Ong – voqelikning kishi miyasida uning butun ruhiy faoliyatini o’z ichiga olgan va ma’lum maqsadga yo’nalgan holda aks etishi.
Omonimlar- o’zaro shakliy bir xil bo’lgan so’zlar, ya’ni yozilishi va talaffuzi bir xil, ma’nosi har xil bo’lgan so’zlar omonimlardir.
Paronimiya - so’zlarning o’zaro shakliy o’xshash bo’lishi paronimiya deyiladi.
Paronim - talaffuzi (fonetik ifodasi) o’xshash, ammo lug’aviy ma’nosi farqli o’zakdosh leksemalar.
Paradigmatik munosabat bir paradigmaga birlashuvchi til birliklarining o’zaro munosabatidir.
Paralingvistika - tilshunoslikning o’zaro aloqa – aralashuvda imo – ishora, mimika, nutq vaziyati kabi olimlarni o’rganuvchi sohasi.
Partonimiya - leksemalarning ma’no guruhlarida butun-bo’lak munosabatlarining ifodalanishidir. SHunga ko’ra partonimik munosabatda alohida olingan uzv(a’zo)ning uni tashkil qilayotgan ichki a’zolari bilan munosabati ko’rib chiqiladi.
Psixologizm – tilni inson ruhining aksi, ko’rinishi, tilni ruhiy hodisa deb talqin qiluvchi ta’limot.
Proklitika - urg’uli so’zdan oldin kelib, urg’u jihatdan unga qo’shilib ketadigan so’z.
Reduktsiya – tovush artikulyatsiyasining kuchsizlanishi natijasida tovush (ovoz)ning o’zgarishi, tovushning miqdor va sifat belgisi jihatidan pasayishi.
Sanskrit – qadimgi hind adabiy tili.
Semema - leksemaning mazmun tomoni (leksik ma’no). Semema esa semalardan tashkil topadi.
Sema leksik ma’no (semema)ni tashkil qiluvchi mazmuniy qismlar va ma’no qirralaridir.
Semiotika - turli-tuman belgilar sistemasining umumiy xususiyatlarini o’rganuvchi fandir.
Sinekdoxa - so’z ma’lum leksik ma’nosining denotati bilan boshqa bir denotat biri ikkinchisiga bo’lak yoki aksincha butun bo’lish munosabatiga egaligi, uni ham ataganligi orqasida ko’chma ma’no yuzaga kelishidir.
Sinonimlar - yozilishi ham, talaffuzi ham boshqa-boshqa bo’lib, umumlashgan, bir tushunchani ifodalaydigan, lekin ma’no nozikliklari jihatidan bir-biridan birmuncha farq qiladigan so’zlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |