O‘quv uslubiy majmua tilshunoslik nazariyasi


Bevosita tashkil etuvchilarga ajratib tahlil qilish metodi


Download 1.06 Mb.
bet62/70
Sana16.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1095411
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-TILSHUNOSLIK NAZARIYASI

Bevosita tashkil etuvchilarga ajratib tahlil qilish metodi so’z birikmasi va gaplarning sintaktik tuzilishini, ularning qanday qismlardan tuzilganini, ular orasidagi munosabatni aniqlaydi yoki aniqlashda xizmat qiladi, yordam beradi.
Vazifadoshlik- so’z ma’lum leksik ma’nosining denotati eskirib iste’moldan chiqib ketishi va o’rniga boshqa denotat kelib uning vazifasini olishi sababli uni ham ataganligi orqasida ko’chma ma’no yuzaga keltirilishidir.
Valentlik tahlil metodi so’z muammosi bilan shug’ullanadi, so’zning nutq faoliyatidagi-nutq birligi sifatidagi semantik-sintaktik, funktsional faolligini o’rganadi, tekshiradi, uning ichki-mazmun jihati bilan bog’liq imkoniyatlarini, xususiyatlarini ochib beradi. Aniqrog’i, valentlik tahlil metodi orqali muayyan so’zning o’z ma’nosi asosida boshqa so’zlar bilan sintaktik (semantik-sintaktik) munosabatga kirishuvi aniqlanadi, ya’ni so’zning turli ma’noga ega qator so’zlarni o’ziga biriktirish xususiyatlari yoritiladi.
Veda – bir nechta kitobdan iborat diniy to’plam.
Vokalizm – unli fonemalar tizimi.
Genealogik tasnif - tillarning kelib chiqishiga ko’ra tasnif qilish geneologik tasnif deb ataladi.
Giponimiya - lug’at boyligidagi leksemalarning pog’onali aloqasidan kelib chiqadigan semantik munosabatlaridir. Bunday munosabatlarning mohiyati shundaki, torroq tushuncha yoki ma’no ifodalayotgan leksemalar kengroq tushuncha yoki ma’no ifodalayotgan leksemalar bilan tur (giponim) va jins (giperonim) aloqasida bo’ladi.
Graduonimiya - leksemalarning ma’no guruhlari a’zolarida u yoki bu belgining darajalanishidir.
Denotat - leksema orqali nomlanuvchi (ataluvchi) voqelik, narsa-buyum. Denotat lotincha denotate - “belgilamoq” so’zidan olingan.
Distributiv tahlil metodi muayyan til birliklari bilan bevosita bog’liq holda amalga oshadi. Ushbu jarayonda fonema, morfema, leksema, so’z, so’z birikmasi va gap kabi lisoniy birliklarning distributsiyasi-joylashish o’rni (pozitsiyasi), tartibi, oldinma – keyin kelishi, qo’llanish imkoniyatlari aniqlanadi. Ayni vaqtda ushbu lisoniy birliklarning o’zaro muayyan aloqaga – semantik – sintaktik munosabatga kirishuvi, bog’lanishi-birikishi ham o’rganiladi. Boshqacha aytganda, til birliklarining distributsiyasi fonema uchun ma’lum fonemaning oldidan va ketidan keladigan fonemalardir, morfema uchun esa morfemadan oldin va keyin keladigan morfemalardir
Disfemizm- kishilarni o’z nomlari bilan atamay, haqoratlash va kamsitish maqsadida tabiatdagi salbiy xarakterda deb bilgan jonivor yoki narsa nomi bilan atashdir.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling