O’quvchilarni ichki nazoratga olish tartib-qoidalari to’g’risida
- ta’lim muassasasining ichki tartibi va odob-axloq qoidalariga to’liq amal qilmaydigan.
- surunkali dars qoldiruvchi o’quvchilar.
- dars vaqtida (internet-kafe, masjid va bozorlarda yurgan, jamoat transportlarida chiptachilik qilayotgan, shuningdek, tungi vaqtlarda ota-ona yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz tungi klub va ko’ngil ochish joylarida) reydlarga tushgan o’quvchilar.
- jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etishga moyilligi bo’lgan o’quvchilar, ichki ishlar idoralarining profilaktik hisobiga olingan o’quvchilar.
- dars vaqtida majburiy ta’lim olishdan bosh tortib, diniy ibodat va marosimlarda qatnashganligi aniqlangan o’quvchilar.
- ijtimoiy va psixologik so’rovlar natijasiga ko’ra, notinch va noqobil oilalarda tarbiyalanayotgan o’quvchilar ta’lim muassasasining ichki ro’yxatiga olinadi.
O’quvchilarni ta’lim muassasasining ichki ro’yxatiga
olish uchun quyidagi hujjatlar tayyorlanadi:
Sinf rahbari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosariga bildirgi va unga asos bo’lgan hujjatlar yig’ma jildi taqdim etiladi:
unda o’quvchi haqida umumiy ma’lumotlar;
o’quvchiga sinf rahbari tomonidan berilgan tavsifnoma;
o’quvchining tushuntirish xati bo’ladi.
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor
o’rinbosarining ko’rsatmasiga asosan muassasa
psixologi tomonidan o’quvchiga xulosa tayyorlanadi
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor
o’rinbosari o’quvchi haqida to’plangan hujjatlarni
ta’lim muassasasi direktoriga taqdim etadi.
To’plangan hujjatlarga asosan maktab direktorining buyrug’i bilan o’quvchi ichki ro’yxatga olinadi.
Sinf rahbarining bildirishnomasi
____________________ direktori
________________________________ ga
___-sinf rahbari _________________ dan
B I L D I R GI
Sizga shuni ma’lum qilamanki, _____-sinf o’quvchisi _____________________ ushbu o’quv yilining sentyabr-yanvar oylarida dars mashg’ulotlarini jami 198 soat sababsiz qoldirdi. O’qishga kelgan paytlarda ham dars mashg’ulotlariga doimiy kech qolib keladi. Sababi so’ralganda turli bahonalar qiladi (boshqa misollar, masalan, xuquqbuzarlik sodir etgan, muassasa ichki tartib qoidalariga rioya qilmagan). Shu haqda o’quvchidan tushuntirish xatlari olinib, o’quvchining ota-onasi bilan bir necha bor suxbat o’tkazildi.
Olib borilgan profilaktik ishlar ijobiy natija bermaganligi bois, Sizdan ushbu o’quvchini muassasasining ichki ro’yxatiga olish masalasini ko’rib chiqishingizni so’rayman.
Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1. O’quvchi haqida umumiy ma’lumotlar.
2. O’quvchiga berilgan tavsifnoma.
3. O’quvchining tushuntirish xatlari.
4. Boshqa hujjatlar.
“__” ______ 2021 yil
Sinf rahbari: _________ _______________________
(imzo) (F.I.Sh
Do'stlaringiz bilan baham: |