O‘quv uslubiy majmua tilshunoslik nazariyasi


Roman tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi


Download 1.06 Mb.
bet59/70
Sana16.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1095411
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-TILSHUNOSLIK NAZARIYASI

6. Roman tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a) fransuz tili.
b) italyan tili.
v) ispan tili.
g) portugal tili.
d) rumin tili.
e) moldava tili.
j) provansal tili.
z) sardin tili.
i) katalan tili.
k) reto-roman tili.
7. Kelt tillari guruhiga quyidagilar kiradi:
a) irland tili.
b) shotland tili.
v) breton tili.
d) uels (valli) tili.
8.Grek (yunon) tili guruhiga yangi grek (yangi yunon) tili kiradi:
9. Alban tili guruhiga alban tili kiradi.

Turkiy tillar agglutinativ tillar sanaladi. Bu tillarda har qanday grammatik ma’no alohida qo‘shimcha yordamida ifodalanadi. Qo‘shimchalar asosan o‘zakdan keyin qo‘shiladi. Masalan: lit-sey + dosh + lar + im + ga.


O‘zbek tilida ko‘makchi morfemalar, ya’ni qo‘shimchalar yetakchi morfemadan so‘ng keladi. Masalan,
zamon-dosh
zamondosh-lar
zamondoshlar-im
zamondoshlarim-ga
Asosga eng avval so‘z yasovchi qo‘shimcha, so‘ng lug‘aviy shakl yasov­chi qo‘shimcha, eng oxirida esa sintaktik shakl yasovchi qo‘­shimchalar qo‘shiladi.
Masalan, sholi-kor, muqova-soz, kamtar-ona; tadbirkor-lar, sana-moq, yaltira-sh, fidokorlar-ga, o‘rnashdi-m, uyqusirab-man kabi.
Asosga so‘z yasovchi qo‘shimcha, shakl yasovchi qo‘shimchalar ikkitadan qo‘shilsa, ular ketma-ket ulanadi, yuqoridagi tartib buzilmaydi.
Masalan, mulk-dor-lik, bil-im-li, jo‘sh-qin-lik, ko‘k-ish-roq, o‘yna-t-di, ket-a-yotir-man, sinf-dosh-lar-im-dan, bor-a-yotgan-ingiz-ni, varaq-la-sh-ni.
Ba’zi bir hollarda so‘z yasovchi qo‘shimcha asosga old tomondan kelib qo‘shilishi ham mumkin (masalan, no-o‘rin), lekin bunday old qo‘shim­chalar o‘zbek tilida juda kam.
Shuningdek, ayrim so‘zlarda umumiy tartib buzilishi ham kuzatiladi: es-la-gan-lik kabi. Bunda asos + so‘z yasovchi qo‘shimcha + shakl yasovchi qo‘shimcha + so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilmoqda.
Umuman olganda, qo‘shimchalarning qo‘shilishida o‘ng qo‘l qoidasiga rioya qilinadi.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling