O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari


Download 345 Kb.
bet18/25
Sana16.06.2023
Hajmi345 Kb.
#1515951
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
Axborot texnologiyalari I,

Vektor muharrirlari. Rastr muharrirlaridan tasvir haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish usuli bilan farq qiladilar.
Vektor tasvirining elementar ob’ekti nuqta emas, balki chiziqdir. Bunday yondashuv chiziqlarning shakli uni tashkil qiluvchi alohida nuqtalarning rangi to‘g‘risidagi axborotdan ko‘ra, kattaroq ahamiyatga ega bo‘lgan chizmagrafik ishlar uchun xosdir. Vektor muharrirlarida har bir chiziq uchinchi tartibdagi matematik qiyshiq chiziq sifatida ko‘rib chiqiladi va shunga muvofiq ravishda nuqtalarning kombinatsiyasi sifatida emas, balki matematik formula tarzida (kompyuterda bu formulaning raqamli koeffitsientlari saqlanadi) taqdim etiladi. Bunday taqdim qilish rastr muharriri taqdimiga qaraganda ancha ixcham va shunga muvofiq ravishda ma’lumotlar ancha kam joyni band etadilar, biroq har qanday ob’ektni yaratish ekranda nuqtalarni oddiygina aks ettirish bilan amalga oshirilmaydi, balki qiyshiq chiziqning parametrlarini ekran yoki matbaa tasvirining koordinatlariga muttasil ravishda qayta hisoblash bilan davom etadi. Shunga muvofiq, vektor grafikasi bilan ishlash unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan hisoblash tizimini ishlatishni talab qiladi.
Elementar ob’ektlar (chiziqlar)dan eng oddiy geometrik ob’ektlar (primitivlar) yaratiladi. Vektor grafikasi vositalari bilan yaratilgan badiiy illyustratsiya bir-birlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan, bir-birlariga o‘zaro ta’sir qiluvchi o‘n minglab sodda ob’ektlarni o‘z ichiga olishi, ulardan iborat bo‘lishi mumkin.
Vektor muharrirlari tasvirlarni yaratish uchun qulay, ammo ular tayyor rasmlarga ishlov berishda qo‘llanilmaydi. Ular reklama tadbirkorligida keng qo‘llaniladi, ularni matbaa nashrlarining muqovalarini bezatishda va badiiy ish usuli chizma usuliga yaqinroq bo‘lgan hamma holatlarda ishlatiladi.
Uch o‘lchovli grafika muharrirlari uch o‘lchovli kompozitsiyalarni yaratishda ishlatadilar. Ular ikkita o‘ziga xos xususiyatga ega. Birinchidan, ular tasvir qilinayotgan ob’ektlar yuzasini yoritish manba xususiyatlari bilan o‘zaro ta’siri va aloqa shakllari sharoitlardan kelib chiqqan holda boshqarish imkoni berilsa, ikkinchidan esa ular uch o‘lchovli animatsiya yaratishga imkon beradilar. Shuning uchun uch o‘lchovli grafika muharrirlarini ko‘pincha 3D-animatorlar deb ham ataydilar.

Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling