O‘quv uslubiy majmua tilshunoslik nazariyasi


AMALIY MASHG‘ULOTLAR ISHLANMASI


Download 1.06 Mb.
bet45/70
Sana16.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1095411
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-TILSHUNOSLIK NAZARIYASI

AMALIY MASHG‘ULOTLAR ISHLANMASI.


1-amaliy mashg‘ulot.
Tilning kommunikativ, emotsional-ekspressiv, akkumulyativ funksiyalari.
Tilning kommunikativ, emotsional-ekspressiv, akkumulyativ funksiyalari. Til kishilar o‘rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy manfaatlarga xizmat qiladi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ekan, inson kamoloti haqida fikr yurituvchi barcha fanlarning o‘rganish manbai tilga aloqador hisoblanadi.


Talabalar uchun savol va topshiriqlar:
Tilning kommunikariv xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
Tilning emotsional-ekspressiv deganda nimani tushunasiz?
Tilning akkumulyativ funksiyalari deganda nimani tushunasiz?
Tilning kommunikariv xususiyatlariga doir test tuzing.
Tilning emotsional-ekspressivga doir test tuzing.
Tilning akkumulyativ funksiyalariga doir test tuzing.
1. Aloqa – munosabat vazifasi. Tilning mazkur vazifasi jamiyatda aloqa – munosabat vositasi sifatida xizmat qilishdan iborat. Bu tilning asosiy ijtimoiy vazifasi hisoblanadi. Til belgilari uni aloqa - munosabatning boshqa vositalaridan farqlash, tilni ijtimoiy hodisa sifatida talqin etish imkonini beradi. Til aloqa – munosabatning muhim vositasi sifatida jamiyat bilan, uning madaniyati, turmush tarzi va mehnat faoliyatidagi har bir jarayon bilan muntazam bog‘liq. Kishilar o‘z fikrlarini, sezgi va ruhiy kechinmalarini ifoda qilib, bir – birlariga ta’sir ko‘rsatadilar.
2. Tilning hissiy ta’sir vazifasi. Tilning muayyan ma’lumotni ifoda etib, tinglovchiga ta’sir ko‘rsatishi uning hissiy - ta’siriy vazifasi hisoblanadi. Xabar, sezgi va hayajon, xohish ifoda qilish hissiy ta’sir vazifasining asosini tashkil etadi. Bunda turli tasviriy til vositalaridan, jumladan, modal so‘zlar, javob talab qilmaydigan so‘roq, tartibni o‘zgartirish kabilardan foydalaniladi.
3. Tilning to‘plash vazifasi. Til aloqa – munosabat vositasi, hissiy ta’sir ifodasi bo‘lib qolmay, to‘plash vazifasini bajaruvchi muhim manba hamdir. Til millatlararo aloqa - munosabat vositasi, to‘plangan bilim va tajribalarni avloddan avlodga yetkazish vositasi hisoblanadi. Tilning ushbu vazifasi bilish jarayonidagi asosiy vositalardan hisoblanadi. Bevosita aloqa - munosabat davomida tilning nomlash va fikr ifodalash vazifalari namoyon bo‘ladi. Mustaqil so‘zlar, qo‘shma nomlar, iboralar,atama nomlovchi birliklar hisoblansa, turli gap ko‘rinishlari fikr ifodalovchi birlik hisoblanadi.


Adabiyotlar

        1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010.

        2. Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2009.

        3. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. -Toshkent, 2013.

        4. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. Tuzuvchi: H. Dadaboev. –Toshkent, 2004.

        5. I.Yo’ldoshev va b. Tilshunoslik asoslari. –Toshkent. 2013. 307-b.

        6. I.Yo’ldoshev, S.Muhamedova, U.Sharipova, R.Majidova. Tilshunoslik asoslari. –Toshkent, TDPU. 2013. 306 b.

        7. Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.




Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling