O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari


Download 345 Kb.
bet13/25
Sana16.06.2023
Hajmi345 Kb.
#1515951
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
Axborot texnologiyalari I,

Manzilli ma’lumotlar. Agar ma’lumotlar duch kelgancha emas, balki tashkiliy (istalgan) tuzilmada saqlansa, ma’lumotlarning har bir elementi manzil deb atalishi mumkin bo‘lgan yangi xususiyatga (parametrga) ega bo‘ladi. Albatta, tartibga keltirilgan ma’lumotlar bilan ishlash qulayroq, ammo buning uchun ularning ko‘payib ketishi noqulaylik tug‘diradi, chunki ma’lumotlar elementlarining manzillari ham ma’lumotlardir, ularni ham saqlash va qayta ishlash kerak bo‘ladi.


Fayllar va fayl tuzilmasi


Fayllar. Axborotning diskdagi alohida bloklari fayllar deb ataladi, ya’ni fayl - bu kompyuterning xotirasida joylashtirilgan va o‘z nomiga ega bo‘lgan bir tipdagi ma’lumotlarning majmuasidir.
Faylning nomi uchun standart shakl mavjud:
"faylning nomi". "kengaytma"
Faylning nomi harflar, raqamlar va ayrim maxsus belgilar to‘plamidan iborat bo‘lishi mumkin. Turli xil amaliyot tizimlari fayllarning nomlariga turli xildagi talablarni qo‘yish mumkin.
Kengaytma - bu faylni qaysidir turga kiritish imkoniyatidir. Kengaytmani foydalanuvchining o‘zi yoki ushbu faylni tuzuvchi dastur amalga oshirishi mumkin. Odatda, kengaytirish uchta harfdan iborat bo‘ladi.
Faylning nomi va kengaytirish nuqta bilan ajratiladi. Fayl tuzilganida ushbu faylni tuzilish sanasi va vaqti avtomatik tarzda qayd qilinadi.


Fayl tuzilmasi haqida tushuncha
Faylning nomi o‘ziga xos, nodir bo‘lishi lozimligi talab qilinishi tabiiy - busiz ma’lumotlarga murojaatni qat’iy kafolatlab bo‘lmaydi. Hisoblash texnikasi vositalarida nomning o‘ziga xoslik talabi avtomatik tarzda ta’minlanadi, mavjud bo‘lgan faylning nomi bilan bir xil bo‘lgan nomdagi yoki faylni foydalanuvchi ham, avtomat uskuna ham yarata olmaydi.
Fayllarni saqlash uchun fayl tuzilmasi deb ataluvchi ierarxik tuzilma tashkil qilinadi. Fayllarni saqlanadigan axborot tashuvchining nomi tuzilmaning cho‘qqisi sifatida xizmat qiladi. So‘ngra fayllar ichida kataloglar (papkalar) tuzilishi va solinishi mumkin bo‘lgan kataloglar (papkalar)ga guruhlanadi. Faylga yetish yo‘li uskunaning nomidan boshlanadi va o‘z ichiga bu yo‘l ular orqali o‘tgan katalog (papka)larning hammasini nomlarini ham o‘z ichiga oladi. Ajratuvchi sifatida “\” (teskari chiziq) belgisi ishlatiladi.
Fayl nomining o‘ziga xosligi (nodir, takrorlanmasligi) shu bilan ta’minlanadiki, faylning to‘liq nomi deb, uning o‘z nomi va unga yetish yo‘li hisoblanadi. O‘z-o‘zidan tushunarliki, bunday holda bitta axborot tashuvchida aynan bir xil nomli ikkita faylning bo‘lishi mumkin emas.
Faylning to‘liq nomini yozish misoli:
\\ ......\ .
Mana o‘z nomlari bir xil va bitta axborot tashuvchida joylashtirilgan, ammo bir-biridan kirish yo‘li bilan, ya’ni to‘liq nomi bilan farqlanuvchi ikkita faylni yozish misoli. Ko‘rgazmali bo‘lishi uchun katalog (papka)larning nomlari bosh harflar bilan yozilgan.
C:\AVTOMATIK APPARATLAR\VENERA\ATMOSFERA\ Tadqiqotlar natijalari.
C:\ RADIOLOKATSIYA\VENERA\RELEF\Tadqiqotlar natijalari.

Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling