O‘quv uslubiy majmua tilshunoslik nazariyasi


- amaliy mashg‘ulot.Til taraqqiyotidagi ichki va tashqi omillar


Download 1.06 Mb.
bet49/70
Sana16.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1095411
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-TILSHUNOSLIK NAZARIYASI

5- amaliy mashg‘ulot.Til taraqqiyotidagi ichki va tashqi omillar.
Lotin alifbosi



Aa

Bb

Dd

Ee

Ff

Gg

Hh

Ii

Jj

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Kk

Ll

Mm

Nn

Oo

Pp

Qq

Rr

Ss

10

11

12

13

14

15

16

17

18

Tt

Uu

Vv

Xx

Yy

Zz

O‘o‘

G‘g‘

Shsh

19

20

21

22

23

24

25

26

27

Chch

NGng




















28

29
























LUG`AT TURLARI

  1. Izohli lug‘atda lug‘aviy birliklarning (so‘z yoki iboralarning) ma’nosi izohlanadi. Lug‘aviy birlik ko‘p ma’noli bo‘lsa, uning barcha ma’nolari beriladi va izohlanadi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” 1981 yilda 2 jild holida nashr etilgan bo‘lib, oltmish besh mingga yaqin so‘z izohlangan.

2. Imlo lug‘ati so‘zlarning imlo qoidalariga binoan qanday yozilishini qayd etadi. Imlo lug‘ati (orfografik lug‘at) so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini ko‘rsatadi. Katta hajmli imlo lug‘ati 1976 yilda nashr etilgan, unda 65 ming so‘zning to‘g‘ri yozilishi qayd qilingan. O‘quvchilar uchun chiqarilgan maxsus imlo lug‘atida 17 ming so‘zning to‘g‘ri yozilishi berilgan.
3. Orfoepik lug‘atda so‘zlarning adabiy talaffuzi qayd etiladi.
4. Morfem lug‘atda so‘zlarning morfem tuzilishi, ma’noli qismlari beriladi. Ular lingvistik maqsadlarda tuziladi.
5. Chastotali lug‘at so‘zlarning qo‘llanish miqdori va foizi haqida ma’lumot beradi.
6. Ters (chappa, teskari) lug‘atda so‘zlar qaysi harf bilan tugashiga qarab joylashtiriladi.
7. O‘zlashma so‘zlar lug‘atida boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar izohlanadi.
8. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘atida frazeologik birliklar (iboralar) izohlanadi. Sh.Rahmatullayevning “O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati” 1978 yilda tuzilgan.
9. Sinonimlar lug‘atida sinonimlar izohlanadi.
10. Omonimlar lug‘atida omonimlar izohlanadi.
11. Antonimlar lug‘atida antonimlar ( qarama-qarshi ma’noli so‘zlar) beriladi.
12. Dialektal lug‘atda o‘zbek tilining dialekt va shevalariga xos bo‘lgan so‘zlar qayd etiladi.
13. Terminologik lug‘atda terminlar izohlanadi.
14. Etimologik lug‘atda so‘zlarning kelib chiqishi, shakllanish tarixi yoritiladi. «O‘zbek tilining etimologik lug‘ati» 2000 yilda prof. Sh. Rahmatullayev tomonidan yaratildi.

  1. “O‘zbek tilining izohli etnografik lug‘ati”, “Qo‘shma so‘zlar lug‘ati” hali yaratilmagan.



Talabalar uchun savol va topshiriqlar:

  1. Tilnin taraqqiyoti nimaga bog’liq?

  2. Til taraqqiyotidagi ichki va tashqi omillarni sanab bering.

  3. Tilning lug‘at boyligi deganda nimani tushunasiz?

  4. O‘z va o‘zlashma qatlamga munosabatinggiz?



Adabiyotlar
1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010.
2. Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2009.
3. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. -Toshkent, 2013.
4. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. Tuzuvchi: H. Dadaboev. –Toshkent, 2004.
5. I.Yo’ldoshev va b. Tilshunoslik asoslari. –Toshkent. 2013. 307-b.
6. I.Yo’ldoshev, S.Muhamedova, U.Sharipova, R.Majidova. Tilshunoslik asoslari. –Toshkent, TDPU. 2013. 306 b.
7. Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling