O’quv moduli birliklari


Download 128.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana09.06.2023
Hajmi128.38 Kb.
#1469937
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Маъруза. Қурилиш қоришмаси



(4-soat) 
O’quv moduli birliklari: 
1. Qurilishbop qorishmalarning turlari, sinflari.
2. Qorishma aralashmalarining xossalari, oson yotqizuvchanligi, suriluvchanligi, suv 
saqlab qolish hususiyatlari. 
3. Qurilish qorishmalarining xossalari, mustahkamligi va sovuqqa chidamliligi. 
4. g’isht -tosh terish va butunlay tayyor temir-beton qurilmalar yig’iladigan binolarni 
o’rnatish uchun qorishmalar. 
5. Pardozlash qorishmalari. 
6. Maxsus qorishmalar. 
7. Qorishmalarni tayyorlash va tashish. 
8. Murakkab qorishma tarkibini hisoblash, qorishmaga sarf bo’ladigan materiallar 
miqdorini aniqlash 
Darsning aniqlashtirilgan maqsadi 
Bu mavzuni o’zlashtirgandan so’ng talabalar: 
1. Qurilish qorishmasi turlarini biladi 
2. Qurilish qorishmasini tayyorlash va ishlatilish sohalarini biladi. 
3. Qurilish qorishmasi uchun ketadigan materiallarni biladi. 
4. Qurilish qorishmasi xossalarini aniqlay oladi.
Tayanch so’z va iboralar: Qurilish qorishmasi; g’isht-tosh terish, suvoq va maxsus 
qurilish qorishmalari; aralash qorishmalari; kimyoviy qo’shilmalar; yotqiziluvchanligi, 
suriluvchanlik darajasi, suvni ushlab turish qobiliyati; mustaxkamlik va sovuqqa chidamlilik. 
 
1-§. 
Qurilishbop qorishmalarning turlari, sinflari 
 
Qurilishbop qorishma deb, bog’lovchi moddalar, suv, mayda to’ldirgich (qum) va zarur 
bo’lgan hollarda turli qo’shimchalar (mineral, yuza-faol, kimyoviy va boshqa qo’shilmalar) ning 
to’g’ri tanlangan aralashmasining qotishi natijasida olingan sun’iy tosh materialga aytiladi. Bu 
materiallarning qotishga qadar aralashmasi q
orishma aralashmasi deb ataladi. 
O’zining tarkibiga ko’ra qurilish qorishmasi mayda donador beton hisoblanadi va u 
betonga xos bo’lgan qonuniyatlarga asosan qotish xususiyatiga egadir. 
Qurilish qorishmalari xilma-xilligi bilan ajralib turadi, zichligi, bog’lovchining turi va 
vazifasiga qarab guruxlarga bo’linishi mumkin. 
Quruq holatdagi zichligiga ko’ra qorishmalar zichligi 1500 kgG’m
3
va bundan ortiq og’ir 
(ularni tayyorlash uchun og’ir kvarts yoki boshqa qumlar ishlatiladi) hamda zichligi 1500 
kgG’m

dan kichik bo’lgan engil (pemzadan, tufdan, shlaklar, keramzit va boshqa engil 
materiallardan tayyorlangan engil g’ovak qumlar ularning to’ldirgichlari hisoblanadi) 
qorishmalarga bo’linadi. 
Bog’lovchi modda turiga ko’ra qurilish qorishmalari tsementli (portlndtsement yoki uning 
xillari): ohakli (havoda quritilgan yoki gidravlik - ohaklar): gipsli (gipsli bog’lovchi moddalar -
qurilish gipsi, angidritli bog’lovchilar asosida): aralash (tsement - ohakli, tsement-loyli, ohak-
gipsli bog’lovchi asosida) qorishmalarga bo’linadi. 
Bitta bog’lovchi asosida tayyorlangan qorishmalar oddiy, bir nechta bog’lovchilardan 
tayyorlangan qorishmalar aralash yoki murakkab qorishma deb ataladi. 


Bog’lovchilar qorishmaning vazifasi, unga qo’yiladigan talablar, qotish harorati - namlik 
rejimi hamda bino va inshootlardan foydalanish sharoitlariga qarab tanlanadi. 
Vazifasiga ko’ra qurilish qorishmalari g’isht-tosh terish va yirik o’lchamli elementlardan 
devorlarni o’rnatuv qilish uchun ishlatiladigan terish; suvash, devor bloklari va panellariga 
manzarali qatlam qoplash uchun foydalaniladigan pardozlash; alohida xususiyatlarga ega 
bo’lgan (namdan himoyalash, akustik, rentgen nuridan himoyalaydigan va hokazo) maxsus 
qorishmalarga bo’linadi. 
Oddiy 
qorishmalar 
uchun 
portlandtsementlar, 
putstsolanli 
portlandtsementlar, 
shlakoportlandtsementlar va maxsus past markali tsementlar, masalan, 200 markali qumli 
portlandtsement, shuningdek ohak va gips bog’lovchi bo’lib xizmat qiladi. Gidravlik 
bog’lovchilarni tejash va qurilish qorishmalarining texnologik xossalarini yaxshilash uchun 
aralash bog’lovchilar keng qo’llaniladi. 
Ohak qurilish qorishmalarida ohak xamiri yoki suti ko’rinishida ishlatiladi. Gipsdan 
asosan suvoq qorishmalarida ohakka qo’shimcha sifatida foydalaniladi. 
Qorishmalar qoriladigan suv tarkibida bog’lovchi moddani qotishiga zararli ta’sir 
ko’rsatadigan aralashmalar bo’lmasligi kerak. Qorishmalarni qorish uchun quvur suvi yaroqli 
hisoblanadi. 
Og’ir qurilish qorishmalari uchun mayda to’ldirgich sifatida tabiiy qumlar va dala shpati, 
tabiiy qumlar, shuningdek zich tog’ jinslarini maydalab olingan qumlar, engil qorishmalar uchun 
pemza, tuf, shlak qumlari ishlatiladi. Qum donasining eng katta o’lchami 2,5 mm dan katta 
bo’lmasligi kerak. Qum tarkibida loyqalanish bilan aniqlanadigan loy, balchiq va changsimon 
zarrachalar 10 % dan ortiq bo’lmasligi kerak. Shu vaqtning o’zida, agar qum tarkibida organik 
aralashmalar bo’lmasa, u terish qorishmalari uchun yaroqli deb topiladi. 
Qorishma aralashmalarining qulay to’shalishi uchun ular tarkibiga plastifikatsiyalovchi 
qo’shimchalar kiritiladi. Tsement va ohak qorishmalarida mineral plastifikatsiyalovchi 
qo’shimcha sifatida loy suti yoki mayda tuyilgan kukun ko’rinishidagi loydan foydalaniladi. 
Bundan tashqari qorishmalarga shu maqsadlarning o’zida mayda tuyilgan gidravlik 
qo’shimchalar - trepel, vulqon kuli va boshqalar kiritiladi. Organik plastifikatorlar sifatida SDB, 
sovunli suv (PMSh), milonaft va boshqalar qo’llaniladi.
Qishki sharoitlarda qo’llash uchun mo’ljallangan qorishmalar tarkibiga qotishni 
tezlatgichlar, shuningdek suvning muzlash haroratini pasaytiruvchi qo’shimchalar (kaltsiy 
xloridi, natriy xloridi, potash, natriy nitrati va boshqalar) kiritiladi.

Download 128.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling