O`quv-uslubiy majmua (I kurs talabalari uchun mo`ljallangan) Navoiy -2021


Download 0.64 Mb.
bet47/103
Sana25.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1294293
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103
Bog'liq
manaviyatshunoslik

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. Alisher Navoiy temurriylar davri ma’naviyatining chuqqisi.

  2. Odil hukmdor va markazlashgan davlat tuzish g`oyalari.



12-mavzu: Jadidlar davri ma’naviyat


Reja:

1. Jadidchilikning vujudga kelishi.


2.Jadid ma’rifatparvarlari hayoti va ilmiy-ijodiy merosi.
3.Jadidchilik va milliy-ma’naviy uyg`onish g`oyalari.


Tayanch so‘z va iboralar: Jadidchilik, yangi usul, ma’rifat, ma’rifatparlik, taraqqiy, taraqqiyparvarlik, istiqlol, milliy uyg`onish, milliy g`oya, millatparvarlik, dunyoviy ilm.


1.Jadidchilikning vujudga kelishi. Mustamlakachilik davrini ikkiga – chor Rossiyasi va sotsializm davrlariga bo‘lish mumkin. Bu davrlarning o‘zaro o‘xshash va keskin farq qiladigan tomonlari bor.
XIX asr o‘rtalaridan Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoni zabt etib o‘z mustamlakasiga aylantirishga kirishdi. 1853 yilda rus qo‘shini Oqmachitni ishg‘ol qildi. 1865 yilda Toshkent qo‘ldan ketdi. 1867 yilda Turkiston general-gubernatorligi ta’sis etildi. Harbiy okrug va general-gubernatorlik ta’sis etilishi O‘rta Osiyo bosib olinishini yanada tezlashtirdi. 1868 yilda Samarqand ishg‘ol qilindi. Buxoro amiri bilan tuzilgan sulhga binoan, Zirabuloqqacha bo‘lgan hudud Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi. Qo‘qon xonligi oradan bir necha yil o‘tib to‘liq tugatildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi katta hududlaridan ayrilib, Rossiyaning protektoratiga (yarimmustamlakasiga) aylanib qoldi. Abdumalik To‘ra, Qurbonjon dodxoh qo‘zg‘olonlari, keyingi qo‘zg‘olonlar (Dukchi Eshon va boshqalar) amaliy natija bermadi. CHunki qo‘zg‘olonchilar yaxshi qurollanmagan, zamonaviy harbiy ilmdan deyarli xabarsiz, texnik jihatdan qoloq edi. Bundan tashqari, chor hukumati qo‘zg‘olonchilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklardan, mahalliychilik, urug‘-aymoqchiliklardan ustalik bilan foydalanar, poraxo‘rlikka, boylikka va xiyonatga moyil mansabdorlarni zimdan katta va’dalar bilan o‘z tarafiga ag‘darib olardi. Ma’naviyatimizdagi qusurlar xalqimizning birlashib, jipslashib tashqi dushmanga qarshi kurashishiga xalaqit berdi. Natijada milliy mustaqilligimizni qo‘ldan boy berdik.
XIX asr davomida islom mamlakatlarining deyarli barchasi, Usmonli Turk imperiyasidan tashqari, g‘arb mamlakatlarining mustamlakasi yoki yarimmustamlakasiga aylandi. Usmonlilar imperiyasi esa birin-ketin vasallari va viloyatlaridan ajraldi: Bolqon mamlakatlari, SHimoliy Afrika, YAqin SHarq mamlakatlari va h.k.
Mustamlakachilar qoloq xalqqa yordam beray, qornini to‘yg‘azay deb kelmaydi. Aksincha, uni talash, er osti va er usti boyliklaridan o‘z manfaati yo‘lida foydalanish, mustamlaka xalqni deyarli tekin ishlatish uchun keladi. Xalq bosh ko‘tarmasligi, ozodligi yo‘lida kurashmasligi uchun uni etakchilaridan, ziyolilaridan, tarixiy xotirasidan, milliy o‘zligini anglatuvchi ma’naviy qadriyatlaridan judo qilish kerak. CHor Rossiyasi O‘rta Osiyoda aynan shunday siyosat olib bordi. Har qanday norozilik shafqatsizlarcha bostirildi. Ilmiy va madaniy tarixiy ahamiyati katta bo‘lgan qo‘lyozmalar, osoru atiqalar, adabiy va badiiy asarlar, keyinchalik chorizm davrida arxeologik qazilmalar paytida topilgan artefaktlar olib ketildi. Ularning son-sanog‘i aniq emas. YUrtimizdan olib ketilgan osoru atiqalar G‘arbning barcha yirik muzeylarda bor. Rossiyaning SHarq xalqlari madaniyati muzeyining esa asosiy fondini tashkil qiladi.
SHarq xalqlarining, jumladan O‘rta Osiyo xalqlarining mustamlakachilik asoratiga tushib qolishi, milliy ozodlik uchun kurashlarning, qo‘zg‘olonlarning muvaffaqiyatsizligi oqilona fikr yurituvchi ziyolilarni, vatanparvar shaxslarni o‘ylantirmasligi, ular milliy zavolning ildizlarini aniqlashga intilmasliklari mumkin emas edi. Turli mamlakatlarda, birinchi galda mustamlakachilik iskanjasiga bizdan avvalroq tushgan xalqlarda milliy ozodlikka erishish uchun nima qilmoq kerak degan masalada o‘z mulohazalarini bildiruvchi, ozodlik g‘oyasini targ‘ib etuvchi vatanparvar ziyolilar, mutafakkirlar chiqa boshladi. Ular musulmon xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnologik, harbiy-texnikaviy, ta’lim, davlat idorasi borasidagi qoloqligi tufayli milliy mustaqillik boy berilganini tez angladilar. Qoloqlikka barham berishning, milliy yuksalishga erishishning asosiy kalitini izlay boshladilar. Islohotlar o‘tkazish zarurligini tan oldilar. Lekin islohotlarni qaysi sohadan, qanday boshlash kerak?
Rossiya imperiyasidagi mazlum xalqlar orasidan birinchi islohotlar g‘oyasini o‘rtaga tashlagan buyuk inson qrimlik Ismoilbek Gaspirali bo‘ldi. U islohotlarni maktabdagi o‘qitish tizimini tubdan o‘zgartirishdan boshlash kerak, ta’lim orqali xalq yuksaladi, zamonaviy kasb-hunar va mutaxassislikni egallaydi, o‘z tarixini o‘rganadi, o‘zligini, milliy manfaatlarilarni anglaydi, deb hisobladi.
Gaspirali taklif qilgan maktab islohoti usuli jadid, usuli savtiya deb atala boshladi. I.Gaspirali g‘oyalari faqat ta’lim islohoti bilan cheklanmaydi. U turkiy xalqlarni birlashtirish, umumiy adabiy tilni yaratish, madaniy mushtaraklikni kuchaytirish, milliy g‘ururni va buyuk yaratuvchilikni tiklash kabi g‘oyalarni olg‘a surdi. Buning uchun mahalliychilik, o‘zaro nizolardan, xon va amirlarning, bek va boylarning manmanligi, maishatparastligi, chalasavod mullalarning manfaatparastligidan turkiy millatning umummanfaatlarini ustun qo‘yish g‘oyalarini targ‘ib etdi. I.Gasprali g‘oyalari Turkistonda ham katta aks sado berdi. Behbudiy, Munavvarqori, Avloniy, Fitrat kabi ko‘plab ziyolilar bu g‘oyalarni qo‘llab-qo‘vvatlab, rivojlantira boshladilar. Ular ijodi va faoliyati xalqimiz tarixida milliy uyg‘onish va jadid ma’rifatparvarligi davri deyiladi.
Jadidchilik siyosiy va g‘oyaviy jihatdan tez rivojlandi. Ta’limni isloh qilish, yangi usuldagi maktablar ochish, yangi o‘quv dasturlari va darsliklar yaratishdan boshlangan bu harakat chorak asr ichida milliy muxtoriyat va milliy istiqlol g‘oyalarigacha ko‘tarildi. Jadidlar milliy matbuotga, milliy teatrga, adabiyotda yangi janrlar – dramaturgiya, roman, publitsistikaga, she’riyatda barmoq vazniga asos soldilar. Birinchi zamonaviy milliy dorilfununni (1918) ochishda jonbozlik qildilar.
Jadidlarga qarshi dastlab chor hukumati, so‘ng bolsheviklar jon jahdi bilan kurashdi. CHor amaldorlari turli bahonalarni ro‘kach qilib, ularning maktablarini yopar,yangilarini ochishga ruxsat bermas, yoki iloji boricha ortga surar edi. Jadid maktablariga muqobil hamda mahalliy aholi vakillaridan o‘z mahkamalarida tilmochlik qilish, ish yuritish uchun mutaxassislar tayyorlash maqsadida rus-tuzem maktablarini ocha boshladilar. Albatta, bu maktablarda o‘qitish imperiyaga, uning mustabidlik mafkurasiga sodiqlik ruhida olib borilar, barcha predmetlardan chuqur bilim berilmas edi. Bundan tashqari, milliy tarix, adabiyot, madaniyat deyarli o‘rganilmas, o‘quvchilarga milliy nomukammallik tuyg‘usi singdirilar edi.
Jadid matbuotiga, adabiyotiga chor hukumatning munosabati salbiy edi. Davlat senzurasi imperiya manfaatlarini qat’iy himoya qilar, biror “kamchilik” topsa, mahalliy tillardagi gazeta va jurnallarni yopib qo‘yar edi. Ayni paytda mustabid mafkurani, rus adabiyoti va madaniyatini targ‘ib etish maqsadida milliy tillarda o‘zlarining matbuotini tashkil qilgan edi (masalan, “Turkiston viloyati gazeti” va sh.k.lar). Rus ma’muriyatining ta’lim, madaniyat, din sohalarida yuritgan siyosatining uzoqni ko‘zlagan strategik maqsadi mahalliy xalqlarni asta-sekin pravoslav diniga o‘tkazish va assimilyasiya qilish bo‘lgan. SHu sababdan N.Ostroumov tarjimasida hatto “Injil” o‘zbek tilida XX asr boshlarida nashr etilgan edi.
Bunga yana ko‘plab madrasa, masjidlar va tarixiy obidalar yo‘llar chiqarish, obodonchilik bahonasida buzib tashlanganini, mamlakat bosib olinayotgan paytda yoki qo‘zg‘olonchilarga qarshi harbiy kuch qo‘llanilganda, to‘plardan o‘qqa tutilganini qo‘shimcha qilish kerak. Ayniqsa bundan Samarqand yodgorliklari katta zarar ko‘rdi. CHor qo‘shinlari biror shaharga bostirib kirishda birinchi navbatda yirik masjidlar va saroylar gumbazini to‘pdan nishonga olgan. SHahar himoyachilari ularni saqlab qolish uchun taslim bo‘lgan. SHahrisabzdagi milliy me’morchiligimiz durdonasi Oqsaroy ham chor qo‘shinlari tomonidan vayron etilgan edi. Skobelev kabi ayrim qonxo‘r rus generallari Turkistonni itoatda saqlash uchun madaniy yodgorliklarni to‘la yakson qilish, xalqni tarixiy xotirasidan, dinidan to‘la judo etishni taklif qilib, mustabid hukumatga nomalar yozgan. Milliy ozodlik harakatida qatnashgan ziyolilar, ruhoniylar, xalq orasida mashhur adiblar turli darajada jazolanganini (o‘limga hukm qilinishidan to surgungacha) ham unutmaslik kerak. Hatto rus madaniyatiga imperiyaning siyosatiga xayrixoh bo‘lgan Furqatga ham (uning gimnaziya, teatr, Suvorov haqidagi she’rlarini, rus-yapon urushi davrida yozgan pamletlarini eslang) sayohatdan keyin vataniga qaytishga ruxsat berilmaydi. U zor qaqshab YOrkentda o‘lib ketadi. Lekin chor hukumati, bolsheviklardan farqli, savodliroq va makkorroq edi. U qo‘zg‘olonchilardan va chor hukumati talablarini bajarmaydiganlardan tashqari ziyolilarni, mullalarni, keng aholi ommasini ochiqcha qatag‘on qilish yo‘lidan bormadi. Lekin har qanday norozilik, qarshilik o‘ta shafqatsizlarcha bostirildi.
Mustamlakachilikning ilk bosqichi - CHor Rossiyasi davrida milliy uyg‘onish yuz berdi. Xalqning o‘zligini anglash darajasi bir qadar o‘sdi. U asta-sekin taraqqiyot va milliy ma’rifat yo‘liga kira boshladi. Madaniy merosining ko‘p asl durdonalaridan ayrilsa-da, ilg‘or ziyolilar va jadidlar tufayli millatning ma’naviyati yuksaldi, dunyoqarashi o‘zgardi. Jadidlar ijodi milliy adabiyotimiz tarixida alohida davrni tashkil etdi. Buni marhum prof. Begali Qosimov va boshqa olimlarimiz har tomonlama ilmiy asosladilar, jahon milliy jamoatchiligi o‘zbek adabiyotini, madaniyati tarixini davrlashtirishga kiritilgan yangilikni to‘g‘ri, deb ma’qulladi.
Sufiyona ishqiy g‘azallar, oxirat va imon haqida pandnomalar yozib yurgan ba’zi shoirlar sodir bo‘lgan milliy yo‘qotishlar hamda vatanparvar jadidlar ta’sirida xalqona she’rlar bita boshladi. Hajviy, satirik janr qayta uyg‘ondi. SHoirlar she’rlarida xalqni ma’rifatga, madaniyatga chorladilar, qoloq udumlardan, choyxonalarda bekorchi vaqt o‘tkazib oshxo‘rlik qilish, bedana urishtirish va shu kabi illatlarni kulgi ostiga oldilar. Jadidlar millatning Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan qismini uyg‘otganini ko‘p misollarda ko‘rsa bo‘ladi. Vatanparvar boylar, savdogarlar, o‘ziga to‘q ziyolilar shaxsiy puliga parta, doska va o‘quv anjomlarini olib, maktablar ochdilar, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, kitoblar chop ettirdilar, ona tilida gazeta va jurnallar tashkil eta boshladilar yoki tashkil etilganlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatladilar. Butun xalqda tashabbus uyg‘ona boshladi, ijtimoiy faollik, milliy o‘zligini anlash darajasi o‘sdi. Bu esa milliy tarixning shonli sahifalariga, buyuk ajdodlar shaxsi va faoliyatiga qiziqishni uyg‘otdi. Toshbosma nashrlarda chop etilgan tarixiy biografik kitoblar paydo bo‘ldi. Ana shunday kitoblardan birinchilari Amir Temurga bag‘ishlangani tabiiy edi. Haqiqatan Toshkandiyning “Temurnoma” asari yozildi va chop etildi.
Jadidlar faqat ma’rifatparvarlik – maktab ochish, gazeta va jurnal chiqarish, teatr tashkil etish, adabiy va publitsistik asarlar yozish, xalqni ma’naviy o‘yg‘otish, taraqqiyotga chorlash bilangina cheklanmadilar. Ular asta-sekin siyosiy kurashga kirishdilar. Rossiya Dumasiga saylovlarda qatnashib, deputatlik o‘rinlarini egallashga, Dumada Turkiston xalqining haq-huquqi, manfaati uchun kurashga bel bog‘ladilar. Til, ta’lim, madaniyat, mahalliy boshqaruv va sud masalalarida muxtoriyat (avtonomiya) talab qila boshladilar, Dumaga o‘z loyihalarini kiritdilar. Bunga Mahmudxo‘ja Behbudiy va Mustafo CHo‘qaev faoliyatini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Xalqning milliy o‘zligini anglash darajasi o‘sishida, o‘zbek millati shakllanishi tezlashishida, xalq mentaliteti va ma’naviy madaniyati yangi pog‘onaga ko‘tarilishida jadidlarning xizmati beqiyosdir.
Istiqloldan keyin biz mustamlakachilik davriga oid ko‘plab yangi manbalarni, xalqimizning vatanparvar, fidoyi farzandlari jadidlar ijodi va faoliyatini yaxshiroq bilib oldik. Bu ishlar davom etmoqda.
Ma’rifatning lug‘aviy ma’nosi bilish, tanish, bilim demakdir.Boshqacha aytganda, ma’rifat bilmoq, kishilarning ong-bilimini,madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonidir.Ma’rifat so‘zining kupchilikdagi ma’nosi maorifdir. Ma’rifataggama sifatida—tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, malumspglar majmuasini bildiradi. Ma’rifatli degani — bilimli, muayyan sohada ma’lumopgi bor, demakdir. Fanlar chuqur va keng rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga
intilgan har bir kishi, talaba, fan namoyondasi ilmning, ya’ni ma’rifatning ma’lum so^yuinigina egallashga erisha oladi. Masalan, kimyoning ma’lum soqasini, xuddi shuningdek, matematika, fizika, biologiya, meditsina va boshqalarning ham ma’lum yo‘nalishlarini egallaydilar.
Ma’rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Demak ma’rifat — bilim va madaniyatning qushma mazmuni bo‘lib, maorif esa ana shu mazmunni yoyish quroli,
vositasidir.
Ma’rifat asosan umumiy va o‘rta maxsus bilim beruvchi maktab va o‘quv yurtlarida tarqatiladi. Ma’rifat tushunchasi maorif tushunchasidan keng bo‘lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari, shakllari va sohalarini o‘z ichiga oladi.
Jamiyatda ma’rifat, ya’ni bilim ma’rifatparvarlar orqali yoyiladi. Ma’rifatparvar — ma’rifat uchun kurashuvchi, ilm, bilim chirog‘ini yoquvchi, ma’rifat xomiysi va tarafdori demakdir. Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga bir tarixiy davrdan ikkinchi bir tarixiy davrga o‘tishi ma’rifatparvarlikdan
boshlanadi. Zamonaning eng etuk, ongli, oq-qorani tanigan, fidoyi, elim, yurggim deb yashovchi, uzoqni ko‘zlovchi ma’naviyatli kishilari ma’rifatparvarlik bilan shug‘ullanadilar. Ma’rifatparvarlar odatda davr uchun, jamiyatning, mamlakatning, xalqning buguni va kelajagi uchun muhim g‘oyalarni ilgari suradilar, shu g‘oyalarni amalga oshirish uchun kurash olib boradilar.
