O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari
Download 345 Kb.
|
Axborot texnologiyalari I,
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy daraja.
Xizmat darajasi. Bu darajaning dasturiy ta’minoti bazaviy darajadagi dasturlar bilan ham, tizimli darajadagi dasturlar bilan ham o‘zaro aloqada bo‘ladi. Xizmat dasturlari (ularni, shuningdek, utilitlar deb ham atashadi) asosan kompyuter tizimini tekshirish, sozlash, yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. Ko‘pchilik hollarda ular tizimli dasturlarning vazifalarini kengaytirish yoki yaxshilash uchun ishlatiladi. Ba’zi xizmat dasturlari (odatda, bu xizmat ko‘rsatish dasturlari bo‘ladi) avval boshdanoq amaliyot tizimiga kiritib qo‘yiladi, ammo ko‘pchilik xizmat ko‘rsatish dasturlari amaliyot tizimi uchun tashqi vazifa va ular ushbu tizimning vazifalarini kengaytirish uchun xizmat qilishadi.
Xizmat dasturlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishda ikkita muqobil yo‘nalish: amaliyot tizimi bilan integrallashish va avtonom ishlash yo‘nalishlari mavjud. Birinchi holda xizmat dasturlarning iste’mol xususiyatlarini ularni amaliy ish uchun qulay qilib o‘zgartirishlari mumkin. Ikkinchi holda ular tizimli dasturiy ta’minot bilan zaif bog‘langan, ammo foydalanuvchiga ularning apparat va dasturiy ta’minot bilan o‘zaro harakati va aloqasini alohida (shaxsan) sozlash uchun ko‘proq imkoniyat taqdim qiladi. Amaliy daraja. Amaliy darajadagi dasturiy ta’minot ular yordamida ushbu ish paytida aniq vazifani bajarish mumkin bo‘lgan amaliy dasturlarning majmuasidan iboratdir. Bu topshiriqlar spektori ishlab chiqarishga oid topshiriqlardan tortib to ko‘ngilochar ma’rifiy o‘quv topshiriqlarigacha qamrab olgan darajada juda keng. Hisoblash texnikasini qo‘llashning mumkin bo‘lgan ulkan harakat diapazoni har xil faoliyat turlari uchun amaliy dasturlar mavjudligi bilan izohlanadi. Amaliy va tizimli dasturli ta’minotlar o‘rtasida bevosita o‘zaro aloqa mavjud (birinchisi ikkinchisiga suyanadi) bo‘lgani uchun hisoblash tizimining universalligi, amaliy dasturiy ta’minotga yetishning osonligi va kompyuterning harakat imkoniyatlarining kengligi, ishlayotgan amaliyot tizimining tipiga, uning yadrosi (markazi) qanday tizimli vositalarni o‘z ichiga olganligi, u inson-dastur-uskunadan iborat bo‘lgan uch a’zoli yagona majmuaning o‘zaro aloqa ta’siri, hamkorligini qanday ta’minlashiga bog‘liq deb tasdiqlashimiz mumkin. Download 345 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling