O’quv moduli birliklari
Download 128.38 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Маъруза. Қурилиш қоришмаси
6-§.
Maxsus qorishmalar Qurilishda ishlatiladigan maxsus qorishmalarga namdan himoyalash, in’ektsion, akustik va rentgen nuridan himoyalovchi qorishmalar kiradi. Namdan himoyalash qorishmalaridan suyuq mahsulotlar uchun mo’ljallangan har xil sig’imlarning yuzalarini pardozlash, erto’la devorlari va boshqalarni pardozlashda foydalaniladi. Ular portlandtsement, sulfatga chidamli portlandtsement va suv o’tkazmaydigan kengayuvchi tsement asosida tayyorlanadi. Namdan himoyalash suvoq uchun qorishmalarning taxminiy tarkibi 1:2,5 yoki 1:3,5 (tsement:qum massasi bo’yicha). Bu qorishmalarning suv o’tkazmovchanligini oshirish uchun tayyorlash jarayonida ularning tarkibiga har xil zichlovchi qo’shimchalar (natriy alyuminati, xlorli temir, bitum emulsiyasi, lateks va boshqalar) kiritiladi. In’ektsion qorishmalar oldindan taranglangan qurilmalarda armaturani zanglashdan himoyalash maqsadida kanallarni to’ldirish uchun xizmat qiladilar. Ular mayda qum asosida tayyorlangan tsement-qum qorishmasi ko’rinishida yoki tsement xamiri ko’rinishida bo’lishlari mumkin. Bog’lovchi sifatida 400 markali va undan yuqori portlandtsementdan foydalaniladi. Ularning sarfi 1 m tsement-qum qorishmasi uchun 1100-1400 kg va 1 mm tsement xamiri uchun 1300-1600 kg bo’lishi kerak. In’ektsion qorishma markasi kamida 300 bo’lishi kerak. Qorishma aralashmasining qovushoqligini kamaytirish uchun uning tarkibiga sirt- faol moddalardan (SDB va milonaft) tsement massasi bo’yicha ortig’i bilan 0,2 % miqdorda qo’shiladi. Akustik qorishmalar tovush yutuvchi suvoqlar hosil qilish uchun ishlatiladi. Bog’lovchilar sifatida portlandtsement, shlakoportlandtsement, ohak, gips yoki ularning aralashmasidan foydalaniladi. G’ovakli engil materiallardan: pemza, perlit, keramzit va boshqalardan tayyorlangan 3-5 mm yiriklikdagi bitta fraktsiyali qumlar to’ldirgichlar bo’lib xizmat qiladi. Bog’lovchi miqdori va to’ldirgichning donador tarkibi akustik qorishmalarda qorishmalarning tutashmagan ochiq g’ovakliligini va 600-1200 kgG’m 3 zichlikni ta’minlashi kerak. Rentgen nurlaridan himoyalaydigan qorishmalar bilan rentgen xonalarining devorlari va shiplari suvaladi. Ular porlandtsement yoki shlakoporlandtsementdan va donalari ortig’i bilan 1,25 mm bo’lgan barit qumdan tayyorlanadi. Himoyalash xossalarini oshirish uchun ularning tarkibida engil elementlar: liti, kadmiy va boshqalar bo’lgan moddalar kiritish tavsiya qilinadi. Rentgen nurlaridan himoyalovchi qorishmalarning zichligi odatda 2200 kgG’m 3 dan ortiq bo’lmaydi. Download 128.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling