O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

 
56 
6) failatun. «Mustaf’ilun» (– –V–) 1-«mus» cho’ziq bo’g’inidan «s» tushib, 
uning «mu» qisqa bo’g’inga hamda 2-«taf» cho’ziq bo’g’indan «f» tushib, uning 
«ta» qisqa bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi: VVV–. Qolgan «mutailun» unga 
vazndosh bo’lgan «failatun» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «xabl»
«xabl» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn maxbul deyiladi; 
7) failaton. «Failatun» (maxbul // VVV–) 4-cho’ziq bo’g’inining o’ta cho’ziq 
bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi: VVV~. Rukndagi bu o’zgarish «izola», «izola» 
zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn muzol deb ataladi. Ammo u solim rukn 
«mustaf’ilun»dan emas, balki maxbul rukn «failatun»dan hosil bo’lganligi uchun 
muzolli maxbul ma’nosida «maxbuli muzol» deb nomlanadi; 
8) maf’uvlun. «Mustaf’ilun» (– –V–) oxirgi «lun» cho’ziq bo’g’inidan «un» 
qismining tushishi natijasida hosil bo’ladi:– – –. Qolgan «mustaf’il» unga vazndosh 
bo’lgan «maf’uvlun» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «qat’», «qat’» 
zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn maqtu’ deyiladi; 
9) fauvlun. «Mustaf’ilun» (– –V–) 1-«mus» cho’ziq bo’g’inidan «s» tushib, 
«mu» qisqa bo’g’inga aylanishi hamda oxirgi «lun» cho’ziq bo’g’indan «un» 
qismining tushishi natijasida hosil bo’ladi: V– –. Qolgan «mutaf’il» unga vazndosh 
bo’lgan «fauvlun» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «taxli’», «taxli’» 
zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn muxalla’ deyiladi; 
10) fa’lun. «Mustaf’ilun» (– –V–) 3,4-bo’g’inlarining tushishi natijasida hosil 
bo’ladi: – –. Qolgan «mustaf» unga vazndosh bo’lgan «fa’lun» bilan almashtiriladi. 
Rukndagi bu o’zgarish «hazaz», «hazaz» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling