O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari
Ma’lumot tuzilmalarini tartibga solish
Download 345 Kb.
|
Axborot texnologiyalari I,
Ma’lumot tuzilmalarini tartibga solish
Ro‘yxatli va jadval tuzilmalar sodda tuzilmalardir. Ulardan foydalanish oson, chunki har bir elementning manzili raqam bilan (ro‘yxat uchun), ikki raqam bilan (ikki o‘lchovli jadval uchun) yoki ko‘p o‘lchovli jadval uchun bir nechta son bilan berilgan bo‘ladi. Ular, shuningdek, osongina tartibga tushadilar. Tartibga keltirishning asosiy usuli saralashdir. Ma’lumotlarni tanlashning istalgan mezoni, masalan, alifbo, o‘sib boruvchi tartib raqami yoki qaysidir parametrning o‘sib borishi bo‘yicha saralash (navlar va xillarga ajratish) mumkin. Juda ko‘p qulayliklarga ega bo‘lishlariga qaramasdan, sodda tuzilmalarda kamchilik ham mavjud - ularni yangilash qiyin. Agar, masalan, talabani bir guruhdan ikkinchisiga o‘tkazganda ikkala davomat jurnaliga bir vaqtning o‘zida birdaniga o‘zgartirish kiritish kerak bo‘ladi, bunda ikkita jurnalda ham ro‘yhat tuzilmasi buziladi, agar ko‘chirib o‘tkazilgan talabani guruh ro‘yxatining oxiriga yozib qo‘yilsa, alifbo bo‘yicha belgilangan tartib buziladi. Agar uni alifboga muvofiq tarzda ro‘yxatga qo‘shsangiz, unda hamma talablarining tartib raqamlari o‘zgarib ketadi. Shunday qilib, tartibga keltirilgan tuzilmaga erkin element qo‘shilganda boshqa elementlarning manzillariga o‘zgartirish ro‘y berishi mumkin. Davomat jurnallariga xos bo‘ladi, ammo ma’lumotlarni avtomatik tarzda qayta ishlashni amalga oshiruvchi tizimlarda bu muammoni yechish uchun maxsus usullar kerak bo‘ladi. Ma’lumotlarning ierarxik tuzilmalari chiziqli va jadval tuzilmalariga qaraganda shakl jihatdan murakkabroq, lekin ular ma’lumotlarni yangilashda muammolar tug‘dirmaydi. Ularni yangi darajalar tuzish yo‘li bilan rivojlantirish oson. Hatto, agar o‘quv yurtida, ya’ni fakultet tashkil qilinsa ham, bu boshqa fakultetlarning talabalari haqidagi ma’lumotlarni olishga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Ierarxik tuzilmalarning kamchiligi ma’lumotlar elementining manzilini yozishning ko‘p mehnat talab qilishi va tartibga keltirishning murakkabligidadir. Bunday tuzilmalarda tartibga keltirishning usullari oldindan indeksatsiya qilishga asoslangan. Bunday indeksatsiyalashning mohiyati shundaki, ma’lumotlarning har bir elementini qidirishda, saralash va boshqa harakatlardan foydalanishda mumkin bo‘lgan o‘ziga xos indeks beriladi. Biz avval ko‘rib chiqqan dixotomiya tamoyili aslida ierarxik tuzilmalarda ma’lumotlarni indeksatsiyalash usullaridan biridir. Bu indeksatsiyalangandan so‘ng ma’lumotlarning u bilan bog‘langan indeksining ikkilik kod bo‘yicha izlab topilishi oson bo‘ladi. Download 345 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling