O‘quv uslubiy majmua tilshunoslik nazariyasi


Leksik ma’noning semantik tarkibi


Download 1.06 Mb.
bet64/70
Sana16.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1095411
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-TILSHUNOSLIK NAZARIYASI

Leksik ma’noning semantik tarkibi atash va ifoda semalaridan iborat.
Leksik ma’noning kengayishida u ifoda etgan denotat o’z hajmini yoki xilini oshira boradi va uni bildirgan leksik ma’no doirasi ham kengaya boradi, leksik ma’noning kengayish jarayoni kechadi.
Leksik ma’noning torayishida u ifoda etgan denotatning ma’lum qismlari farqlanib, so’z leksik ma’nosida torayish kechadi.
Mantiqiy grammatika - lisoniy hodisalarni, birliklarni mantiq asosida o’rganuvchi grammatika.
Mazmun jihati – lisoniy birliklarning ichki- ma’no tomoni.
Metod etimologik jihatdan grekcha methodos so’zidan olingan bo’lib, “tadqiqot”, “o’rganish” degan ma’noni anglatadi. Metod bilish nazariyasiga ko’ra voqelikka yondashish – tabiat, jamiyat va fikrlash jarayonini – tafakkurni bilish usulidir. Binobarin, metod ushbu falsafiy ma’noda ob’ektiv voqelikning har qanday hodisa va jarayonlarini bilish, tushuntirish va talqin qilish yo’lidir.
Metodologiya - tadqiqotchining o’z tadqiq manbai haqida qay turdagi bilimlarni hosil qilishga intilishi, bilishning qaysi turi bilan shug’ullanishdir.
Metafora- so’z ma’lum leksik ma’nosining denotatiga boshqa bir denotat o’xshashligi uchun ham uni ataganligi orqasida ko’chma ma’no yuzaga keltirishdir.
Metonimiya- so’z ma’lum leksik ma’nosi denotati boshqa bir denotat bilan zamon va makonda o’zaro aloqador bo’lganligi uchun uni ham ataganligi orqasida ko’chma ma’no yuzaga keltirishidir.
Naturalizm – tilni jonli organizm sifatida talqin qiluuvchi ta’limot.
Nomema - leksema ikki tomonlama birlik bo’lgani sababli tilshunoslik nazariyasida leksemaning shakliy tomonidir. Nomema – fonemalardan tashkil topadi.
Nutq - tildan fikr almashuv maqsadida foydalanish ususli, jarayoni.
Nutq birliklari: tovush, sỹz (sỹz formasi), sỹz birikmasi, gap.
Nutqning fonetik bo’laklari jumla (fraza), takt, bo’g’in, tovushdan iboratdir.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling