O’quv yili uchun ~ 1 ~


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/48
Sana21.11.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1791702
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48
Bog'liq
1675167563 BIOLOGIYADAN MURAKKAB MASALALAR JUMAYEV

2022-2023-O’QUV YILI UCHUN 
~ 34 ~ 
 
Avtotrof organizmlarga deyarli barcha yashil o`simliklar, suv o`tlari va ayrim 
bakteriyalar (tugunak bakteriyalar, temir bakteriyalar, oltingugurt bakteriyalar, 
nitrifikator bakteriyalar, xemosintetik bakteriyalar) kiradi. Avtotrof organizmlar qaysi 
energiya manbaidan foydalanishiga qarab ikki guruhga bo`linadi: fototrof va 
xemotroflarga bo`linadi. Fototroflar quyosh energiyasidan, xemotroflar esa kimyoviy 
riaksiyalar natijasida ajralib chiqqan energiyadan foydalanadi. 
Geterotrof organizmlarga zamburug`lar va hayvonlar, jumladan odam ham kiradi.
FOTOSINTEZ. 
Quyosh nuri ta`sirida o`simliklarning yashil barglarida karbonat angidrid va suvdan 
murakkab organik moddalarning hosil bo`lishi fotosintez deb ataladi. O`simliklarning 
fotosintez jarayoni yer yuzida quyosh energiyasini organik birikmalarning kimyoviy 
energiyasiga aylantiruvchi birdan-bir vosita hisoblanadi. O`simliklarning kosmik 
ahamiyati ham shundadir. Bunda hosil bo`lgan organik moddalar tirik organizmlar uchun 
ozuqa va energiya manbai bo`lib xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda fotosintez jarayoni 
atmosferani erkin kislorod bilan boyitadi. Fotosintez jarayonini o`rganish qishloq 
xo`jaligi mahsulotlaridan mo`l hosil olish imkonini beradi.
Fotosintez ikki bosqichda amalga oshadi: 
1. Yorug`lik bosqichi – xloroplastning tillakoidlarida kechadi. Yorug`lik qabul qilgan 
xlorofill molekulalari elektron yo`qotadi. 
Natijada qisqa vaqt ichida energiyaga boy qo`zg`algan holatga o`tadi. Qo`zg`algan 
molekulalarning ortiqcha energiyasi issiqlik yoki yorug`lik sifatida tarqaladi. Qolgan 
energiya esa suvni dissotsiyalash uchun vodorod ionlariga uzatiladi. Yorug`lik ta`sirida 
suvning dissotsilanishi fotoliz deb ataladi.
H
2
O → H
+
+ OH
— 
Hosil bo`lgan vodorod kuchsiz kuchsiz bog`lar orqali vodorodni ko`chiruvchi organik 
birikmalar bilan birikadi: 
2H
+
+ organik birikma → organik birikma H
2
OH ionlari esa o`zining elektronini boshqa molekulalarga beradi va erkin radikallarga 
aylanadi. Erkin radikallar o`zaro qo`shilib, suv va molekulyar kislorod hosil qiladi: 
4OH → 2H
2
O + O
2
Shunday qilib, fotosintez jarayonida hosil bo`ladigan va atmosferani boyitadigan 
molekulyar kislorod manbai suv hisoblanadi. Quyosh energiyasi nafaqat suvni 



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling