O‘quv qo‘llanma


davlat yerlaridan bir qism berish to‘g‘risida Mir Homid miroxurning


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet104/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

davlat yerlaridan bir qism berish to‘g‘risida Mir Homid miroxurning 
amirga arizasi. XIX asr ikkinchi yarmi 
 
Umidgoh! Hazratimning boshiga tasadduq bo‘lay. Qulingiz Homid 
miroxur shunday arz qiladi: ”Komot tumani Mo‘minobod qishlog‘i 
dehqonlari Oliy hukmdorning yozma farmoniga binoan Komot tumani 
Mo‘minobod qishlog‘ida 75 tanob mulk erlariga ega. Odamlar va 
o‘zimning taxminlarimga ko‘ra, ularning ixtiyorida bo‘lgan mulk erlar 
miqdori ayni paytda 100 tanobdan oshadi. SHu bois tanobkashni olib kelib, 
erlarni o‘lchash va dehqonlarning 75 tanob mulk erlarini mamlakai sultoni, 
(ya’ni davlat) erlaridan ajratib berish to‘g‘risida qozi Mir Muhiddin 
sudurga muboraknomai oliy yuborasiz, degan umiddaman!”. 
Abdusamadbek jibachiga tanxoh berilishi to‘g‘risida Amir 
Muzaffar farmoni. 1880 yil. 
 
Alloh tirikdir! 
Fazilatpanoh, irodat ma’ruf Mirza Sayyidxo‘ja mushrif, bilingki, 
Abdusamadbek jibachi yuzaboshi bizga quyidagilarni ma’lum qiladi: “Men 
Oliy hazrat farmoni bilan yuzaboshi unvoniga musharraf bo‘ldim. Buning 
uchun Oliy hazratni duo qilaman va o‘z unvonimga muvofiq menga 
tanxoh in’om qilinishiga umid bog‘layman”. 
Marhamat qildik, unvoniga muvofiq unga tanxoh ajratilsin va bu 
to‘g‘rida Oliy hukm tayyorlab, duo oling! Hijriy 1297 yil.
 
Ahmad Donishning “Mang‘itlar sulolasining qisqacha tarixi” 
asaridan 
 هیتغنم نادناخ تتنطلس خیرات زا یرصتخم ای هلاسر شناد مودخم دمحا 
Amir Nasrulloning Amir Muzaffardan boshqa o‘g‘li yo‘q edi. 
O‘g‘lining tabiatida illatlar mavjudligini yaxshi anglagan Amir Nasrullo, 
qo‘shin va fuqaro to‘g‘risida qayg‘urib, taxtini o‘g‘li Muzaffarga 
topshirishni istamadi. SHuning uchun o‘z nabiralaridan birini toj-taxt 


306 
vorisi etib tayinladi va bu istagini [vafotidan so‘ng] amalga oshirishni 
ba’zi amaldorlarga vasiyat qildi.
Amir Muzaffar taxtga o‘tirgandan so‘ng, otasining vasiyatini amalga 
oshirmoqchi bo‘lgan barcha amaldorlarni qirib tashladi. Valiahd esa 
Buxoroni tashlab qochishga majbur bo‘ldi. Amir Muzaffar valiahdning 
avlodlari va tarafdorlarini ham qilichdan o‘tkazdi. Otasi davrida vazir va 
boshqa mansablarni egallab turgan amaldorlarning mol-mulkini musodara 
qilib, o‘zlarini quvib yubordi. Ular o‘rniga o‘z kishilarini tayinladi... 
Buxoroga qarashli viloyatlarning Rusiya [hukumati] qo‘l ostiga 
o‘tishining sababi quyidagilar: [Buxoroda] bir lashkarga mo‘ljallagan 
maosh to‘rt lashkarga taqsimlanib berilardi. Bir harbiy boshliqning oylik 
maoshi esa ikki harbiy boshliqqa to‘lanardi. 
Ulamolar jihod to‘g‘risida bong ursalar-da, bu urushning nega 
zarurligini va sabablarini bilmasdilar. Dushmanning kuchi, harbiy qurollari 
to‘g‘risida tasavvurga ega emas edilar. Dushmanga qarshi kuchlarni qaysi 
tarafga yo‘naltirish kerakligini anglab etmasdilar. Viloyatlardan 
yig‘iladigan soliqlar hisobidan maosh oladigan qo‘shin nega kerakligini va 
uni ta’minlash nimaga zarurligini ular idrok eta olmasdilar. Vaholangki, 
bularning bari xalq elkasidagi og‘ir yuk edi. Doimiy qo‘shin udda 
qilolmagan ishlarni xalq qo‘shini udda qila olarmidi? Jangchilarni 
ta’minlashning ma’nosi shuki, dehqonlar dushman hujumidan xalos 
bo‘lsin, jangchilar ularni himoya qilsin. 
Dehqonlar urush davrida qo‘shinni himoya qilishi umuman zarur 
emas, chunki qo‘shin tinchlik davrida fuqaroning qonini so‘radi. 
G‘alayonlar paytida esa dehqonlarni jangning oldingi saflariga 
jo‘natishadi. Bu quloq eshitmagan yangi tartib edi. Biror bir boshqa 
mamlakatda bunday tartibni uchratmaymiz. Xalqning ishonchini qozonish 
uchun Amir Muzaffar tomonidan davlat tizimida quyidagi ishlar amalga 
oshirildi. G‘azovot janggi va qo‘shinni ta’minlash uchun xalqdan 
yig‘iladigan naqd dirham va dinorlar xazinaga topshirildi. Agar biror 
kishida dirham va dinorlarga ehtiyoj tug‘ilsa, u bu pullarni amirga 
muayyan xizmati evaziga olardi va davlatga tobe bo‘lib qolardi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling