O‘quv uslubiy majmua tilshunoslik nazariyasi


Download 1.06 Mb.
bet68/70
Sana16.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1095411
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-TILSHUNOSLIK NAZARIYASI

Tushuncha (signifikat) ob’ektiv borliqdagi narsa-hodisalarning kishi ongida umumlashgan tarzidagi in’kiosidir. Tushuncha mantiqiy kategoriya bo’lib, u tafakkurga xos; leksik ma’no va uni ifodalovchi leksema esa tilga oid, til strukturasiga tegishlidir.
Universaliya – dunyo tillarining barchasida uchraydigan, barchasi uchun xos bo’lgan umumiy xususiyatlar, belgilar, jihatlar.
CHog’ishtirish metodi ikki va undan ortiq qarindosh yoki qarindosh bo’lmagan tillarni – til hodisalarini o’zaro qiyoslash usulidir.
Fikr – tafakkurning aniq bir natijasi. Fikr tilda so’zlar vositasida shakllanadi.
Fonetika –tilshunoslikning fonetik birliklar, ularning fizik-akustik va b. xususiyatlari haqida ma’lumot beruvchi bo’limi.
Fonema - so’zlar, morfemalar va grammatik shakllarning tovush qobig’i, binobarin, ma’nolarni ham farqlash uchun xizmat qiladigan eng kichik segment birlik.
Fonologiya - tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, u tilning tovush materiyasi taraqqiyotini va shu materiyaning fonologik sistemaga uyushish qonuniyatlarini hamda tildagi vazifalarini tadqiq qiladi.
Ekstralingvistika – tashqi lingvistika.
Eksperimental fonetik tahlil metodi nutq tovushlarini tadqiq qilishda eksperimental (yoki instrumental) fonetik metoddan foydalanadi. Eksperimental fonetik metod nutq tovushlarini, prosodemik hodisalarni (masalan, intonatsiya, pauza, ritm) o’rganishda tovushlarni yozib oluvchi, ularni, mohiyatidan kelib chiqib, tahlil qiluvchi maxsus texnik vositalardan, asboblardan foydalanadi.
Enklitika – urg’uli so’zdan keyin kelib, urg’u jihatdan unga qo’shilib ketadigan so’z.
Efemizm - bir narsani o’z nomi bilan atashda noqulaylik tug’ilganda unga ijobiy, yoqimli his uyg’otuvchi belgi berish maqsadida xuddi shunday belgiga yaqin narsaning nomi bilan atash, yoki o’sha noqulaylikni yopib yuboruvchi so’z yoki lug’aviy birlik bilan nomlashdir.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik – komparativistika. U XIX asrning birinchi choragida vujudga keldi.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling