqaruv ishini mustaqil sohaga nisbatan ajratib qo‘yadi va tashkilotning avtonom boshqaruv tizimi majmuida yuzaga keluvchi ma’lum tashkiliy shakllar bilan mustahkamlanadi. Tashkilotning nafaqat tashqi, balki ichki strategik zaxiralaridan foydalanish ham boshqaruv mehnati darajasiga bog‘liqdir. Mehnat faoliyatining ushbu turiga xos asosiy xususiyati shundaki, rahbar tashkilotni rivojlantirish va takomillashtirish vazifasini ushbu vazifani bevosita hal qilishi kerak bo‘lgan xodimlarga ta’sir ko‘rsatgan holda tashkiliy aspektda hal qiladi. Ma’muriy boshqaruv xodimlarining mehnati yig‘ma ijtimoiy mehnatning ajralmas qismi bo‘ladi. Demak, boshqaruv tizimidagi mehnat qanchalik samarali bo‘lsa, yig‘ma mehnatning natijalari ham shunchalik yuqoridir. Ammo ma’muriy boshqaruv xodimlari ishchilardan farqli ravishda, o‘zlari bevosita mehnat predmetiga ta’sir ko‘rsatmaydilar, ya’ni o‘zlarining qo‘llari bilan mehnat vositalaridan foydalanish bilan) moddiy boyliklarni ishlab chiqmaydilar. Ular bevosita ishlab chiqarish (tijorat) operatsiyalarini bajarish bilan banl bo‘lgan odamlarning samarali mehnatlari uchun kerakli tashkiliy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratadilar. Demak, boshqaruv vazifalarini bajarilishining sifati qanchalik yuqori bo‘lsa, ishlab chiqarish ob’ekti shunchalik ishonchli va samarali faoliyat yuritadi. Boshqaruv mehnati jarayonida belgilangan resurslar moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari – binolar, inshootlar, boshqaruv apparati xodimlari mehnatning vositalari va predmeti, boshqaruv tizimi faoliyatini yuritish uchun xarajatlar, malakali mutaxassislar va h.k.dan foydalaniladi. Ulardan foydalanishning samaradorligi ham ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijalariga ta’sir ko‘rsatadi. SHunday qilib, boshqaruv mehnati – bu ijtimoiy ishlab chiqarish mehnatining turli-tumanligidir, chunki u yig‘ma mahsulot ishlab chiqaruvchi va boshqaruv xodimlari faoliyatining natijasidir. U ishchilar mehnati kabi darajada zarurdir. Boshqaruv mehnati g‘oyatda turli-tumandir, shu sababli ushbu mehnatning mazmunini ta’riflovchi operatsiyalar va tadbirlarni aniq tasniflash, turlarga ajratish qiyindir. Buning ustiga boshqaruv operatsiyalarining doirasi muqarrar ravishda kengaymoqda, operatsiyalarning o‘zlari esa bir tomondan boshqaruv usullarini ularni qo‘llash sohalaridagi o‘zgarishlar oqibatida, boshqa tomondan axborotlarni saqlash, uzatish, jamlab, ishlab chiqarishning yangi texnik vositalaridan foydalanishning o‘sishi munosabati bilan turlarini o‘zgartirmoqdalar. Boshqaruv mehnati operatsiyalari, tadbirlari mazmuniga kompьyuter texnikasi inqilobiy o‘zgarishlar kiritmoqda, u tubdan yangi axborot texnologiyalarini tadbiq etish imkoniyatini bermoqda. SHunga qaramasdan, boshqaruv mehnatining, hammadan avval, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida eng xarakterli operatsiyalarni ajratish mumkin. Ular quyidagilardan iborat: vazifani qo‘yish; qo‘lda va kompьyuterdan foydalanish bilan axborotlarni qidirish; axborotlarni tahlil qilish; axborotlarni guruhlarga ajratish (qo‘lda yoki kompьyuterdan foydalanish bilan); kompьyutersiz eng oddiy hisoblashlar; kompьyuterni qo‘llash bilan hisob-kitoblar; qarorlarni tayyorlash; qarorlarni yakka holda qabul qilish; qarorlarni jamoaviy qabulqilish; hujjatlarni rasmiylashtirish, xatlarni tuzish va h.k. Ma’muriy-boshqaruv xodimlarning yig‘ma mahsulot predmetiga ta’sir ko‘rsatishning axborotlaridan foydalanish va uni ushbu ob’ekt holati qo‘yilgan maqsadlariga erishish yo‘nalishiga o‘zgartirish uchun tegishli qarorlarni o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. SHuning uchun ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatining asosiy xususiyati predmetning axborotli xarakteri va ularning mehnati jarayoni (o‘zining mazmuni va natijalari bo‘yicha)ni mehnatning boshqa turlaridan tubdan farqlanishi bilan asoslangan mehnat mahsulotidan iborat bo‘ladi. Boshqaruv mehnatining yakuniy mahsuloti – ob’ektga boshqaruv ta’sirlarining o‘lchamlarini belgilab beruvchi qarorlardir. Umuman xizmatchilar mehnatlarining natijalari ular tomonidan chiqarilgan farmoyishlar va hujjatlarning soni bo‘yicha emas, balki ularning tashkilot yoki uning bo‘linmasining butun jamoasi faoliyati ta’siri bo‘yicha baholanadi. Bundan xizmatchilar mehnatni tashkil qilish masalalarini hal qilishga g‘oyatda muhim o‘ziga xos talab kelib chiqadi – tarkibiy va hujjatiy ortiqchaliklarni aniqlash va bartaraf qilish, boshqaruvning tashkiliy shakllarini ehtimol bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish bilan takomillashtirish maqsadida har xil mehnat vazifalarini bajarish usullari va vositalarini oldindan tahlil qilish. Bu jihatdan boshqaruv sohasidagi mehnat ilmiy mehnatga yaqinroq, ko‘proq uni eslatadi. Ammo agar ilm sohasida asosan ilmiy axborotlar bilan harakat qilinsa, boshqaruv mehnati o‘zining orbitasiga hisob-statistik, ilmiy-texnik, bashoratli-tahliliy, rejaviy, operativ va iqtisodiy axborotlarning boshqa turlarini jalb qiladi. Boshqaruv mehnatining boshqa xususiyati uning aqliy harakatlaridir. U predmet va mehnat predmetining axborotli xarakteridan kelib chiqadi, shunga ko‘ra ma’muriy-boshqaruv xodimlariga, qoidaga ko‘ra, ayniqsa qarorlarni qidirib topish va amalga oshirishda ko‘proq darajada asabiy to‘yg‘uli harakatlarni sarflashga to‘g‘ri keladi. Boshqaruvda mehnat faoliyatining har qanday boshqa turidagi kabi, mehnat taqsimoti mavjuddir. Bunday taqsimot boshqaruv ob’ektlarining farqlanishi sababli paydo bo‘ladi. Boshqaruv ob’ekti sinflari, turlarining farqlanishi boshqaruvning iqtisodiyot tarmoqlari, sohalari, boshqariladigan ob’ektning turiga ko‘ra boshqaruvchilarni ixtisoslashishlari zarurligiga olib keladi. Boshqaruv faoliyatining turlari, boshqaruv mutaxassisliklari bo‘yicha taqsimlash mavjud, masalan, tahlilchilar, rejachilar, hisobchilar, menejerlarga ajratiladi. YUqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, o‘zining xarakteri bo‘yicha mehnat hamma vaqt ham ijtimoiy jarayon bo‘lgan. Har qanday ijtimoiy mehnat esa belgilangan tashkil qilish va tartibni taqozo qiladi. Kimdir xodimlar oldiga maqsadni qo‘yishi, vazifalarni taqsimlashi, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilishi, har holda odamlarni mehnatga undashi, ularning harakatlarini muvofiqlashtirishi kerak. Mehnatni boshqarishning xarakteri, uning usullari va vositalari doimiy bo‘lib qololmaydilar. Pirovardida ular ishlab chiqarishning o‘zining rivojlanganligi darajasi va uning ijtimoiy shakli bilan belgilanadilar. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling