O’quv moduli birliklari


Download 128.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana09.06.2023
Hajmi128.38 Kb.
#1469937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Маъруза. Қурилиш қоришмаси

 
2-§.
Qorishma aralashmalarining xossalari, oson yotqizuvchanligi, suriluvchanligi, suv 
saqlab qolish hususiyatlari 
Qurilish qorishmalari mayda donali beton hisoblanadi, shu sababli betonlarga o’xshash 
qurilish qorishmalarning xossalarini o’rganishdan oldin endigina tayyorlangan qorishma 
aralashmalarning xossalarini ko’rib chiqish lozim.
Qorishma aralashmalarining xossalari. Qorishma aralashmalarining asosiy xossasi 
uning oson yotqizuvchanlagidir. Oson yotqizuvchanlik deganda qorishmaning yuzada bir jinsligi 
yupqa qatlam bo’lib qo’yilish hususiyati tushuniladi. Aralashmalarning asosan yotqiziluvchanligi 
ularning suriluvchanlik darajasiga va suvni saqlab turish hususiyatiga bog’liq bo’ladi.
Qorishma aralashmasining suriluvchanligi deb uni tosh yuzasi bo’ylab yupqa qatlam 
bo’lib oson yoyilishi va asosdagi barcha notekisliklarni to’ldirish hususiyatiga aytiladi. Qorishma 
aralashmasining suruluvchanlik darajasi uchining burchagi 30
0
va balandligi 15 sm li massasi 
300 gr standart konus yordamida (45-rasm) aniqlanadi. Konus uchi bilan qorishma 
aralashmasiga botiriladi. Uning bo’rtish chuqurligi qancha katta bo’lsa, qorishma 
aralashmasining suriluvchanligi shunchalik yuqori bo’ladi. Suriluvchanlik ko’rsatgichi sifatida 
konusni botish chuqurligi (sm hisobida) qabul qilinadi.


Aralashmaning suriluvchanlik darajasi qorish suvi miqdoriga, dastlabki material-larning 
tarkibi va xossalariga bog’liq bo’ladi. Qorishma 
aralashmalarining 
suriluvchanligini 
oshirish 
uchun 
ularning 
tarkibiga 
plastifika-tsiyalovchi 
mineral 
qo’shilmalar, shuningdek yuza-faol moddalar kiritiladi. 
Plastifika-tsiyalovchi qo’shimchalar suv va tsementni kam 
sarflagan holda qorishma aralashmasining talab etilgan 
suriluvchanligiga erishishga, ya’ni mustahkamligi katta 
qorishmalar olishga yoki tsementni tejashga imkon beradi.
Yozgi va qishki sharoitlarda aralash-maning ish 
suriluvchanligi uning vazifasiga va devor materialining 
turiga qarab qabul qilinadi.
Suv saqlab qolish hususiyati deb, qorishma 
aralashmasining uni g’ovakli asosga yotqizganda suvni 
saqlab qolish va tashish jarayonida qatlamlanmaslik 
xossasiga ayti-ladi. Qorishma aralashmasi yaxshi suv 
saqlab qolish hususiyatiga ega bo’lgan holda suvning 
qisman so’rib olinishi qurishda qorishma aralashmasini 
zichlaydi, bu esa qorishma mustahkamligini oshiradi. 
Tsement sarfi osh-ganda, tsementning bir qismi ohakka 
almashtirilganda, yuqori dispers qo’shimchalar (kullar, 
loylar va boshqalar) shuningdek ba’zi bir yuza faol 
moddalar kiritilganda bu hususiyat ortadi. 

Download 128.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling