O’quv moduli birliklari


-§.  g’isht -tosh terish va tayyor temir-beton qurilmalardan yig’iladigan binolarni


Download 128.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana09.06.2023
Hajmi128.38 Kb.
#1469937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Маъруза. Қурилиш қоришмаси

4-§. 
g’isht -tosh terish va tayyor temir-beton qurilmalardan yig’iladigan binolarni 
o’rnatish uchun qorishmalar 
 
 
g’isht-toshdan terilgan va butunlay tayyor temir-beton qurilmalardan yig’ilgan 
binolarning mustahkamligi, yaxlitliligi va chidamliligi ma’lum darajada ishlatiladigan qorishma 
sifatiga bog’liq bo’ladi. g’isht-tosh terish va o’rnatish ishlarining har xil turlari uchun 
qorishmalarning markasi, turi va tarkibi mustahkamligiga qo’yiladigan talablar, qurilmalar 
hususiyati va foydalanish sharoitlarini hisobga olib belgilanadi. 
Hozirgi vaqtda fuqaro va sanoat qurilishida ko’proq 10, 25,50, 75 va 100 markali qurilish 
qorishmalari ishlatiladi.
Bino tashqi devorlarini g’ishtdan terish uchun asosan tsement-ohak va tsement-loy 
qorishmalarining minimal markalari devorlarning turi, tuproqning namlik xarakteristikalari va 
qurilmalarning talab etilgan chidamliligiga qarab 10 dan 50 gacha markali tsement bo’lgan 
aralashmalari ishlatiladi.
Beton panel devorlarni o’rnatishda gorizontal choklar og’ir betondan qilingan panel 
uchun markasi kamida 100 va engil betondan qilingan panellar uchun kamida 50 markali tsement 
qorishmalari bilan to’ldiriladi. Yirik bloklar va panellardan qurilgan devorlarning gorizontal va 
tik choklari 50 markali qorishmalar bilan to’ldiriladi. Sinch-panelli turar joy binolarini qurishda 
choklar va uchma-uch tutashadigan joylarni mustahkam jipslash uchun 200 markali tsement 
qorishmalari ishlatiladi. 50 va 75 markali tsement qorishmalardan binoning er osti qismini va suv 
himoya qatlamidan past qismini qurish uchun (bunda tuproq suvga to’yingan bo’ladi), ya’ni 
yuqori mustahkam va suvga chidamli qorishma hosil qilish zarur bo’lgan hollarda foydalaniladi. 
Devorlar uchun mo’ljallangan qorishmalarning suriluvchanligi ularning vazifasi va 
yotqizish usuliga qarab quyidagicha qabul qilinadi: 

devorlarni faqat g’ishtdan, beton toshlar va engil tog’ jinslaridan qilingan toshlardan 
qurish uchun 9-13 sm,

devorlarni ichi bo’sh g’ishtdan yoki sopol toshlardan terish uchun 7-8 sm,

devorlarni beton bloklar va panellardan o’rnatishda gorizontal choklarni to’ldirish uchun 
5-7 sm,

harsang toshlardan terish uchun 4-6sm, undagi bo’shliqlarni qorishma quyib to’ldirish 
uchun 13-15 sm.
Devorlarni quruq va g’ovakli materiallardan qurish uchun suriluvchanligi yuqori qorishmalar, 
nam va zich materiallardan qurish uchun esa suriluvchanligi kichik qorishmalar ishlatiladi.
Qurilish qorishmalarining tarkiblari, odatda tayyor jadvallardan tanlanadi, hosil qilingan 
qorishmalarning sifati esa tajribada sinab tekshiriladi. 
11-jadvalda keltirilgan qorishmalar tarkibi quyidagicha tanlangan: zichligi 1100 kgG’m
3
bo’lgan 200-500 markali tsementlar, standart talablarini qoniqtiradigan tabiiy namligi 1-3 % li 
yumshoq to’kilma holatdagi qum, zichligi 1400 kgG’m
3
bo’lgan II- navli ohak. 

Download 128.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling