O’quv moduli birliklari
-§. Qurilish qorishmalarining xossalari
Download 128.38 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Маъруза. Қурилиш қоришмаси
3-§.
Qurilish qorishmalarining xossalari, mustahkamligi va sovuqqa chidamliligi Qurilish qorishmalarining asosiy xossalari - mustahkamlik va sovuqqa chidamlilikdir. Qotgan qorishmaning mustahkamligi bog’lovchining faolligiga, suv-tsement nisbatiga, qotish muddati va sharoitlariga (atrofdagi muhitning namligi va harorati)bog’liqdir. Qorishma aralashmalari suvni jadal so’rib olish hususiyatiga ega bo’lgan g’ovakli asosga yotqizilganda, qotgan qorishmalarning mustahkamligi zich asosga yotqizilgan shu qorishmalarning mustahkamligidan ancha yuqori bo’ladi. Qorishma mustahkamligi uning markasi bilan xarakterlanadi. Qorishma markasi 70,7x70, 7x70,7mm o’lchamli kublar yoki 40x40x160mm o’lchamli to’sinchalar ko’rinishidagi namunalarning siqilishga mustahkamlik chegarasi bo’yicha belgilanadi. Namunalar qorishma aralashmasi 15-25 0 S da 28 kun qotgandan keyin tayyorlanadi. Qurilish qorishmalariuchun quyidagi markalar nazarda tutilgan: 4,10,25,50,75,100,150,200 va 300. Me’yoriy sharoitlarda bo’lganda qorishmalar beton kabi qotish va uzoq vaqt ichida mustahkamligini oshirish hususiyatiga ega. Masalan, 7 kunlik qorimaning o’rtacha mustahkamligi marka mustahkamligining 40-50 %ini, 14 kunlikniki 60-70 %, 60 kunlikniki 120 % va 90 kunlikniki 130 %ni tashkil qiladi. Agar tsement va aralash qorishmalar 15 0 S dan farqlanadigan haroratda qotsa, u holda bu qorishmalarning nisbiy mustahkamligi maxsus jadvallardan tanlanadi. Shlakoportlandtsement putstsolanli portlandtsement asosida tayyorlangan qorishmalar ishlatishda 10 0 S dan past haroratda ular mustahkamligini orta borishining keskin sekinlashishini, 0 0 S dan past haroratda esa ularning qotishi amalda to’xtashini hisobga olish lozim. Qotgan qorishmaning sovuqqa chidamliligi quyidagi markalar bilan xarakterlanadi:SCh 10, 15, 25, 35, 50, 100, 150, 200 va 300. Talab etilgan qorishma markasi hisoblab va tarkibini tanlab olinadi. Qorishmaning sovuqqa chidamliligi namuna-kublarni muzlatish kameralarida sinash yo’li bilan tekshiriladi. 45-расм.+оришма аралашмасининг сурилувчанлигини ани=лаш учун стандарт конус. 1-конусли силжийдиган стержен; 2- былинмали чиз\ич; 3-штатив; 4- =оришма аралашмали идиш. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling