O‘quv uslubiy majmua tilshunoslik nazariyasi


Download 1.06 Mb.
bet44/70
Sana16.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1095411
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-TILSHUNOSLIK NAZARIYASI

Nutq tovushi – o‘pkadan kelayotgan havoning nutq organiga urilishidan hosil bo‘lgan tebranish.
Olinma so‘z - o‘zlashma so‘z.
Singarmonizm unli tovushlarning moslashuvi, ohangdoshligi, uyg‘unligi demakdir. Bu hodisa faqat turkiy tillarda uchraydi.
Tavsifiy fonetika – nutq tovushlari, ularning xususiyati va xarakteri qayd etiladi. Fonetikaning sillabika, akustika, intonasiya, tovush o‘zlgarishi va uning qonuniyatlari haqida ma’lumot beriladigan sohasi.
Tarixiy fonetika – nutq tovushlari taraqqiyoti o‘zgarishi bilan bog‘langan hodisalar, qonuniyatlar beriladi. Tilga xos fonetik jarayonlar tarixiy yodgorliklar orqali yoritiladi.
Triftonglar – tarkibi uch tovushdan iborat. Masalan: [av..]
Transkripsiya – tovush va harf orasida nomutanosiblik bor bo‘lgan tillarda ushbu yozuv muhim ahamiyat kasb etadi, undan o‘qish-o‘qitish ishlarida keng foydalaniladi.
Qiyosiy fonetika – qardosh tillar uchun umumiy hodisa va qonuniyatlarning holati, qo‘llanish miqdorlari, o‘ziga xosligi qiyos qilinadi.


Amaliy mashg ‘ulot materiallari


Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha
ko‘rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar til birliklari, til va jamiyat, tilning ijtimoiy funksiyasi, semiotik tabiati, til va nutq, til va tafakkur, til strukturasi masalalarini o‘rganadilar. Talabalar ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy tahlil orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop ettirish orqali bilimni oshirish, matn ustida ishlash, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash, test savollari tuzish tavsiya etiladi.


Amaliy mashg‘ulot soatlarining mavzular bo‘yicha taqsimlanishi



T/r

Amaliy mashg‘ulot mavzulari

Soat

1.

Tilning kommunikativ, emotsional-ekspressiv, akkumulyativ funksiyalari.

2

2.

Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til va shevalar. Kreol tillar. Pijin tillari.

2

3.

Nutqning fonetik bo‘linishi.

2

4.

Yozuvning paydo bo'lishi. Yozuv turlari.

2

5.

Til taraqqiyotidagi ichki va tashqi omillar.

2

6.

Morfologik va geneologik tasnif.

2

7.

Tilshunoslik va ijtimoiy fanlar munosabati.

2

8.

Tilshunoslik va aniq fanlar munosabati.

2

Jami:

16




Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling