O’quv yili uchun ~ 1 ~


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/48
Sana21.11.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1791702
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
Bog'liq
1675167563 BIOLOGIYADAN MURAKKAB MASALALAR JUMAYEV

2022-2023-O’QUV YILI UCHUN 
~ 35 ~ 
 
parchalash, fosfat kislota va ADF dan ATF larni hosil qilishda ham qatnashadi. Bu 
samarali jarayon bo`lib, xloroplastlarda kislorodning ishtirokisiz shu o`simlik 
mitoxondriyalariga nisbatan 30 marta ko`p ATF sintezlanadi. Shu yo`l bilan karbonat 
angidridni biriktirish jarayoni uchun energiya to`planadi. Bu riaksiyalarda ATF va 
vodorodni ko`chiruvchi organik birikmalardagi vodorod ishtirok etadi.
2. Qorong`ulik bosqichi – xloroplastning stromasida kechadi. Bu riaksiyalar borishi 
uchun yorug`lik shart emas. Bu bosqich bir qancha fermentativ riaksiyalar natijasida 
boradi. Fermentlar ishtirokida karbonat angidrid va suvdan uglevodlar ya`ni asosan 
glukoza sintezlanadi: 
6CO
2
+ 18ATF + 12 organik birikma H
2
→ C
6
H
12
O

+ 6H
2
O + 18ADF + 18H
3
PO
4
+ organik birikma 
Glukozaning molekulyar massasi 180 gr/mol, ATF ning molekulyar massasi esa 504 
gr/mol ! 
MAVZUGA DOIR MASALALAR ISHLASH 
 
1-masala.
Dissimilatsiya jarayonida bir necha molekula glukoza oksidlandi va 15 molekula CO2 
hosil bo‘ldi. Sintezlangan ATF miqdorini aniqlang. 
Yechilishi: 
C6H12O6 + 6O2 = 6CO2 + 6H2O + 2800 kJ 


2022-2023-O’QUV YILI UCHUN 
~ 36 ~ 
 
Reaksiyaga binoan, bir molekula glukoza oksidlansa, 6 molekula CO2 hosil bo‘ladi. 
Masalada 15 molekula
CO2 hosil bo‘lgan deyilmoqda, shu orqali qancha molekula glukoza oksidlanganligini 
topamiz. 
6 mol --------- 1 mol glukoza 
15 mol ------- x=2,5 molekula glukoza oksidlangan ekan.
Energiya almashinuvining ikkinchi aerob bosqichida bir molekula glukozaning
kislorod ishtirokida
parchalanishi natijasida 36 molekula ATF hosil bo‘ladi. Biz yuqorida 2,5 molekula 
oksidlanganligini topdik.
Shunga ko‘ra:
1------------36 
2,5----------x= 90 molekula ATF sintezlangan ekan. 
2-masala.
Dissimilatsiya jarayonida bir necha molekula glukoza to‘liq parchalandi. Bu
jarayonga 95 molekula ADF sarflandi. Necha molekula CO2 hosil bo‘lishini aniqlang. 
Yechilishi:
Glukozaning parchalanish reaksiyalarida ADF va fosfat kislota ishtirok etadi, parchalanish 
natijasida
ajralib chiqqan energiya hisobiga ATF molekulasi hosil bo‘ladi. Bir molekula ATF hosil 
bo‘lishi uchun bir
molekula ADF va shuncha fosfat kislota sarflanadi.
Bir molekula glukoza to‘liq parchalanganda 38 molekula ATF hosil bo‘ladi. Ya‘ni, 
shuncha ADF sarflangan. 95 molekula ADF sarflansa, 95 molekula ATF hosil bo‘ladi. Bir 
molekula glukozani to‘liq parchalanishidan 38 molekula ATF hosil bo‘lsa, 95 molekula 
ATF hosil bo‘lishi uchun qancha glukoza molekulasi to‘liq parchalanganligi topiladi.
38----------1
95----------x=2,5 
Yuqoridagi reaksiyaga binoan, bir molekula glukozaning parchalanishidan 6 molekula 
CO2 hosil bo‘lsa, 2,5
molekula glukozaning parchalanishidan qancha CO2 hosil bo‘lishini topamiz. 
1 - ----------- - 6 
2,5---------------x = 15 molekula CO2 hosil bo‘ladi. 
3-masala.
Besh molekula sut kislotaning aerob parchalanishi tufayli ATF molekulalariga
bog‘lanadigan energiyaning miqdorini toping. 
Yechilishi:



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling