maxbun deb ataladi;
12
3) mafoilon. «Mafoilun» (maxbun // V–V–) 4-cho’ziq bo’g’inining o’ta
cho’ziq bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi: V–V~. Rukndagi bu o’zgarish «izola»,
«izola» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn muzol deb ataladi. Ammo u solim
rukn «mafoiylun»dan emas, balki maxbun rukn «mafoilun»dan hosil bo’lganligi
uchun muzolli maxbun ma’nosida «maxbuni muzol» deb nomlanadi;
4) muftailun. «Mustaf’ilun» (– –V–) ikkinchi «taf» cho’ziq bo’g’inining «ta»
qisqa bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi: –VV–. Yuzaga kelgan «musta’ilun» unga
vazndosh bo’lgan «muftailun» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «tayy»,
«tayy» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn matviy deb ataladi;
5) muftailon. «Muftailun» (matviy //–VV–) 4-cho’ziq bo’g’inining o’ta
cho’ziq bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi: –VV~. Rukndagi bu o’zgarish «izola»,
«izola» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn muzol deb ataladi. Ammo u solim
rukn «mustaf’ilun»dan emas, balki matviy rukn «muftailun»dan hosil bo’lganligi
uchun muzolli matviy ma’nosida «matviyi muzol» deb nomlanadi;
12
Mazkur far’iy ruknni «mafoiylun»dan hosil bo’lgan far’iy rukn «mafoilun» bilan chalkashtirmaslik lozim. Garchi
nomlanishi bir xil bo’lsa ham, ular ikki xil asliy ruknga tegishli, shuningdek, ular ikki xil zihof natijasida yuzaga
kelgan: «mafoiylun»da «qabz» (shuning uchun u maqbuz), «mustaf’ilun»da esa «xabn» (shuning uchun u maxbun).
Bu fikr keyingi maf’uvlun, fauvlun, fa’lun, foilun, mafoilotun far’iy ruknlariga ham tegishli.
Do'stlaringiz bilan baham: |