Ma’rifat ma’naviy qaramlik, qo‘rquv va hadikni bartaraf etadi, insonga beqiyos ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat baxsh etadi. SHuning uchun ozodlik uchun kurashchilar mamlakat, millat ozodligini xalqning ma’rifiy uyg‘oqligida deb biladilar va ma’rifat uchul kurashadilar. Bizning xalqimiz azal-azaldan ma’rifatga intilib yashagan. Bu o‘lkadan dunyo ilmi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ^llomalar etishib chiqqan. Ular ham dunyoviy, :rm diniy ilmlar sohasida dunyo ilmi ahlini hayratga solganlar. Bunga
1998 yilda Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi va hadis ilmi sultoni Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi keng nishonlanganligini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. O‘tmishda ijod etgan allomalarimiz al-Forobiy, al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va boshqalar nafaqat ilm
cho‘qqilarini egallab qolmay, uni — ya’ni ma’rifatni keng targ‘ib etganlar, shogirdlarni tarbiyalaganlar.
Turkiston ma’rifatchilik maktabi boy o‘tmish va ulkan merosga ega. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li, Abdulqodir SHakuriy, Ashurali Zoqiriy, Saidrasul Saidaziziy,
Ishoqxon Ibrat va Ahmad Donishlar XIX asr oxirlarida faoliyat boshlab, mamlakatni, xalqni milliy zulm va qoloqlikdan xolos etishning yagona yo‘li ma’rifatda deb bildilar. Bu fidoyi zotlar mustabid tuzum va jaholatga, ma’naviy qullik va zulm-zo‘ravonlikka qarshi bor kuchlari bilan kurash olib bordilar. Bu ma’rifatparvar bobolarimiz dunyo kezib, dunyo xalqlarining ilmu urfoni, madaniyati bilan tanishib, mustamlaka o‘lkani, uning kishanlarini ilm chirog‘I bilangina ozodlik sari boshlamoq, parchalamoq mumkin ekanini chuqur his etdilar. SHu sababli ham eng avvalo yurtimizda maktab-maorif ishlarini rivojlantirishda ham amaliy, ham nazariy jihatdan azmu shijoat namunasini kursatdilar. Ko‘rinadiki, jadidchilik, ma’rifatchilik ham millatni ma’rifatli qilish, ma’naviyatini yuksaltirish maqsadlarida yuzaga
kelgan buyuk tarixiy harakatdir.
Jadidchilik — yangilanish, yangi usul ma’nosini anglatadi. U yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullari, yo‘llari tarafdorlarining umumiy nomi. Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari: Turkistonni o‘rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim»ni inkor etgan holda o‘lkani, xalqni, millatni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish,
konstitutsion, parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy qo‘shin tuzish va boshqalardan iborat. Turkistonda jadidchilik milliy-ozodlik kurashi jarayonida yuzaga kelgan, o‘zbek xalqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo‘lganligi bilan ajralib turadi. Ularning dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, ma’rifatparvarlik,
taraqqiyparvarlik kabi goyalar etakchilik qilgan. O‘pkani mustamlaka zulmidan ozod qilishni jadidlar hamma narsadan ustun quydilar. Jadid ziyolilari erk, istiqlolga erishish uchun milliy onpsh o‘sgirish zarurliggash payqedilar. SHu orqali mmlliy uygonish yasamoqchi bo‘ldilar. Buni esa ta’lim va tarbiyada — ma’rifatda deb bildilar. Mana shuning uchun ham jadidlar yangicha ta’lim va tarbiya tizimini qaror toptirish yul ida hormay-tolmai ishladilar. XIX asr oxiri v a XX asr boshlarida bu harakatning tarixiy ahamiyati nihoyatda katta bulgan. Bu davrlarda jamiyatning ma’naviy inqirozi chuqurlashgan bo‘lib, milliy madaniyatni ko‘tarmay, umuminsoniy qadriyatlardan bahramald bo‘lmay ma’rifat, tarbiyaviy
ishlarni keng yo‘lga qo‘ygan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotga imkoniyat yaratib bo‘lmas edi. Jadidlar, ya’ni ma’rifatchilar millatning ma’naviy kamoloti yo‘lida o‘zining butun kuchi va iste’dodini safarbar etishga tayyor bulgan fidoyilar edi.
Jadidlar millatni qoloqlik, xurofot botqog‘idan olib chiqish uchun harakat qilar ekanlar, bunda shariatga qatiy rioya qqlish orqali maktab va madrasalarda ta’lim berish tizimini dunyoviy ilmlarni berish asosida isloh qilish g‘oyasini ilgari surganlar va bu borada o‘zlari amaliy harakat namunasini ko‘rsatganlar.
Jadidchilik harakatidagi ma’naviyagg quyidagilarda yoqqol namoyon bo‘ladi:
birinchidan. ular ozodlikka, mustaqillikka qon to‘kishlarga olib keluvchi turli to‘polon, qirg‘in-barot urushlar bilan emas, balki aholining savodini chiqarish, ularning ma’rifatini ko‘garish orqali qaramlikning kelib chiqishi, uning millat taqdiridagi oqibatlarini tushunib etish darajasiga kugarish orqali erishishni;
ikkinchidan. milliy ongni rivojlantirish, milliy birlikni ta’minlashning asosiy omili ekanligini, milliy birlikning vujudga kelishi esa uni taraqqiyotga olib boruvchi asosiy omili ekanligi g‘oyasida;
uchinchidant jadidchilik harakati namoyondalari faqat o‘z g‘oyalarini ilgari surish, uni tashviqot qilish doirasida cheklanib qolmasdan, ular aholining umumiy savodxonligini kutarish borasida kupgina ishlarni ham amalga oshirdilar. Ular o‘zlarining mablag‘lari hisobiga maktab ochdilar, gazeta, kitoblarni bosmadan chiqardilar. Bu harakatlarning zaminida chinakam ma’naviyagg turadi. CHunki ular urushlarga, johillikka va qarama-qarshiliklarni avj oldirishga emas, balki yuksak ma’rifatga va siyosiy onglilikka
erishish orqali ozodlik va taraqqiyogga erishish mumkinligi uchun faoliyat kursatganlar. Ana shu jihatlari bilan jadidchilik harakati milliy ma’naviyatimiz rivojida o‘ziga xos o‘ringa egadir. Jadidchilik harakatining yana bir xususiyati shundaki, u uz davrining eng ilg‘or g‘oyalarpni ilgari surish bilan birga aholini umumma’rifatini ko‘tarishdagi eng yirik ommaviy va millatni birlashtirishdagi harakat darajasiga ko‘tarilganligidir. Shu ma’noda ham bu harakat aholining umummilliy ma’naviyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga molikdir. Jadidchilarning amaliy harakatlari va tarixiy taqdiri
Jadidchilik g‘oyalarini uning yorqin vakillaridan Behbudiy, Fitrat, CHo‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarkori, Fayzullo Xo‘jaev, So‘fizoda, Tavallo, Ishoqjon Ibrat kabilar g‘oyat og‘ir sharoitlarda targ‘ib etishga harakat qilganlar. Ular millatning kamolotini yuksaltirish; uning qadr-qimmatini
erga urishga yo‘l qo‘ymaslik borasida katta ishlar qilganlar. Ma’rifatchi jadidchilar og‘ir modsiy qiyinchiliklar, g‘oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatning ma’naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat kildilar. Tarixning murakkab, mas’uliyatli burilish davrlarida millatning milliy ongini
yuksaltirish, milliy iftixor tuyg‘usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini anglab etganliklari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni uz zimmalariga oldilar. Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori va boshqa millat uchun jonkuyar jadidlar maktablar ochar, ularda o‘zlari dare berar, o‘quv qullanmalari yozar, nashr etar va bu yo‘lda jonbozlik ko‘rsatar edilar. Bu yo‘lda hatgo o‘z mablag‘larini ayamaganlar. Bunday saxovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu ishlar bizning hozirgi mustaqil rivojlanishimiz uchun
ham nihoyatda zarur. Biz erkin fuqarolik jamiyatini kurishni, barpo etishni orzu qilmoqsamiz va shunga intilmoqdamiz. Bu ulug‘vor vazifalarni hal etish, Prezidentimiz Islom Karimov «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga javoblari, ya’ni «O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurmoqsamiz»da: «Bugun jamiyatimiz oldida turgan bu ulug‘vor va murakkab vazifalarni hal qilish, eng avvvalo, ta’lim tarbiya, ma’rifat masalasiga borib taqaladi. Bu masalaga keng jamoatchilik diqkatini jalb etish kerak. Matbuot orqali, televidenie orqali odamlarda ma’rifatparvarlik g‘oyalarini tarbiyalash, maktab-maorif tarmoqlariga homiylik,
saxovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu xususiyatlarni kuchaytirish zarur»1, — deb ta’kidlagznlarida yuqorida biz qalamga olgan fidoyi,
Jadidlar harakatining Turkistondagi namoyandasi, uning nazariy asoschilarndan biri Mahmudxo‘ja Behbudiydir. Behbudiy Samarqand shahrida ruhoniy oilasnda tug‘ilgan. Yoshligitsan ilm-fanga qizikddi, hrsob, xuquq, din, arab va fors tillaridan chuqur saboqoladi. U haj ziyoratini ado etib, Makka va Madinaga boradi. Misr va Turkiya shaherlarnda buladi. Peterburg, Minsk, Qrzon, Ufa va Orenburg kabi Rossiya shazdrlarild bulib yangi davr madaniyat bilan yaqindan tanishadi.
Mahmudxo‘ja Bexbudiy, bolalarga diniy va duneviy ilm berish bilan birga, millat farzandlarini zamonaviy ilm olish uchun taraqqiy topgan mamlakatlardagi o‘quv yurtlariga yuborish kerak,degan m asalani o‘rtagatashladi. U kuyidagi uch qoidani olg‘a surdi:
1) zamon talablarndan kelib chiqib ish ko‘rish;
2) millat tahdiri va isgiKbolini belgilovchi milliy kadrlarni etishtirish;
3)milliy biqnqlikdan chiqib, dune miqyosida fikrlay oladigan, chet ellar bilan siyosiy, iqgisodiy, madaniy-manaviy munosabatlarda jahon andozalari darajasida ish yuritadigan millatga aylanish.
Bunga Behbudiy orzu-umidlarining ruyobga chiqishi, deb qsramoq lozim. Behbudii ma’rifatning ozodlikka olib borishdagi rolini yaxshi tushundi. U shunday yozadi: «Maorif bo‘limida ishlayturg‘on musulmonlarning boshini silangiz... o‘rtadan niqobni kutaringiz, Turkiston bolalarini ilmsiz qo‘ymangizlar. Hammaga ozodlik
yo‘lini ko‘rsatingizlar...»1. Mahmudxo‘ja Behbudiy erksevarlik, millatparvarlik, ma’rifatparvarlik goyalari uchun ta’qib ostita olindi va o‘ldirildi.
Jadidchilik harakaggining ko‘zga kuringan vakillaridan yana biri Munavvarkori Abdurashido‘g‘li (1878-1931). U Toshkentda tug‘ilgan. Munavvarqori hem boshqd jadidchilar kabi Vatan ravnaqr va millet taraqqiyotining asosiy omili deb xalqni savodli va ma’rifatli qilishni tushunadi. U ana shu fikrdan kelib chikib, Toshkentda 1901 yidda yangi uslubdagi maktabni ochadi, unga rah|barlik dalib, musulmon bolalarni o‘qitadi. O‘z zamonasi uchun ma1ful bulgan «Adibi avval», «Adibi Soniy», «Er yuzi» kabi darsliklar yozadi. U ko‘proq etimlarni, beva-bechoralarning bolalarini o‘qitishga ahamiyat
beradi.
Munavvarqori ta’lim-tarbiya ishlarini islohqilmay, xalqning ongini oshirmay, madaniy saviyasini ic/garmay jamiyatda katta o‘zgarishlar qilish aslo mumkin emasligini tushunib etadi. Munavvarqorining millat taraqqiyoti /gun olib borgan g‘oyalari tufayli sobiq zo‘ravon SHo‘rolar hukumati uni ta’qib ostiga oldi.
1931 yil 25 aprelda esa otib tashlandi.
Milliy uyg‘onishga chorlovchi g‘oyalarni ilgari surgan jaded harakatining yana bir yirik vakili Abdulla Avloniydir. U millatning ma’naviy inqirozda bo‘lishini tanqid qildi, barchani savodli bo‘lish, zamonaviy fan, madaniy yutuqdarni egallashga chaqirdi. Abdulla Avloniyning «Ilm insonlarning madori, hayoti,rahbari, najotidir» degan g‘oyasi ma’rifatparvarlik, jadidchilik xrrakztining daspgurini tashkil etadi. U ma’rifatparvar safdoshlari singari 'mazlum Turkiston ahlini ilm-ma’rifat ziyosidan bahramand qilishda unitilmas xizmatlar ko‘rsatdi. «Turkiy Guliston yoxud axloq» kitobida ma’rifat, ilm-fanning jamiyat taraqqyotida tutgan o‘rni haqida qimmatli fikrlarni bayon qilgan. Allomaning qarashlarini o‘rganish — bugun o‘zligimizga qaytish jarayoni kechayotgan bir paytda alohida ahamiyat kasb etadi. Biz shu o‘rinda allomaning asaridan quyidagilarni qayd etishni lozim topdik. «Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zsroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatlarimizni oyna kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur, savobni gunohsan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur. To‘g‘ri yo‘lga rahnamolik qilib, dunyo va oxiratda mas’ul bo‘lishimizga sabab bo‘lur. Bizlarni ilm jaholat qorong‘uligidan qutqarur.
Madaniyat, insoniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur. Alloh taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttirur... Alhosil, butun hayotimiz, salomatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog‘liqdur»1.
Jadidchilarning qismati chor hukumati, Vaqgli hokimiyat va ayniqsa, sobiq SHo‘rolar tuzumi davrida nihoyatda fojiali bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligiga yuqorida bayon qilingan talablari uchun millatchi, «panturkist» degan tamg‘a bosilib, qatag‘on qilindi, jadidlar g‘oyalari va harakatiga qora chiziq tortildi. Jadidchilikning tor-mor qilinishi turkiy millatlarning jahon miqyosida tanilishini yana bir asrga orqaga surdi. Jadidchilik bir asr davomida avval kommunistik g‘oyaning tazyikdsa, keyinchalik esa iskanjasida
bo‘lib, to‘la ravishda namoyon bo‘la olmadi. Uning zaminlari shakllanishi tarzini urganishga intilganlar ham tazyiq ostiga olindi. Uni urganishga intilganlar ham ta’qib qilindi. Mustaqillik sharofati bilan Turkiston xalqlarining erki, mustaqilligi, milliy davlatchilik g‘oyalari, ma’rifati uchun kurashgan vatanlarvarlyarning muborak nomlari tiklandi, asarlarichop etildi.
Jadidchilar umummilliy ma’rifatni kutarish, milliy ongni rivojlantirish, milliy birlikka erishish va ularni amalga oshirish orkali milliy musgaqillikka erishish, jahon madaniyatini egallash kabi g‘oyalari bilan milliy ma’naviyatimiz rivojiga uelarining munosib xdessalarini qo‘shdilar. Bugun hayotimizda tatbiq qilinayotgan milliy istiqlol mafkurasi — «Xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug‘ bobokalonlarimizning o‘lmas merosidan oziqlanapi»1. Jadidchilar goyalari ana shu merosimizning uzviy qismi sifatida milliy ma’naviyatimiz rivojlanishida mu\im manba bo‘lib xizmat qilmoqsa.
Ma’naviyat rivojida ma’rifat, ilm-bilimning ahamiyati nihoyatda katta ekanligini yana ham teranroq anglashda quyidagi bir qator hadis va hikmatlarni keltirish joizdir: Beshikdan to qabrgacha ilm izlang!

***
Ilm-fansiz buyuk davlat qurib bo‘lmaydi.


***
Dil va aqlning tarbiyasi ilm bilan rivojlanib, kamol topadi.
***
Ilm tufayli odamlar nodonlik, jaholat botqog‘idan chiqib,
o‘z imkonlarini kamolga etkazadilar.
***
Garchi Xitoyda bo‘lsa ham ilm talab qilinglar.
***
Ilmning tikanli va zahmatli yo‘llariga bardosh berib o‘ta olgan
odamgina imoni komil inson bo‘la oladi, Olllohning rizoligiga
erishib, ulug‘liktulporiga minadi.
Ilm o‘rganish har bir mo‘min uchun farzdir.
***
1 Millik istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. 43-bet.
Bir soatgina ilm urganish bir kechalik ibodatdan yaxshi, bir
kunlik dare esa uch oy tutilgan nafl ro‘zasidan afzal.
***
Ilm aqlning chirog‘i va jilovidir.
***
Sadaqaning afzali mo‘min kishi avval ilm urganib, keyin
boshqalarga ham o‘rgatishidir.
***
Ko‘rinadiki, odamzod naslining ulug‘ligi bilimdan. U aql-
idrok tufayli ne-ne tugunlarni echishga qodir.
***
Bilingki, bilim, o‘ylab ko‘rilsa, misoli bir jilov. U barcha yomon, yaramas ishlardan insonni tiyib turadi. Bilim egasi uz tilaklariga etadi, orzu-maqsadiga erishadi.
Ilm egalarining foydasi har doim kupchilikka tegib turadi. Ular elda aziz bo‘lib, hurmatga sazovor bo‘ladilar. SHu tufayli ota- bobolarimiz doimo bilimga intilib yashaganlar. Ular ma’rifat chiroqlarini mash’ala singari yoqqanlar. Yuksak ma’naviyat va ilm-ma’rifat tufayli Turonzamin er yuzida shuhrat qozongan. Umummilliy ma’naviyatimizni tiklash va rivojlantirish orqali mustaqilligimizni mustahkamlaymiz, jahon sivilizatsiyasidagi munosib o‘rnimizni tiklaymiz va mamlakatimizni rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishini ta’minlashga erishishimiz mumkin bo‘ladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling