O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari
Ko‘rib chiqish va ovozni qayta tiklash vositalari
Download 345 Kb.
|
Axborot texnologiyalari I,
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diagnostika vositalari.
- Nazorat (monitoring) vositalari.
- O`rnatish monitoringi
Ko‘rib chiqish va ovozni qayta tiklash vositalari, odatda, ma’lumot fayllari bilan ishlash uchun ularni o‘zlari shu yordamida yaratilgan "ota-ona" amaliy tizimiga yuklash zarur. Bu hujjatlarni ko‘rib chiqish va ularga o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatini beradi. Ammo tahrirsiz faqat ko‘rib chiqish talab qilingan hollarda turli xildagi (tipdagi) hujjatlarni ko‘rib chiqishga imkon beruvchi, ancha soddaroq va universalroq vositalarni ishlatish qulayroqdir.
Diagnostika vositalari. Dasturiy va apparat ta’minotlarini diagnostikalash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ular zarur tekshirishlarni o‘tkazadilar va to‘plangan axborotni qulay hamda ko‘rgazmali shaklda chiqarib beradilar. Ulardan faqat nosozliklarni bartaraf etishdagina emas, balki kompyuter tarmog‘ining ishini optimallashtirishda ham foydalananiladi. Nazorat (monitoring) vositalari. Nazorat vositalarini ba’zida monitor deb ham ataydilar. Ular kompyuter tizimidagi ro‘y berayotgan jarayonlarni kuzatib borish imkonini beradi. Bunda 2 xil yondashuv bo‘lishi mumkin. Bular: real vaqt rejimidagi kuzatuv yoki natijalarni maxsus protokol faylida yozib borish bilan nazorat qilish. Birinchi yondashuvdan, odatda, hisoblash texnikasi ishini optimallashtirish va uning samaradorligini oshirish yo‘llari izlanganida foydalaniladi. Ikkinchi yondashuvni monitoring avtomatik tarzda va (yoki) distansion (masofadan turib) boshqarilganda qo‘llaydilar. Keyingi holatda monitoringning natijalarini uzoqda joylashgan texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga dasturiy va apparat ta’minoti dasturlari ishidagi nizolar (nosozliklar) sabablarini aniqlash uchun uzatish mumkin. O`rnatish monitoringi. Bu toifadagi dasturlar dasturiy ta’minotning o‘rnatilishini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Bunday dasturiy ta’minotning zarurligi dasturiy ta’minotning turli toifalari o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishi mumkinligi bilan bog‘liq. Vertikal (darajalar orasidagi) aloqalar hamma kompyuterlarning ishlashlari uchun zaruriy shart. Gorizontal (darajalar ichidagi) aloqalar aynan bir xil resurslarning o‘rni turli dasturiy vositalarning birgalikda ishlatish tamoyilini qo‘llab-quvvatlovchi amaliyot tizimi bilan ishlovchi kompyuterlarga xos holatdir. U va bu holatlarda ham dasturiy ta’minot o‘rnatilayotganida yoki olib tashlanayotganida boshqa dasturlarning ish qobiliyatlarida buzilishlar ro‘y berishi mumkin. O`rnatish monitorlari o‘rab turgan dastur muhitining holati va undagi o‘zgarishlarni kuzatib turadi, yangi aloqalarning paydo bo‘lishini aniqlaydilar va uni protokollashtiradi hamda ilgari o‘rnatilgan dasturlarni olib tashlash natijasida yo‘qotilgan aloqalarni tiklash imkonini beradi. Dasturlarni o‘rnatish va olib tashlash boshqaruvining eng sodda vositalari, odatda, amaliyot tizimi tarkibiga kiradi va dasturiy ta’minotning tizimli darajasida joylashtiriladi, ammo ular kamdan-kam hollarda yetarlicha bo‘ladi. Shuning uchun o‘ta qat’iylik talab qilinadigan tizimlarda qo‘shimcha dasturlardan foydalanadilar. Download 345 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling