Tarkibiy qismlarga ajratish metodi har qanday butunlikni, xususan gapni hokim va tobelik munosabatida bo‘lgan qismlardan iborat sifatida tahlil etadi. Bu metod grammatik sathda: morfologiya va sintaksisda amal qiladi.
Asosiy adabiyotlar
1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010.
2. Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2009.
3. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. -Toshkent, 2013.
4. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. Tuzuvchi: H. Dadaboev. –Toshkent, 2004.
5. I.Yo’ldoshev va b. Tilshunoslik asoslari. –Toshkent. 2013. 307-b.
6. I.Yo’ldoshev, S.Muhamedova, U.Sharipova, R.Majidova. Tilshunoslik asoslari. –Toshkent, TDPU. 2013. 306 b.
7. Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.
8-mavzu. Tilshunoslik sohasiga oid asosiy terminlar mohiyati.
Talabalarga tilshunoslikka doir quyidagi terminlar beriladi va ularning izohi bilan tanishish, mohiyatini tushunish topshiriladi.
Avtomatik tahlil metodi tilni – lisoniy birliklarni muayyan bo’laklarga, formal qismlarga ajratadi. Ajratishdan hosil bo’lgan tilning ushbu qismlari, ya’ni formal elementlari boshqa tilning shunday ma’nodagi bo’laklariga-formal elementlariga muvofiq, mos keladi, ekvivalent bo’ladi. Demak, tillararo muayyan lisoniy birliklarning (masalan, matnning, gaplarning, so’z birikmalarining) - formal qismlarning mazmuniy – fikriy mosligi, mazmunan – fikran muvofiqligi asosida ushbu tillarning biridan ikkinchisiga – bir tildan boshqa tilga kompьyuter yordamida tarjima qilish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, bir tildagi – lisoniy birliklardagi mazmun boshqa bir tilga – shu til birliklari, vositalari orqali kompьyuter yordamida tarjima qilinadi.
Analogiya – aynan o’xshashlik.
Anomaliya – qisman o’xshashlik.
Antonimlar - bir-biriga qarama - qarshi ma’noli so’zlar.
Atash semalari – semema tarkibidagi nomlash, atash semalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |