O‘quv uslubiy majmua tilshunoslik nazariyasi


Talabalar uchun savol va topshiriqlar


Download 1.06 Mb.
bet47/70
Sana16.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1095411
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-TILSHUNOSLIK NAZARIYASI

Talabalar uchun savol va topshiriqlar:

  1. Adabiy tilga ta’tif bering?

  2. Sheva, lahja atamasiga tavsif bering.

  3. Adabiy tilning shevadan farqini izohlang.

  4. Adabiy tilning boyib borisih haqida gapirib bering.

  5. Kreol tillar, Pijin tillari deganda nimani tushunasiz?



Adabiyotlar

  1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010.

  2. Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2009.

  3. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. -Toshkent, 2013.

  4. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. Tuzuvchi: H. Dadaboev. –Toshkent, 2004.

  5. I.Yo’ldoshev va b. Tilshunoslik asoslari. –Toshkent. 2013. 307-b.

  6. I.Yo’ldoshev, S.Muhamedova, U.Sharipova, R.Majidova. Tilshunoslik asoslari. –Toshkent, TDPU. 2013. 306 b.

  7. Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.



3-amaliy mashg‘ulot. Nutqning fonetik bo‘linishi.UNDOSH TOVUSHLAR TASNIFI
Fonetika tilning boshqa qismlari va sathlari bo‘lgan morfologiya va sintaksis, leksika va uslubiyat bilan uzviy bog‘liqdir. Nutq fonetik jihatdan fraza, takt, bo‘g‘in va nutq tovushlariga ajraladi. Fraza nutqning eng katta fonetik birligi bo‘lib, ikki tomondan pauza bilan chegaralanib, o‘ziga xos ohangga ega bo‘ladi. Frazalar taktdan tashkil topgan bo‘ladi. Frazaning ikki kichik pauza orasiga joylashgan va yagona urg‘u bilan talaffuz qilinadigan bir yoki bir nechta bo‘g‘inning yig‘indisiga takt deyiladi. Frazada nechta urg‘u bo‘lsa shuncha takt bo‘ladi.

Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra

Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra



Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra



Lab tovushlari

Til tovushlari



lab-lab

lab-tish

Til oldi

Til o‘rta

til orqa

sayoz

Chuqur

b




d




g







Jarangli

Portlovchilar

Jarangsiz

p




t




k

q

Jarangli

Sirg‘aluvchilar



v

v

z,j

y




g‘

Jarangsiz




f

s,j







x

Jarangli

Qorishiq tovushlar







j










Jarangsiz







ch










Jarangli




Burun tovushlari

m




n




n(ng)




Yon tovush







l










Titroq tovush







r












Bo‘g‘in ko`rinishlari
с-undosh; v-unli.
v: o-na, u-mid, a-ka, i-jod, o-lim, a-yoz.
vс: o‘t, el, ot, on, ur, ish, oy, ip, iz, o‘y, ol-(ma), in-(kor).
cv: bu, shu, da-da, ma-na, da-(vom), sa-na, ra-(von), sa-(bab).
cvc: ko‘k, gul, qo‘l, sol, bor, dam, tan-qid, tan-bur, rav-shan.
cvcc: go‘sht, qasd, mard, qasr, fikr, ranj, hukm, mehr.
vcc: aql, ust, asr, ahl, art, ishq, ont.
ccvcc-sport, shrift.
Assimilyasiya - nutq tovushlarining o‘zaro ta’siri, birining ikkinchisini o‘ziga moslashtirishi: ket-di-ketti, aytti, uch-so‘m-usso‘m, tuz-sin-tussin.
Dissimilyasiya- ikkita bir xil (o‘xshash) tovushdan birining boshqa (noo‘xshash) tovushga aylanishi: zarar-zaral; zarur-zaril, birorta-bironta; kissa-kista; koridor-kolidor.
Metateza -undosh tovushlarning o‘rin almashish hodisasi: daryo-dayro; yomg‘ir-yog‘mir; tebratmoq-terbatmoq; yamlamoq-yalmamoq; tuproq-turpoq; o‘rganmoq-o‘granmoq; to‘g‘ramoq-to‘rg‘amoq.
Proteza- so‘z boshida bir unlining orttirilishi: ro‘mol-o‘ramol; stol-istol; shtraf-ishtaraf.
Epenteza-ikki undosh yonma-yon kelganda ular orasida talaffuzda i yoki u orttiriladi: fikr-fikir; hukm-hukum.
Prokopa-so‘z boshida undoshning tushishi: yiroq-iroq; yigina-igna; yag‘och-ag‘och.
Sinkopa-unlilarning qisqa talaffuz etilishi: direktor-direktir.
Apakopa-o‘zak oxiridagi tovush tushishi: do‘st-do‘s; xursand-xursan.
Eliziya-unli bilan tugagan va unli bilan boshlangan ikki so‘zning qo‘shilishi natijasida tovushlardan birining tushishi: bora oladi-boroladi; qora ot-qorot; borar ekan-borarkan.
Tovush moslashuvi: bir tovush boshqa tovushni o‘ziga moslashtiradi: manba-mamba, shanba-shamba, yonbosh-yombosh, sunbula-sumbula, tanbur-tambur.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling