O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik


-mashq: Afzalliklarni his qilish


Download 414.05 Kb.
bet10/71
Sana23.04.2023
Hajmi414.05 Kb.
#1392154
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71
Bog'liq
2 5206677407129411371

2-mashq: Afzalliklarni his qilish
Boshlovchi: Hayotda his qilish uchun juda ko‘p his-tuyg‘ular mavjud. Bir kunda hamma juda ko‘p his-tuyg‘ularni sezadi. His-tuyg‘ular son-sanoqsiz.
O‘quvchilar, “Sizga qanday his-tuyg‘ular (hissiyotlar) ijobiy kayfiyat baxsh etadi?” bir varraqga yozib chiqing. Buni amalga oshirish uchun sizga 30 soniya vaqt beriladi.
O‘quvchilar vazifani tugatganlaridan so‘ng, ularning javoblari tinglanadi. Ushbu mashq salbiy va ijobiy his-tuyg‘ularni ajratish imkonini beradi.
Guruhda muhokama qilish uchun yana bir nechta savol beriladi:

  • Qaysi his-tuyg‘ularni qabul qilishimiz mushkul?

  • Qaysi his-tuyg‘ularni xavfsiz ravishda izxor etish mumkin?

  • Qaysi his-tuyg‘ular sizga halaqit qiladi?


Boshlovchi: Bugungi mavzu "Hissiyotlarni boshqarish" deb ataladi. Biz his qilayotgan tuyg‘ularni anglash va tushunish, qaysi his-tuyg‘ular bizga salbiy yoki ijobiy ta’sir qilishi, bugungi stressga to‘la hayotda hissiyotlarimizni boshqarish uchun muhim omillar sanaladi.
3-mashq: To‘lqinni jilovlash.
Boshlovchi: Tuyg‘ularimizni boshqarishning eng yaxshi usullaridan biri bu ulardan bir oz masofa saqlashdir.

  • Buni qanday amalga oshirish mumkin deb o‘ylaysiz?!

  • Og‘ir yoki kuchli tuyg‘u og‘ushida bo‘lganimizda, odatda tiniq fikrlay olamizmi?

Orangizda kuchli his-tuyg‘ularni boshdan kechirayotganda tiniq fikrlay oladigan o‘quvchilar bo‘lsa, qo‘llaringizni ko‘taring. Agar siz menga yoki boshqa insonlar kabi bo‘lsangiz, kuchli hissiyotlarni boshdan kechirayotganda tiniq va oqilona fikrlashingiz juda qiyin bo‘lishi mumkin. Ammo buni amalga oshirishning usullari mavjud! Avvalgi mashg‘ulotda qo‘llagan nafas olish mashqlari haqida nima deb o‘ylasiz. Bu sizning fikrlaringizni va hissiyotlaringizni tinchlantirishga yordam berdimi?


Biz nafas olishga o‘xshash usullarni sinab ko‘rmoqchimiz - bu bizning his-tuyg‘ularimizni bir oz nazorat qilib, ularning ta’sirini kamaytirish imkonini beradi. Shunday qilib, nafas olish mashqlarini bajarib ko‘ramiz.
Qo‘lingizdagi buyumlarni chetga qo‘ying. Kresloda qaddingizni rostlab o‘tiring. Oyoqlaringizni polga nisbatan tekis qo‘yingl Yelkalaringizni orqa va oldinga qarata harakatlantiring.
Yelkangizni erkin tuting. Yelkalaringizning tarang holda turishi sizning bo‘yningiz va kuraklaringizga bosim ko‘rsatilayotganini anglatadi. Yelkangiz, bo‘yin va kuraklaringizni bo‘shashtirish uchun imkon qadar harakat qiling.
Yelkalaringizni tik tuting. Kresloda qaddingizni rostlab o‘tiring. Ko‘krak qismini bo‘shashtiring. Qo‘llaringizni tizzangizga qo‘ying. O‘zingizni qulay his qiling. Imkon qadar ko‘zingizni yumishga harakat qiling. Imkon bo‘lsa, og‘zingizni yopib, faqat burningizdan nafas oling. Endi, nafas olishingizga quloq soling. Tanangiz nafas olish va chiqarishga qanday munosabat bildirayotganiga e’tibor bering. Nafas olishingizni o‘zgartirmay, mening so‘zlarimga e’tibor qarating.
Qayiqda dengiz bo‘ylab suzib ketatyotgandek tasavvur qiling. Dengizdagi to‘lqinlar stressni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan barcha sabab va omillarni anglatadi.
To‘lqinlar kichik va tinch bo‘lishi mumkin yoki ular katta, shiddatli va daxshatli bo‘lishi mumkin. Barchaning hissiyoti o‘zgacha. Faqat stress to‘lqinlarining tezligi va hajmiga e’tibor bering.
Endi keling, sizning holatingizga o‘xshash yoshlarning stresslar to‘lqinida o‘z boshlaridan kechirgan bir nechta hikoyalariga e’tibor qaratsak.
Muhammad maktab o‘quvchisi bo‘lib ota-onasini xursand qilishni juda istaydi. U yaxshi baholarga o‘qishni, sport musobaqalarida ishtirok etishni va bir qator intellektual o‘yinlarda ishtirok etishni rejalashtiradi. Unga endi o‘zi qiziqqan mashg‘ulotlarga vaqt topolmayotgandek tuyuladi. Uning asosiy maqsadi - barcha shaxsiy istaklari va umidlarini chetga surib, boshqalarning ishonchini oqlashdan iborat bo‘lib qolgan. Muhammad stress to‘lqinlari haqida o‘ylaganda, ulkan to‘lqinini ko‘radi; u maqsadiga erishish juda mushkuldek tuyuladi.
O‘z navbatida, Madina uy vazifasini bajarish, do‘stlari bilan vaqt o‘tkazish va raqs mashg‘ulotlariga borish o‘rtasida muvozanatni topadi. Madina, uning stress to‘lqinlari juda kichik va boshqarilishi mumkinligini aniqladi. Ba’zida, stress to‘lqini juda katta bo‘lganda, u buni biror narsani o‘zgartirish kerakligini belgisi sifatida qabul qiladi - bu uning jadvali yoki kim bilan vaqt o‘tkazishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Holatni barqarorlashtirishga harakat qilganida, uning stress to‘lqinlari yana pasayadi.
Endi, yana bir daqiqa davomida stressni keltirib chiqaradigan omillar haqida o‘ylang. Tasavvur qilingki, barcha stresslaringiz to‘lqinlardan iborat. Ular katta, tezkor yoki juda kichik va tinch to‘lqinlar bo‘lishi mumkin.
Sizlarga stress to‘lqinlarini tasavvur qilish uchun bir daqiqa beriladi.
Sekin-asta e’tiboringizni xonaga qaytaring. O‘zingizni tayyor his qilganingizda, ko‘zingizni oching.
Sizlarga varraq va qalamchalar to‘plami tarqatiladi.

Stress to‘lqinlaringiz qanday ko‘rinishda ekanligini tasvirlang. To‘lqinlarni belgilang. To‘lqinlarni siz tasavvur qilganingizdek katta yoki kichik tasvirlashingiz mumkin. So‘ngra, sizni stressga olib keladigan omillarni tasvirlovchi rasmlar chizing yoki izohlar qo‘shing. Buni guruh bilan baham ko‘rmaysiz.




Download 414.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling