O’quvchilarni ichki nazoratga olish tartib-qoidalari to’g’risida


O’quvchiga sinf rahbari tomonidan berilgan tavsifnoma


Download 33.28 Kb.
bet5/10
Sana22.04.2023
Hajmi33.28 Kb.
#1379550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ichki ro`yxat hujjatlari

O’quvchiga sinf rahbari tomonidan berilgan tavsifnoma
11-sinf o’quvchisi
F.I.O ga
T A V S I F N O M A
2002 yilning 2 fevral kuni tug’ilgan maktabning 11-sinf o’quvchisi _________________________________________ 2021-2022 o’quv yilida maktabning 1-sinfiga qabul qilindi.
U boshlang’ich sinflarda maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilib, darslarga o’z vaqtida qatnashar, o’qituvchi va tengdoshlariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lar edi.
Ammo yuqori sinflarga o’tgan sari uning hulqida muammolar yuzaga kelib, tengdoshlariga nisbatan jizzaki, urushqoq bo’lib qola boshladi. Hususan, 11-sinfda dars mashg’ulotlarini ham sababsiz qoldirib, bugungi kunda bir necha fanlarni o’zlashtirmagan. O’quvchi ________________ maktabning jamoat ishlarida ham qatnashmaydi. Hamkor tashkilotlar tomonidan o’tkazilgan maqsadli reydlar davomida u bir necha marotaba dars vaqtida internet-kafeda bemaqsad o’tirganligi aniqlandi (boshqa misollar).
Shuningdek, o’quvchining ota-onasi bilan o’tkazilgan suhbatlar va targ’ibot ishlari samara bermadi.

Sinf rahbari __________ _________________________


(imzo) F.I.Sh. (sana)

Maktab direktorining buyrug’i
56-sonli maktab direktorining
BUYRUG’I
11 -sinf o’quvchisi F.I.Sh.___________________________ ni ichki ro’yxatga olish to’g’risida
Ta’lim muassasada ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini yanada oshirish, voyaga yetmaganlarni sog’ligi va havfsizligini ta’minlash, ular orasida huquqbuzarlik, jinoyatlar hamda boshqa g’ayriijtimoiy xatti-harakatlarni oldini olish, voyaga yetmaganlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari ______________________ning 11 sinf o’quvchisi ________________________ni maktabning ichki ro’yxatiga olish to’g’risidagi murojaati qanoatlantirilsin.
2. Maktabning 11-sinf o’quvchisi ________________________ 2021 yil 15 yanvardan muassasaning ichki ro’yxatiga olinsin va unga alohida nazorat daftari yuritilsin.
3. Ichki ro’yxatga olingan o’quvchi ____________________________ga sinf rahbari ______________________ ustoz-murabbiy etib tayinlansin.
4. O’quvchiga biriktirilgan ustoz-murabbiy, sinf rahbari, maktab psixologi, maktab yetakchisiga:
o’quvchining bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ta’lim muassasasidagi qiziqishi bo’yicha, sport va fan to’garaklari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va jamoat ishlariga jalb etish choralari ko’rilsin;
o’quvchining davomati, uning ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari va muassasa Ustavida belgilangan kiyinish madaniyatiga rioya etishini, tegishli o’quv-qurollari bilan ta’lim muassasasiga kelishi hamda muassasaga ta’qiqlangan buyumlar olib kelmasligi alohida nazoratga olinsin;
o’quvchi va uning ota-onasi bilan (belgilangan muddatlarda) yakka tartibda profilaktik suhbat olib borilsin va suhbat natijalari o’quvchining nazorat daftariga qayd etib borilsin;
mahalla fuqarolar yig’ini bilan hamkorlikda uning oilaviy sharoiti, oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit o’rganilsin va tegishli profilaktik tadbirlar amalga oshirilsin;
o’quvchini ta’lim muassasasida o’tkaziladigan madaniy, ma’rifiy va ommaviy tadbirlar va jamoatchilik ishlariga keng jalb etish choralari ko’rilsin.
5. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari (______________________)ga:
o’quvchi bilan profilaktik tadbirlar tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta’lim maktablarda o’quvchilarni ichki ro’yxatga olish tartibi to’g’risida yo’riqnoma» asosida tashkil etilishi nazoratga olinsin.
o’quvchi bilan amalga oshirilgan profilaktik ishlar natijasi yuzasidan doimiy monitoring olib borilsin.
monitoring natijalariga ko’ra har chorakda rahbariyatga taklif kiritish vazifalari yuklatilsin.
6. Ushbu buyruqning ijro nazorati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari __________________________zimmasiga yuklatilsin.



Download 33.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling