O‘quv uslubiy majmua tilshunoslik nazariyasi


-amaliy mashg‘ulot. Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til va shevalar. Kreol tillar. Pijin tillari


Download 1.06 Mb.
bet46/70
Sana16.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1095411
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-TILSHUNOSLIK NAZARIYASI

2-amaliy mashg‘ulot. Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til va shevalar. Kreol tillar. Pijin tillari.


LAHJALAR
Qarluq lahjasi. Bu lahjaga Farg‘ona, Toshkent tipidagi shahar shevalari kiradi. Bu lahjaga kiruvchi shevalar “y-lashgan deb ham yuritiladi.
Qipchoq lahjasi. Bu lahjaga kiruvchi shevalar “j- lashgan ham deyiladi. Negaki, so‘z boshidagi y o‘rnida asosan j qo‘llanadi; yo‘ldosh-jo‘ldosh, yil-jil, etti-jetti.
O‘g‘uz lahjasi. Bu lahjaga Xorazm, turkman shevalari kiradi. Bu shevalarda so‘z boshidagi jarangsiz undosh jaranglilashadi: tovush-dovush, kuch-guch.
Kreol tillar Yevropa mustamlakachilarining afrikaliklar, Sharq mamlakatlari xalqlari va Amerika hindulari bilan muloqoti natijasida mahalliy aholi tillariga Yevropa tillari (fransuz, ingliz, portugal) xususiyatlarining singishidan hosil bo‘lgan tillardir. Masalan, Amerikadagi Gaiti oroli mahalliy aholisi tilining fransuz tili bilan aralashuvi natijasida giti-kreol, Lotin Amerikasidagi mahalliy aholi tili bilan ispan tilining aralashuvidan ispan-nauatal kreol tili hosil bo‘lgan. Kreol tillarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularda birdan ortiq tilning o‘ziga xos xususiyatlari yaxlit holda namoyon bo‘ladi.
Pijin tillar ham Yevropa tillari bilan mahalliy tillarning aralashuvidan yuzaga keladi. Lekin pijin tillarida so‘zlashadigan jamiyat yo‘q (kreol til jamiyat uchun aloqa-munosabat vositasi sifatida xizmat qiladi). Pijin tillardan port shaharlarida ikkinchi til sifatida foydalaniladi.
Sun’iy tillar maxsus yaratilgan xalqaro tillardir. Polyak olimi L. Zamengof tomonidan yaratilgan esperanto tili sun’iy til hisoblanadi. Bu tilning lug‘aviy asosi Yevropa tillaridan olingan, grammatikasi agglyutinativ xarakterda, grafikasi lotin yozuvi asosida. Bu tilda mashhur asarlar tarjima qilingan. Radio eshittirishlar ham tashkil qilingan. Bu tilning keyingi taqdiri muayyan davr bilan bog‘liq.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling