O’quvchilarni ichki nazoratga olish tartib-qoidalari to’g’risida


Download 33.28 Kb.
bet6/10
Sana22.04.2023
Hajmi33.28 Kb.
#1379550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ichki ro`yxat hujjatlari

Maktab direktori: __________ _____________________________

_________________ MFY


2021 yil ___ yanvar
-sonli

Nazorat daftarini yuritish bo’yicha
E S L A T M A

  • Ushbu daftar tarbiyachi-pedagog tomonidan ichki ro’yxatga olingan har bir o’quvchi uchun alohida yuritiladi;

  • Muassasa buyrug’i bilan o’quvchi ichki ro’yxatga olingan kundan boshlab ushbu daftar yuritiladi;

  • Daftarga ichki ro’yxatga olingan o’quvchi va uning ota-onasi (yoki ularni o’rnini bosuvchi shaxslar) bilan olib borilgan profilatik tadbirlar (suhbat, psixologik tset, so’rovnoma, ota-onasi bilan muloqot va boshqa tadbirlar) qayd etib boriladi;

  • Daftarda tartib raqam, profilaktik tadbir o’tkazilgan sana, olib borilgan profilaktik tadbirlarning qisqacha bayoni (tadbir maqsadi, olib borilgan ishlar, natijaviyligi), profilaktik tadbir olib borgan mas’ul shaxsning F.I.Sh va lavozimi qayd etilib, uning imzosi bilan tasdiqlab boriladi.

  • Daftar ichki ro’yxatga olingan o’quvchining yig’ma jildi(papka)ga solinib, sinf rahbarida saqlanadi;

  • Daftarning o’z vaqtida va sifatli yuritilishi ta’lim muassasasi direktori va uning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari tomonidan nazorat qilib boriladi


Maktabning ichki ro’yxatiga olingan o’quvchi bilan
profilaktik ishlarni olib borish tartibi

Tarbiyachi-pedagog tomonidan ichki ro’yxatga olingan har bir o’quvchiga alohida nazorat daftari yuritiladi va unda o’quvchi bilan olib borilgan profilaktik tadbirlar qayd etib boriladi.



  • ichki ro’yxatga olingan o’quvchining bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o’quvchini maktabdagi qiziqishi bo’yicha, sport va fan to’garaklari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda jamoat ishlariga jalb etish choralari ko’riladi;

  • o’quvchining davomati, uning maktabning ichki tartib-qoidalari va muassasa Ustavida belgilangan kiyinish madaniyatiga rioya etishi, maktabga tegishli o’quv-qurollari bilan kelishi hamda muassasaga ta’qiqlangan buyumlar olib kelmasligi alohida nazoratga olinadi;

  • o’quvchiga biriktirilgan tarbiyachi-pedagog va psixolog tomonidan o’quvchi va uning ota-onasi bilan kamida ikki haftada bir marotaba yakka tartibda profilaktik suxbat olib boriladi va suxbat natijasi o’quvchining nazorat daftariga qayd etib boriladi;

  • guruhbozlik, huquqbuzarlik, jinoyatchilik va boshqa g’ayriijtimoiy holatlarni oldini olish maqsadida ta’lim muassasasiga begona shaxslarning kelishini oldini olish yuzasidan targ’ibot ishlarini olib boradi;

  • Mahalla fuqarolar yig’ini bilan hamkorlikda o’quvchining oilaviy sharoiti, oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit o’rganiladi;



Download 33.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling